Andorra

Andorra Qirolligi

Andorra bayrog'i
📍
Poytaxt
Andorra-La-Velya
👥
Aholi
88 406
🗺️
Maydoni
464 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
Andorra bayrog'i
Andorra bayrog'i

Andorra haqida qisqacha

Andorra — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Andorra-La-Velya. Aholisi — 88 ming kishi (2014-yil). Maydoni — 464 km². Pul birligi — Yevro (EUR). Rasmiy tili — katalan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Yevropaning janubi g‘arbida joylashgan (Sharqiy Pireney) davlat. Janubda va g‘arbda Ispaniya (65 km), sharq va shimolda Fransiya (60 km) bilan chegaradosh. Mamlakat hududi asosan qoyali togiardan iborat, eng yuqori nuqtasi - Kama Pedrosa tog‘i (2946 m). Ko‘p miqdorda muzlik davrida tashkil topgan ko‘llar mavjud. Tabiiy boyliklari: gidroenergiya, mineral suv, temir rudasi, qo‘rg‘oshin, yog‘och. Iqlimi - mo‘tadil.

📖 Tarixi

Andorra tarixiy manbalarda dastlab 805-yilda tilga olingan. XIII asrda graf Fua (Fransiya) va katalon yepiskopi Urnel boshqaruviga o‘tadi. Ispaniya va Fransiya protektorati ostida bo‘lgan Andorra 1993-yilda mustaqil davlat deb e’lon qilinadi.

📈 Iqtisodiyoti

Andorra iqtisodining asosini turizm tashkil qiladi (yiliga 13 mln turist). Sigaretlar, sigaralar va mebel ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Ekinga yaroqli yer kamligi uchun oziq-ovqatning asosiy qismi import qilinadi. Chorvachilikning asosiy turi - qo‘ychilik. 2006-yil YIM miqdori 2113 mln dollarni (aholi jon boshiga - 26800 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari - Fransiya va Ispaniya. Temiryo‘llari yo‘q. Avtomobil yo‘llari uzunligi - 96 km.

Andorra: ko'p so'raladigan savollar

Andorraning poytaxti qaysi shahar?

Andorraning poytaxti — Andorra-La-Velya.

Andorra qayerda joylashgan?

Andorra — Yevropadagi davlat. Yevropaning janubi g‘arbida joylashgan (Sharqiy Pireney) davlat. Janubda va g‘arbda Ispaniya (65 km), sharq va shimolda Fransiya (60 km) bilan chegaradosh. Mamlakat hududi asosan qoyali togiardan iborat, eng yuqori nuqtasi - Kama Pedrosa tog‘i (2946 m).

Andorrada qancha aholi yashaydi?

Andorra aholisi — 88 406 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 170,3 kishi.

Andorraning rasmiy tili qaysi?

Andorraning rasmiy tili — katalan tili.

Andorraning pul birligi qanday?

Andorraning pul birligi — Yevro (EUR).

Andorra qachon mustaqil bo'lgan?

Andorra 1278-yilda mustaqillikka erishgan.