Boliviya

Boliviya Respublikasi

Boliviya bayrog'i
📍
Poytaxt
Sukre (rasmiy hudud La-Pas shahrida)
👥
Aholi
11 365 333
🗺️
Maydoni
1 098 580 km²
💰
Valyuta
Boliviano (BOB)
Boliviya bayrog'i
Boliviya bayrog'i

Boliviya haqida qisqacha

Boliviya — Janubiy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Sukre (rasmiy hudud La-Pas shahrida). Aholisi — 11,4 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 1 098 580 km². Pul birligi — Boliviano (BOB). Rasmiy tili — ispan, kechau, aymara, guarini va 33 ta til.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Boliviya shimolda va sharqda Braziliya, janubi sharqda - Paragvay, g‘arbda - Chili va Peru, janubda Argentina davlatlari bilan chegaradosh. Boliviyaning janubi g‘arbi And tog‘larida joylashgan. Ikkiga ajralgan tog‘ tizmasi g‘arbiy va Sharqiy tog‘ tizmalariga ajralgan bo‘lib, ularning orasida dengiz sathidan 4000 m balandlikda joylashgan Puna yassi tog‘ligi joylashgan. G‘arbda yassi tog‘lar, so‘ngan vulqonlar zanjiri. Shu yerda dunyodagi eng sirli tog‘ ko‘li Titikaka joylashgan. Sharqda And tog‘larining eng yuqori cho‘qqilari Illimani (6682 m), Ankouma (6550 m), Illampu (6485 m) joylashgan. Iqlimi - tropik, subekvatorial. Asosiy daryolari: Benin Mamorye, Desaguadero, Madeyra (Amazonkaning yirik irmog‘i). Boliviyada ko‘llar ko‘p bo‘lib, ularning orasida Titikaka va Poopo eng kattalari hisoblanadi. Boliviyada foydali qazilmalardan qalayi, rux, kumush, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, volfram, surma, tabiiy gaz, neft zaxiralari mavjud. Sudralib yuruvchi hayvonlar, qushlar va hasharotlar ham keng tarqalgan.

📖 Tarixi

Titikaka ko‘lining janubida qadimda inklargacha bo‘lgan davrda Tiaxuanako davlati mavjud bo‘lgan. Bu davlat X asrgacha gullab-yashnagan. XIII asrda davlatni aymora hindulari, keyinchalik zamonaviy Boliviya hududini inklar ishg‘ol qildi. XVI asrda ispanlar bosib olib, Boliviya Peru vitse-qirolligi tarkibiga kirdi. 1825-yilda mustaqillik uchun kurash rahbari Simon Bolivar qo‘shinlari ispanlar ustidan g‘alaba qozondi. 1964-yilda harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Harbiy xunta bilan kurashish uchun inqilobiy harakat tashkil etilib, unga Ernesto Che Gevara boshchilik qildi. Mamlakatda bir necha marotaba davlat to‘ntarilishlari bo‘lib o‘tadi va 1982-yildagina hokimiyatni demokratik hukumat egallaydi.

📈 Iqtisodiyoti

Boliviya tabiiy resurslarga boy bo‘lishiga qaramasdan, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy jihatdan eng qoloq mamlakatlardan biri. Asosiy sanoat tarmoqlari - tog‘-kon va tabiiy gaz qazib olish. Qalay, volfram, surma, rangli metallarni qazib olish bo‘yicha Boliviya dunyoda birinchi o‘rinlardan birida turadi. Neftni qayta ishlash, metallga ishlov berish, to‘qimachilik sanoati, shuningdek, tamaki va oziq-ovqat ishlab chiqarish rivojlangan. Madaniy o‘simliklardan kartoshka, sholi, boshoqlilar, shakarqamish, qahva o‘stiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Argentina, Braziliya, Peru, Chili, Yaponiya, YI mamlakatlari. Avtomobil va temiryo‘llardan tashqari ichki suv yo‘llari ham mavjud.

Boliviya: ko'p so'raladigan savollar

Boliviyaning poytaxti qaysi shahar?

Boliviyaning poytaxti — Sukre (rasmiy hudud La-Pas shahrida).

Boliviya qayerda joylashgan?

Boliviya — Janubiy Amerikadagi davlat. Janubiy Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Boliviya shimolda va sharqda Braziliya, janubi sharqda - Paragvay, g‘arbda - Chili va Peru, janubda Argentina davlatlari bilan chegaradosh. Boliviyaning janubi g‘arbi And tog‘larida joylashgan.

Boliviyada qancha aholi yashaydi?

Boliviya aholisi — 11 365 333 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 10,4 kishi.

Boliviyaning rasmiy tili qaysi?

Boliviyaning rasmiy tili — ispan, kechau, aymara, guarini va 33 ta til.

Boliviyaning pul birligi qanday?

Boliviyaning pul birligi — Boliviano (BOB).

Boliviya qachon mustaqil bo'lgan?

Boliviya 1825-yil 6-avgustda mustaqillikka erishgan.