Burkina Faso

Burkina Faso Respublikasi

Burkina Faso bayrog'i
📍
Poytaxt
Uagadugu
👥
Aholi
24 070 553
🗺️
Maydoni
274 200 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)
Burkina Faso bayrog'i
Burkina Faso bayrog'i

Burkina Faso haqida qisqacha

Burkina Faso — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Uagadugu. Aholisi — 24,1 mln kishi (2013-yil). Maydoni — 274 200 km². Pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF). Rasmiy tili — fransuz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

g‘arbiy Afrika davlati. Shimol va g‘arbda - Mali, sharqda - Niger, janubda - Benin, Togo, Gana, Kot-d’Ivuar davlatlari bi­lan chegaradosh. Burkina-Faso hududining katta qismini keng yassitog‘lik egallagan. Bobo-Diulasodan g‘arbda qum-toshdan yassitog‘ qad ko‘targan. Shu yerda mamlakatning yirik daryolari - Qora, Oq va Qizil Volta joylashgan. Qora Voltadan daryolarning barchasi kema qatnovi uchun yaroqsizdir. lqlimi uch asosiy davrlar mavjudligi bilan xarakterlanadi - salqin-quruq (noyabrdan martgacha), issiq-quruq (martdan maygacha), issiq-nam (yilning qolgan qismida). Mamlakat hududining o‘simlik dunyosiga baland o‘tli savannalar xosdir. Ba’zi joylarda akatsiya va butazorlar ustunlik qiluvchi o‘rmonlar uchrab turadi. O‘rmonlar mamlakat maydonining 9% ini egallagan. Hayvonot dunyosi boy bo‘lib, bu yerda fil, antilopa, maymun va timsohlarni uchratish mumkin. Zararli hasharotlar ham ko‘plab uchraydi, bular setse pashshasi, bezgak chivinlari, termit va chigirtkalar.

📖 Tarixi

XI asrda gambagilik kelgindi qabilalar Yuqori Volta tekisliklariga bostirib kirishadi. Asta-sekinlik bilan ular kuclili siyosiy uyushmaga ega bo‘lgan markaziy va sharqiy tekislikdagi dehqonchilik qabilalarini bo‘ysundirdilar. Ammo g‘arbiy tumanlardagi zamo­naviy bobo, lobe va grusilarning ajdodlari bosqinchilarga qarshilik ko‘rsata oldilar. Vaqt o‘tib kelgindilar mahalliy aholi bilan aralashib ketib, ularning dini va tilini qabul qihshdi. Keyinchalik bosqinchilarning avlodlari Mosi Yatenga, Uagadugu, Tenkodogo va Fadan-Gurma davlatlarining hukmron doirasini tashkil etdi. XIV-XVI asrlarda Yatenga davlatining qurolli kuchlari Mali va Songay davlatlari hududining bir qismini ishg‘ol qildi. XVI asrda mosilar ularni bo‘ysundirish va majburan islomlashtirishga intilgan songayliklar hujumlarini qaytardi. 1895-yilda Yatenga davlati ustidan nazorat o‘rnatilganidan so‘ng, fransuz qo‘shinlari Moronaba qo‘sbinlarini tor-mor qilib, uning mulklarini bosib oldi. 1897-yilda Fada-Gurma qirolligi hukmdori fransuz protektoratiga o‘tdi. Shu davrning o‘zida fransuzlar grusi, bobo, lobi xalqlariga tegishli yerlarni ishg‘ol qildi.

📈 Iqtisodiyoti

Burkina-Faso agrar mamlakat. Marganes, simob, oltin, fosfatlar, nikel, marmar qazib olinadi, yog‘och ishlab chiqariladi. To‘qimachilik, teri-poyabzal, go‘sht tayyorlash, yog‘-moy, paxta tozalash korxonalari mavjud. Daryolarida baliq ovlash keng yoiga qo‘yilgan. Yeryong‘oq, shakarqamish, paxta yetishtiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Kot-d’Ivuar, Italiya, Tailand, Tayvan, Niger, Nigeriya.

Burkina Faso: ko'p so'raladigan savollar

Burkina Fasoning poytaxti qaysi shahar?

Burkina Fasoning poytaxti — Uagadugu.

Burkina Faso qayerda joylashgan?

Burkina Faso — Afrikadagi davlat. g‘arbiy Afrika davlati. Shimol va g‘arbda - Mali, sharqda - Niger, janubda - Benin, Togo, Gana, Kot-d’Ivuar davlatlari bi­lan chegaradosh. Burkina-Faso hududining katta qismini keng yassitog‘lik egallagan. Bobo-Diulasodan g‘arbda qum-toshdan yassitog‘ qad ko‘targan.

Burkina Fasoda qancha aholi yashaydi?

Burkina Faso aholisi — 24 070 553 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 63,2 kishi.

Burkina Fasoning rasmiy tili qaysi?

Burkina Fasoning rasmiy tili — fransuz tili.

Burkina Fasoning pul birligi qanday?

Burkina Fasoning pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF).

Burkina Faso qachon mustaqil bo'lgan?

Burkina Faso 1960-yil 5-avgustda mustaqillikka erishgan.