Birlashgan Arab Amirliklari

Birlashgan Arab Amirliklari

Birlashgan Arab Amirliklari bayrog'i
📍
Poytaxt
Abu Dabi
👥
Aholi
11 294 243
🗺️
Maydoni
83 600 km²
💰
Valyuta
BAA dirhami (AED)
Birlashgan Arab Amirliklari bayrog'i
Birlashgan Arab Amirliklari bayrog'i

Birlashgan Arab Amirliklari haqida qisqacha

Birlashgan Arab Amirliklari — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Abu Dabi. Aholisi — 11,3 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 83 600 km². Pul birligi — BAA dirhami (AED). Rasmiy tili — arab tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Arabiston yarimorolida joylashgan, yetti arab davlatidan iborat federatsiya. Janub va g‘arbda Saudiya Arabistoni (457 km), shimolda - Ummon (410 km), shimoli g‘arbda esa Qatar bilan chegaradosh. Shimolda Fors ko‘rfazi, sharqda Ummon ko‘rfazi bilan tutashib ketgan. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 1318 km. Mamlakat landshaftida tekisliklar ustunlik qiladi. Unumsiz qirg‘oq tekisliklari qumli barxanlarga aylanib boradi. Mamlakat ichkarisidagi yirik maydonlar cho‘llar va sho‘rxok yerlardan iborat. Sharqda Hojar tog‘ cho‘qqilari joylashgan (balandligi 1127 km). BAA uchun cho‘l o‘simliklari dunyosi xosdir: yantoq va cho‘l iqlimiga chidamli o‘tlar. Mamlakatning sug‘oriladigan maydonlarida yovvoyi va madaniy mevali daraxtlari - xurmo, akatsiya o‘stiriladi. Hayvonot dunyosi - kiyik, quyon hamda ilon va kaltakesaklarning har xil turlari uchraydi. Fors va Ummon ko‘rfazi suvlari baliqqa boy.

📖 Tarixi

XIX asr oxirlarigacha BAA Ummon tarkibida boigan. 1892-yilda Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan Arab davlatlari federatsiyasi Fors ko‘rfazidagi dengiz qaroqchilariga qarshi kurashish maqsadida Buyuk Britaniya bilan kelishuv imzoladi. 1971-yil, ya’ni BAA davlat mustaqilligi e’lon qilingunga qadar u Buyuk Britaniya protektorati edi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodi neft va gaz eksportiga asoslangan. 1973-yilda dunyoda neft xarid narxining keskin ko‘tarilishi mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning vaqtinchalik o‘zgarishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida mehnatga layoqatli aholining 5% i band bo‘lib, yetishtiriladigan mahsulotlar quyidagilar - xurmo, sabzavotlar, tarvuz, parranda, sut mahsulotlari va baliq. Mamlakat o‘z ichki oziq-ovqat mahsulotlariga boigan talabining chorak qisminigina ta’minlaydi. 2012-yil YIM miqdori 108,1 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 25200 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 2000 km (asfalt yotqizilgan yo‘llar - 1800 km). Mamlakatning asosiy portlari: Abu-Dabi, Dubay, Shaija, Al-Fujayra.

Birlashgan Arab Amirliklari: ko'p so'raladigan savollar

Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti qaysi shahar?

Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti — Abu Dabi.

Birlashgan Arab Amirliklari qayerda joylashgan?

Birlashgan Arab Amirliklari — Osiyodagi davlat. Arabiston yarimorolida joylashgan, yetti arab davlatidan iborat federatsiya. Janub va g‘arbda Saudiya Arabistoni (457 km), shimolda - Ummon (410 km), shimoli g‘arbda esa Qatar bilan chegaradosh. Shimolda Fors ko‘rfazi, sharqda Ummon ko‘rfazi bilan tutashib ketgan.

Birlashgan Arab Amirliklarida qancha aholi yashaydi?

Birlashgan Arab Amirliklari aholisi — 11 294 243 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 114,6 kishi.

Birlashgan Arab Amirliklarining rasmiy tili qaysi?

Birlashgan Arab Amirliklarining rasmiy tili — arab tili.

Birlashgan Arab Amirliklarining pul birligi qanday?

Birlashgan Arab Amirliklarining pul birligi — BAA dirhami (AED).

Birlashgan Arab Amirliklari qachon mustaqil bo'lgan?

Birlashgan Arab Amirliklari 1971-yilda mustaqillikka erishgan.