Bermuda orollari

Bermuda orollari

Bermuda orollari bayrog'i
📍
Poytaxt
Gamilton
👥
Aholi
64 055
🗺️
Maydoni
53,2 km²
💰
Valyuta
Bermud dollari (BMD)
Bermuda orollari bayrog'i
Bermuda orollari bayrog'i

Bermuda orollari haqida qisqacha

Bermuda orollari — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Gamilton. Aholisi — 64 ming kishi (2014-yil). Maydoni — 53,2 km². Pul birligi — Bermud dollari (BMD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Orollar Atlantika okeanining shimoli g‘arbiy qismida joylashgan, 360 ta atrofidagi orollar va qoyalardan iborat, ulardan 20 tasida odam yashamaydi. 10 ta orol o‘zaro ko‘priklar bilan birlashib asosiy orol - Meyn-Aylendni tashkil etadi. Orollar tekisliklardan iborat. Iqlimi - tropik, issiq. Tabiiy o‘simliklari saqlanib qolmagan. Qayta ekiladigan tropik o‘simliklar va daraxtlar bor. Mayda kemiruvchilar ko‘p. Qushlarning bir qancha turlari (to‘tiqush, dengiz qushlari), hasharotlar bor.

📖 Tarixi

Orollar 1522-yilda ispan dengiz sayyohi X. Bermudes tomonidan kashf etilgan. 1609-yilda orollarga inglizlar kelib joylasha boshladi. 1684-yilda bu hududlar Angliya mustamlakasiga aylandi. 1968-yilda orollarga ichki o‘z-o‘zini boshqarish huquqi berildi. 1989-yilda Britaniya hukumati Bermud orollariga mustaqillik berish talabini rad etdi. 1995-yil avgust oyida o‘tkazilgan referendumda aholining ko‘pchilik qismi qaram hudud maqomini saqlab qolish uchun ovoz berdi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodining asosini chet el turizmi tashkil etadi. Bermud orollari muhim moliyaviy markazdir. Orollarda 6 mingdan ortiq chet el kompaniyalari ro‘yxatga olingan. Bermud orollari ro‘yxatga olingan chet el kemalarining hajmi jihatidan 5-o‘rinni egallaydi. Kemalami ta’mirlash, qayiqlar yasash, farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish, qurilish materiallari korxonalari faoliyat yuritadi. Kartoshka, karam, pomidor, banan, gullar yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Buyuk Britaniya, Venesuela.

Bermuda orollari: ko'p so'raladigan savollar

Bermuda orollarining poytaxti qaysi shahar?

Bermuda orollarining poytaxti — Gamilton.

Bermuda orollari qayerda joylashgan?

Bermuda orollari — Shimoliy Amerikadagi davlat. Orollar Atlantika okeanining shimoli g‘arbiy qismida joylashgan, 360 ta atrofidagi orollar va qoyalardan iborat, ulardan 20 tasida odam yashamaydi. 10 ta orol o‘zaro ko‘priklar bilan birlashib asosiy orol - Meyn-Aylendni tashkil etadi. Orollar tekisliklardan iborat.

Bermuda orollarida qancha aholi yashaydi?

Bermuda orollari aholisi — 64 055 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 1204,9 kishi.

Bermuda orollarining rasmiy tili qaysi?

Bermuda orollarining rasmiy tili — ingliz tili.

Bermuda orollarining pul birligi qanday?

Bermuda orollarining pul birligi — Bermud dollari (BMD).

Bermuda orollari qachon mustaqil bo'lgan?

Bermuda orollari Buyuk Britaniyaga qaram hududda mustaqillikka erishgan.