Tarixi
Bosniya va Gersogovina hududida tosh davri(paleolit)da ham aholi yashagan. Qadimgi aholisi illiriylar boʻlgan. M. a. III-asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qadimgi Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. VI-asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. VI-VII asrlarda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. X-asr oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlganligi haqida maʼlumotlar bayon qilingan. XII-XIV asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. XIV-asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353-1391 yy.)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning janubiy qismidagi hukmdorlardan biri - Stepan Vukchich 1448-yilda oʻzini gersog deb eʼlon kildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482-yilda Gersegovinani turklar ishg‘ol qildi. 1583-yilda Bosniya va Gersogovina podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul qildi. Bosniya va Gersogovina da turklarning harbiymustabidlik tuzumi qaror topdi. XIX-asr boshlarida Bosniya va Gersogovina xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. XIX-asr oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi tuxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872-yilda birinchi temir yoʻl (BanyaLuka - Novi) ochildi. Biroq Bosniya va Gersogovina ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852, 1853, 1857, 1858, 1861, 1862 yy.) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878-yilgi Berlin kongressining qaroriga binoan Avstriya-Vengriya imperiyasi Bosniya va Gersogovinani bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908-yilda AvstriyaVengriya Bosniya va Gersogovinani oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon qildi. 1918-yilda AvstriyaVengriya parchalangach, Bosniya va Gersogovina serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929-yildan - Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 2-jahon urushi davrida 1941-yil aprelda Bosniya va Gersogovina nemisfashist qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va "Mustaqil Xorvat davlati" tarkibiga qoʻshib yuborildi. Bosniya va Gersogovina fashist boskinchilarga karshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945-1992-yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-yil aprelda Bosniya va Gersogovina parlamenta 1992-yil 29-fevral va 1-martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992-yil aprelda respublikaning shimoliy hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil "Bosniya va Gersogovina Serbiya Respublikasi"ni eʼlon qildilar; iyulda Bosniya va Gersogovina gʻarbida "GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi" muxtor respublikasini tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qaramaqarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993-yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida Bosniya va Gersogovina Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995-yil 21-noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiyhavo kuchlari bazasida Bosniya va Gersogovinada tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va Gersogovina 1992-yildan BMT aʼzosi.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1996-yil 14-mayda oʻrnatgan.
Iqtisodiyoti
Mamlakat ulkan qazilma boyliklar zaxiralariga ega. 1991-1992-yillardagi urush natijasida iqtisodiyotda keskin tushkunlik yuz berdi. Hozirda sanoat ishlab chiqarishi juda past darajada. Nisbatan ko‘mir, kimyo, elektr energiyasini ishlab chiqarish, asbob-uskuna yasash, yog‘ochni qayta ishlash sanoatlari rivojlangan. Temir, ko‘mir, boksitlar qazib olinadi. Boshoqli o‘simliklar, tamaki, turli mevalar yetishtiriladi. Eksport: qishloq xo‘jalik mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulotlari, temir rudasi, yog‘och. Import: mashina va uskunalar, yoqilg‘i. 2012-yil YIM miqdori 28,6 mlrd AQSh mln dollarni (aholi jon boshiga - 7,3 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari.