Kongo Demokratik Respublikasi

Kongo Demokratik Respublikasi

Kongo Demokratik Respublikasi bayrog'i
📍
Poytaxt
Kinshasa
👥
Aholi
112 832 000
🗺️
Maydoni
2 345 409 km²
💰
Valyuta
Kongolez franki (CDF)
Kongo Demokratik Respublikasi bayrog'i
Kongo Demokratik Respublikasi bayrog'i

Kongo Demokratik Respublikasi haqida qisqacha

Kongo Demokratik Respublikasi — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Kinshasa. Aholisi — 112,8 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 2 345 409 km². Pul birligi — Kongolez franki (CDF). Rasmiy tili — fransuz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Kongo Markaziy Afrikadagi davlat. Janubda Zambiya (1930 km), janubi g‘arbda Angola (2511 km), g‘arbda Kongo (2410 km), sharqda Uganda (765 km), Burundi (233 km) va Ruanda (217 km), shimolda Markaziy Afrika Respublikasi (1577 km) va Sudan bilan chegaradosh. Mamlakat chegarasining umumiy uzunligi - 10271 km. Mamlakat hududining markaziy va g‘arbiy qismlarini yassitog‘liklar va tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan Kongo daryo vodiysi egallaydi. Kivu ko‘lidan shimolda vulqonli tog‘lar joylashgan. Janubi sharqda Katanga, janubi g‘arbda Angola yassitog‘liklari joylashgan. KDRda ko‘llar ko‘p: Tanganika, Kivu, Mobute-Sese-Seko, Mveru. Foydali qazilmalari: mis, boksit, temir rudasi, ko‘mir, olmos, oltin, kumush, neft, rux, marganes, uran, qalay, kobalt, kadmiy.

📖 Tarixi

Hozirgi KDR hududi XV asr oxirlarida Bokongo qirolligi hukmronligi davrida yevropaliklardan birinchi bo‘lib portugallar tomonidan ochilgan. Lekin 1875-yil Belgiya qiroli Leopold G. M. Stenli boshchiligidagi Kongo ekspeditsiyasini jo‘natadi va 1882-yil Xalqaro Kongo assotsiatsiyasini tashkil etib, mamlakatni mustamlakaga aylantiradi. 1908-yil hozirgi KDR hududida Belgiya Kongosi nomi bilan Belgiya mustamlakasi tashkil etildi. 1960-yil Belgiya Kongosi mustaqil davlat deb e’lon qilinadi. 1965-yil hokimiyatni qo‘lga kiritgan general Mobutu 1971-yil mamlakat nomini Zoir Respublikasi deb e’lon qiladi. 1997-yildan boshlab Kongo Demokratik Respublikasi nomini oldi.

📈 Iqtisodiyoti

Boy foydali qazilmalarga ega bo‘lishiga qaramasdan KDR Afrikaning qoloq davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Qishloq xo‘jaligi iqtisodning asosini tashkil etadi. Sanoatning ko‘zga ko‘ringan tarmoqlari tog‘-konchilik, olmos qazib olish va uni qayta ishlash. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Belgiya, Fransiya, JAR. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 5138 km, avtomobil yo‘llari - 146500 km, ichki suv yo‘llari - 15000 km. Portlari: Boma, Banana, Matadi.

Kongo Demokratik Respublikasi: ko'p so'raladigan savollar

Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti qaysi shahar?

Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti — Kinshasa.

Kongo Demokratik Respublikasi qayerda joylashgan?

Kongo Demokratik Respublikasi — Afrikadagi davlat. Kongo Markaziy Afrikadagi davlat. Janubda Zambiya (1930 km), janubi g‘arbda Angola (2511 km), g‘arbda Kongo (2410 km), sharqda Uganda (765 km), Burundi (233 km) va Ruanda (217 km), shimolda Markaziy Afrika Respublikasi (1577 km) va Sudan bilan chegaradosh.

Kongo Demokratik Respublikasida qancha aholi yashaydi?

Kongo Demokratik Respublikasi aholisi — 112 832 000 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 30,4 kishi.

Kongo Demokratik Respublikasining rasmiy tili qaysi?

Kongo Demokratik Respublikasining rasmiy tili — fransuz tili.

Kongo Demokratik Respublikasining pul birligi qanday?

Kongo Demokratik Respublikasining pul birligi — Kongolez franki (CDF).

Kongo Demokratik Respublikasi qachon mustaqil bo'lgan?

Kongo Demokratik Respublikasi 1960-yil 30-iyunda mustaqillikka erishgan.