Avstraliya

Avstraliya Ittifoqi

Avstraliya bayrog'i
📍
Poytaxt
Kanberra
👥
Aholi
27 536 874
🗺️
Maydoni
7 692 024 km²
💰
Valyuta
Avstraliya dollari (AUD)
Avstraliya bayrog'i
Avstraliya bayrog'i

Avstraliya haqida qisqacha

Avstraliya — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Poytaxti — Kanberra. Aholisi — 27,5 mln kishi (2016-yil). Maydoni — 7 692 024 km². Pul birligi — Avstraliya dollari (AUD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Avstraliya materigi Tasmaniya va uning yonidagi mayda orollarda Yerning Janubiy yarim sharida joylashgan davlat. Shimolda Timor dengizi, Arafur dengizi va Torres bo‘g‘ozi, janubda - Bossa bo‘g‘ozi va Hind okeani, sharqda - Maijon dengizi, g‘arbda - Hind okeani bilan tutashib ketgan. Avstraliya sathi asosan tekisliklardan iborat, baland tog‘ massivlari yo‘q. Mamlakat sharqida, shimoldagi Keyp-Yorkdan janubdagi Boss bo‘g‘ozi va Tasmaniya orolida davom etgan umumiy uzunligi 3300 km boigan Katta suv ayiruvchi tizma joylashgan. Tizma Nyu-Inglend yassitog‘i, Moviy va Avstraliya tog‘laridan tashkil topgan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Kostyushko (2228 m) tog‘i. Iqlimi - subekvatorial, tropik va subtropik. O‘simlik dunyosi boy - 20000 dan ortiq o‘simlik turlari mavjud. Mamlakat shimoli asosan tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Janubda, Avstraliya hududining o‘zida 500 turdan ortiq akatsiyalar o‘sadi. Hayvonot dunyosi ham boy bo‘lib, bu yerda o‘rdakburun, kenguru, xaltali hayvonlarning boshqa turlarini, dengizlarda akula, dengiz iloni, meduza kabi jonivorlarni uchratish mumkin.

📖 Tarixi

Avstraliya aborigenlarining ajdodlari bu qit’aga 40000 yil muqaddam ko‘chib kelganlar. Avstraliya hududida yevropaliklar kelguniga qadar chor­vachilik, dehqonchilik va temir nimaligini bilmagan aborigen qabilalari istiqomat qilishardi. Ularning asosiy mashg‘uloti termachilik va ovdan iborat edi. XV1I1 asr oxirlarida mamlakat hududida 300000 aborigen yashagan. 1606-yili gollandiyalik dengizchi V.Yanszon yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya qirg‘oqlariga yetib keladi. 1643-yilda yana bir golland dengizchisi A.Tasman mamlakatning shimoliy qirg‘oqlari va Tasman orolini o‘rganib chiqdi. 1770-yilda ingliz kapitani J. Kuk Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlariga kelib tushdi va qit’ani Britaniya mulki deb e’lon qildi. XVIII asr oxirida Avstraliyada birinchi ingliz manzilgohi - Sidney shahriga asos solindi. Angliya Avstraliya hududidan mahbuslarini surgun qilish joyi sifatida foydalandi. 1901-yilning 1-yanvarida Angliyadan domi­nion mavqeyini olgan Avstraliya Ittifoqi tashkil topdi. I jahon urushi davrida Avstraliya qo‘shinlari Fransiya va Yaqin Sharqda olib borilgan harbiy harakatlarda ishtirok etdi. Urushdan so‘ng Avstraliya Nauru oroliga ega boidi. 1931-yilda Avstraliya Vestminster statutiga ko‘ra tashqi va ichki siyosatda to‘la mustaqillikni qoiga kiritdi. Avstraliya II jahon urushi davrida antigitlerchilar ittifoqi tarafida turib jang qildi. 1967-yilda aborigenlarga barcha fuqarolik huquqlari berildi. 1968-yil 1-martdan boshlab Avstraliyada Buyuk Britaniya dominionligi bekor qilingan bo‘lsa-da, u Hamdo‘stlik tarkibidan chiqmadi. 1998-2007-yillarda Avstraliyada respublika boshqaruv shaklini joriy qilish to‘g‘risida bir qator referendumlar o‘tkazildi. Hozirgi kunda Avstraliya britan monarxi bosh bo‘lgan mutlaq mustaqil davlat.

📈 Iqtisodiyoti

Avstraliya bozor iqtisodi yuqori rivojlanishga ega bo‘lgan industrial-agrar mamlakat. Sanoatning rivojlangan sohalari: mashinasozlik, tog‘-kon, kimyo sanoati, oziq-ovqat, po‘lat quyish. Qishloq xo‘jaligi asosan eksportga ixtisoslashgan. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Misr, Indoneziya, MDH mamlakatlari.

Avstraliya: ko'p so'raladigan savollar

Avstraliyaning poytaxti qaysi shahar?

Avstraliyaning poytaxti — Kanberra.

Avstraliya qayerda joylashgan?

Avstraliya — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Avstraliya materigi Tasmaniya va uning yonidagi mayda orollarda Yerning Janubiy yarim sharida joylashgan davlat.

Avstraliyada qancha aholi yashaydi?

Avstraliya aholisi — 27 536 874 kishi (2016-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 3,1 kishi.

Avstraliyaning rasmiy tili qaysi?

Avstraliyaning rasmiy tili — ingliz tili.

Avstraliyaning pul birligi qanday?

Avstraliyaning pul birligi — Avstraliya dollari (AUD).

Avstraliya qachon mustaqil bo'lgan?

Avstraliya 1901-yil 1-yanvarda mustaqillikka erishgan.