Barbados

Barbados

Barbados bayrog'i
📍
Poytaxt
Brijtaun
👥
Aholi
267 800
🗺️
Maydoni
431 km²
💰
Valyuta
Barbados dollari (BBD)
Barbados bayrog'i
Barbados bayrog'i

Barbados haqida qisqacha

Barbados — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Brijtaun. Aholisi — 268 ming kishi (2013-yil). Maydoni — 431 km². Pul birligi — Barbados dollari (BBD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Barbados Karib dengizining sharqidagi shu nomli orolda joylashgan davlat. Orol relyefi tekisliklardan iborat. Orol yuzasi qirg‘oqdan markazga qarab terassa shaklida ko‘tarilgan. Dengiz sathidan 340 m balandlikda joylashgan (Xilabi - Barbadosning eng yuqori cho‘qqisi). Iqlimi - tropik, passatli. Yog‘ingarchilik va to‘fonlar tez-tez bo‘lib turadi. Tabiiy zaxiralari: neft, tabiiy gaz, baliq. Tropik o‘simliklar bilan qoplangan. Hayvonot olami kambag‘al: maymunlar, qurbaqa, quyon, mangust, bir necha qush turlari uchraydi.

📖 Tarixi

Qadimda orolda aravak va karib qabilalari yashagan. Orol 1536-yili portugaliyalik Pedro Kamposh tomonidan kashf qilindi. 1625-yildan Barbados Britaniya mustamlakasiga aylandi. Afrikadan keltirilgan qullar hisobiga tamaki va shakar ishlab chiqarish sanoati vujudga keldi. 1834-yilda qullik bekor qilingan. 1961-yili orol o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. 1966-yili Buyuk Britaniyadan to‘liq mustaqillikka erishdi, lekin Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida qoldi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining asosini shakar ishlab chiqarish va chet el turizmi tashkil etadi. Turizm industriyasi Karib dengizi havzasidagi aholining yuqori turmush darajasini ta’minlab bermoqda. Yengil, oziq-ovqat, tabiiy gaz va neft qazib olish sanoati rivojlanmoqda. Baliq ovlash rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Karib dengizi havzasi davlatlari. Iqtisodiyot uchun avtomobil yo‘llari katta ahamiyatga ega. Temiryo‘llari yo‘q. Asosiy porti - Brijtaun.

Barbados: ko'p so'raladigan savollar

Barbadosning poytaxti qaysi shahar?

Barbadosning poytaxti — Brijtaun.

Barbados qayerda joylashgan?

Barbados — Shimoliy Amerikadagi davlat. Barbados Karib dengizining sharqidagi shu nomli orolda joylashgan davlat. Orol relyefi tekisliklardan iborat. Orol yuzasi qirg‘oqdan markazga qarab terassa shaklida ko‘tarilgan. Dengiz sathidan 340 m balandlikda joylashgan (Xilabi - Barbadosning eng yuqori cho‘qqisi).

Barbadosda qancha aholi yashaydi?

Barbados aholisi — 267 800 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 661,3 kishi.

Barbadosning rasmiy tili qaysi?

Barbadosning rasmiy tili — ingliz tili.

Barbadosning pul birligi qanday?

Barbadosning pul birligi — Barbados dollari (BBD).

Barbados qachon mustaqil bo'lgan?

Barbados 1966-yil 30-noyabrda mustaqillikka erishgan.