Afg’oniston

Afg’oniston Islom Respublikasi

Afg’oniston bayrog'i
📍
Poytaxt
Qobul
👥
Aholi
43 844 000
🗺️
Maydoni
645 810 km²
💰
Valyuta
Afg’oni (AFN)
Afg’oniston bayrog'i
Afg’oniston bayrog'i

Afg’oniston haqida qisqacha

Afg’oniston — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Qobul. Aholisi — 43,8 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 645 810 km². Pul birligi — Afg’oni (AFN). Rasmiy tili — pushtu, dari tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Osiyoning janubi g‘arbidagi davlat. Janubda - Pokiston (2430 km), g‘arbda - Eron (936 km), shimolda - Tojikiston (1206 km), Turkmaniston (744 km) va O‘zbekiston (137 km), sharqda - Xitoy (76 km) bilan chegaradosh. Tog‘lar mamlakat hududining 75% ini egallaydi. Asosiy tog‘ tizimi - Hindikush, Afg‘onistonning shimoli sharqida joylashgan. Afg‘onistonning eng yuqori nuqtasi - Novshak tog‘i (7475 m). Shimoli va janubi g‘arbida Baqtriya, Registon, Dashti-Margo tekisliklari mavjud. Yirik daryolari - Amudaryo, Hilmand, Herirud, Kobul. Foydali qazilmalari - tabiiy gaz, neft, ko‘mir, mis, oltingugurt, sink, temir rudasi, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar. Haydaladigan yerlar - 12%, yaylov va o‘tloqlar - 46%, o‘rmon va butazorlar - 3%. Iqlimi - kontinental, subtropik. Mamlakatda cho‘l va chala cho‘l o‘simliklari ko‘p, 1800 metrdan balandlikda ignabargli o‘rmonlar, janubda esa xurmo va sitrus daraxtlari o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan tog‘ echkilari, bo‘rilar, shoqollar, ayiqlar, ohular, tulkilar, yovvoyi mushuklar uchraydi.

📖 Tarixi

Eron, Xitoy va Hindistonga boradigan yo‘llarda joylashgan Afg‘oniston Iskandar Zulqarnayn, hindlar, forsiylar, arablar, mo‘g‘ul-tatarlar, Bobur tomonidan zabt etilgan edi. 1747-yilda Ahmadshoh boshliq dastlabki afg‘on davlati tuziladi. Durroniylar sulolasi 1818-yilgacha, aniqrog‘i, Buyuk Britaniya Afg‘onistonni o‘z nazorati ostiga olgunga qadar hukmronlik qilgan. 1919-yilda hokimiyatni egallagan Omonulloxon Sovet Rossiyasi yordamida mustaqilligini e’lon qiladi. 1929-1973-yillarda hokimiyat Nodirshoh sulolasi qo‘lida bo‘lgan. 1978-yilgi navbatdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Muhammad Taraqqiy Afg‘onistonni demokratik respublika deb e’lon qiladi. 1979-yili hokimiyat tepasiga kelgan Babrak Karmalni qo‘llash uchun sovet qo‘shinlarining «cheklangan kontingenti» mamlakatga kiritiladi. 1986-yilda uning o‘rniga Najibullo keladi. Afg‘on qurollangan muxolifatchilariga qarshi kurashda 15000 sovet askari halok bo‘lgan.   1989-yilda sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilgandan keyin ham hukumat va mujohidlar o‘rtasidagi kurash davom etgan. Pokiston yordamida hokimiyat Tolibon islom harakati qo‘liga o‘tadi. 2001-2002-yillarda AQSh boshchiligida tolibonlarga qarshi olib borilgan antiterroristik harakat natijasida hokimiyat demokratik fuqarolar hukumati qo‘liga o‘tdi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodi asosan qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan. Eksportga tabiiy gaz, meva va yong‘oq, qoida to‘qilgan gilamlar, movut, paxta, qorako‘l chiqaziladi. Oziq-ovqat va neft mahsulotlari import qilinadi. Sanoati sust rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida natural xo‘jalik hukmronlik qiladi. Temiryo‘llari uzunligi - 24,6 km; avtomobil yo‘llari - 21000 km; asosan Amudaryodan o‘tadigan suv yo‘llari uzunligi 1200 km (500 tonnagacha bo‘lgan kemalar suzishi mumkin).

Afg’oniston: ko'p so'raladigan savollar

Afg’onistonning poytaxti qaysi shahar?

Afg’onistonning poytaxti — Qobul.

Afg’oniston qayerda joylashgan?

Afg’oniston — Osiyodagi davlat. Osiyoning janubi g‘arbidagi davlat. Janubda - Pokiston (2430 km), g‘arbda - Eron (936 km), shimolda - Tojikiston (1206 km), Turkmaniston (744 km) va O‘zbekiston (137 km), sharqda - Xitoy (76 km) bilan chegaradosh. Tog‘lar mamlakat hududining 75% ini egallaydi.

Afg’onistonda qancha aholi yashaydi?

Afg’oniston aholisi — 43 844 000 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 41,1 kishi.

Afg’onistonning rasmiy tili qaysi?

Afg’onistonning rasmiy tili — pushtu, dari tillari.

Afg’onistonning pul birligi qanday?

Afg’onistonning pul birligi — Afg’oni (AFN).

Afg’oniston qachon mustaqil bo'lgan?

Afg’oniston 1919-yil 19-sentabrda mustaqillikka erishgan.