Markaziy Afrika Respublikasi

Markaziy Afrika Respublikasi

Markaziy Afrika Respublikasi bayrog'i
📍
Poytaxt
Bangi
👥
Aholi
6 470 307
🗺️
Maydoni
622 984 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BEAC) (XAF)
Markaziy Afrika Respublikasi bayrog'i
Markaziy Afrika Respublikasi bayrog'i

Markaziy Afrika Respublikasi haqida qisqacha

Markaziy Afrika Respublikasi — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Bangi. Aholisi — 6,5 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 622 984 km². Pul birligi — KFA franki (BEAC) (XAF). Rasmiy tili — fransuz, sango tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Janubda Kongo Demokratik respublikasi (1577 km) va Kongo (467 km), shimolda - Chad (1197 km), sharqda - Sudan (1165 km), g‘arbda - Kamerun (797 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 5203 km. Mamlakat hududining katta qismini Aburaseyn yassitog‘ligi va keng vodiylar egallagan. Eng baland nuqtasi - Ngaya tog‘i (1388 m). Shimolida botqoqli tekisliklar mavjud. Asosiy daryolari - Ubangi, Sanga. MARda olmos, oltin, uran, neft konlari bor. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 3%, o‘rmon va butazorlar 64% ini tashkil etadi. Iqlimi - subekvatorial, mussonli. Savannalarida pishloq daraxti, tamarint, karite, barassa palmasi kabi daraxtlar va turli o‘simliklar o‘sadi. O‘rmonlarida qimmatbaho qora va qizil daraxtlar o‘sadi. Fil, yovvoyi ho‘kiz, antilopa, gepard, qoplon, arslon, jirafa, oq va qora karkidon, tuyaqush, flamingo, maymunlar, shoqollar, timsoh, qarqaralar hayvonot olamini tashkil etadi.

📖 Tarixi

Hozirgi MAR hududi 1895-yilda Ubangi-Shari nomli Fransiya mustamlakasi deb e’lon qilinadi. 1958-yilda Fransuz Hamdo‘stligi doirasida muxtoriyatga ega boigan MAR 1960-yilda mustaqillikka erishadi. 1966-yilda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga general Bokassa keladi. U 1976-yilda MARni imperiya deb e’lon qiladi. Hukmron rejimga qarshi muxolifatning kuchayishi 1979-yilda Bokassa diktaturasining qulashiga va respublika o‘rnatilishiga olib keladi. 1981-yilda yana davlat to‘ntarishi bo‘lib, hokimiyatga general Kolingba boshliq harbiy qo‘mita keladi. 1992-yilda harbiylar partiyalar faoliyatini cheklash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishdi. 1998-yilning fevral-mart oylarida Bangi shahrida o‘tkazilgan millatlararo kelishuvga bag‘ishlangan konferensiyada o‘zaro totuvlik hujjatlari imzolandi.

📈 Iqtisodiyoti

Markaziy Afrika Respublikasi Afrikaning eng kambag‘al davlatlaridan biri. Sanoatining eng muhim tarmoqlari tog‘-kon sanoati (olmos umumiy eksport miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadi) va yog‘ochni qayta ishlash (eksportining chorak qismi) sanoatidir. 66% mehnatga layoqatli bo‘lgan aholi mashg‘ul bo‘lgan qishloq xo‘jaligi YIMning 40% ini ta’minlaydi. Eksport qilinadigan muhim qishloq xo‘jalik mahsulotlari - paxta, qahva, tamaki. MARning iqtisodiy taraqqiyotini yomon infrastruktura, malakali ishchilarning yetishmasligi va hukumatning yaxshi o‘ylanmagan iqtisodiy siyosati to‘xtatib turibdi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Belgiya, Italiya, Yaponiya, AQSh, Jazoir. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 2200 km, ichki suv yo‘llari - 800 km.

Markaziy Afrika Respublikasi: ko'p so'raladigan savollar

Markaziy Afrika Respublikasining poytaxti qaysi shahar?

Markaziy Afrika Respublikasining poytaxti — Bangi.

Markaziy Afrika Respublikasi qayerda joylashgan?

Markaziy Afrika Respublikasi — Afrikadagi davlat. Afrikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Janubda Kongo Demokratik respublikasi (1577 km) va Kongo (467 km), shimolda - Chad (1197 km), sharqda - Sudan (1165 km), g‘arbda - Kamerun (797 km) davlatlari bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 5203 km.

Markaziy Afrika Respublikasida qancha aholi yashaydi?

Markaziy Afrika Respublikasi aholisi — 6 470 307 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 7,7 kishi.

Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy tili qaysi?

Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy tili — fransuz, sango tillari.

Markaziy Afrika Respublikasining pul birligi qanday?

Markaziy Afrika Respublikasining pul birligi — KFA franki (BEAC) (XAF).

Markaziy Afrika Respublikasi qachon mustaqil bo'lgan?

Markaziy Afrika Respublikasi 1960-yil 13-avgustda mustaqillikka erishgan.