Angilya
Angilya
Angilya haqida qisqacha
Angilya — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Valli. Aholisi — 16 ming kishi (2014-yil). Maydoni — 102 km². Pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD). Rasmiy tili — ingliz tili.
🧭 Geografik joylashuvi
📖 Tarixi
Dastlabki aholi punktlariga 1631-yilda gollandlar tomonidan asos solingan.
XVII asrda Angilya inglizlar mustamlakasiga aylantirilgan. XVIII asrda
Fransiya orolni 2 marta bosib olish uchun uringan. 1882-yili Buyuk Britaniya
Angilyani mustamlakalari Sent-Kits va Nevis orollariga ma’muriy jihatdan birlashtirdi.
1958-1962-yillarda bu orollar Vest-Indiya federatsiyasi tarkibida bo‘ldi, 1967-yilda esa "Buyuk Britaniyaga qo‘shilgan davtat" maqomini oldi. Shu yili may oyida Angilya Sent-Kits va Nevisdan ajralganligini e’lon qildi. 1969-yil fevralda Buyuk Britaniyaning tan olishini talab qilib, bir tomonlama tartibda o‘zini mustaqil respublika deb e’lon qildi. 1976-yilda orolga qisman o‘z-o‘zini boshqarish huquqi berildi. 1980-yilda ingliz parlamenti qabul qilgan qonunga binoan Angilya Scnt-Kits va Nevis orollaridan rasmiy ajraldi. Angiliya va Britaniya Virgin orollari 1981-yil 18-iyunda tashkil topgan Karib havzasi davtatlari oilasi, Sharqiy Karib davlatlari tashkilotiga a’zo bo‘lib qo‘shildi.
📈 Iqtisodiyoti
Angilya: ko'p so'raladigan savollar
Angilyaning poytaxti qaysi shahar?
Angilyaning poytaxti — Valli.
Angilya qayerda joylashgan?
Angilya — Shimoliy Amerikadagi davlat. Karib dengizidagi Angiliya Sombrero orollarida va Kichik Antil orollarining shimoliy qismida joylashgan davlat. Angilya ahktoshli va marjon qoyalar bilan o‘ralgan past orollardan iborat. Iqlimi - tropik passatli va issiq. Ikkilamchi tropik cho‘l-biyobonar bilan qoplangan.
Angilyada qancha aholi yashaydi?
Angilya aholisi — 16 010 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 158,8 kishi.
Angilyaning rasmiy tili qaysi?
Angilyaning rasmiy tili — ingliz tili.
Angilyaning pul birligi qanday?
Angilyaning pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD).
Angilya qachon mustaqil bo'lgan?
Angilya Buyuk Britaniyaga qaram hududda mustaqillikka erishgan.