Kot-D’Ivuar

Kot-D’Ivuar Respublikasi

Kot-D’Ivuar bayrog'i
📍
Poytaxt
Abidjan
👥
Aholi
31 719 275
🗺️
Maydoni
322 463 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)
Kot-D’Ivuar bayrog'i
Kot-D’Ivuar bayrog'i

Kot-D’Ivuar haqida qisqacha

Kot-D’Ivuar — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Abidjan. Aholisi — 31,7 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 322 463 km². Pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF). Rasmiy tili — fransuz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

g‘arbiy Afrikadagi davlat. G‘arbda Liberiya (716 km) va Gvineya (610 km), sharqda Gana (668 km), shimolda Burkina-Faso (584 km) va Mali (532 km) bilan chegaradosh. Janubda Gvineya qo‘ltig‘i bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi - 3110 km, sohil chizig‘i uzunligi - 515 km. Asosiy daryolari: Sosandra, Bandama, Komae. Yerosti boyliklari: olmos, temir rudasi, marganes, kobalt, mis, boksitlar. Iqlimi - mamlakat janubida issiq va sernam, shimolda ko‘proq quruq iqlim. O‘simlik dunyosi - janubiy rayonlar tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Bu yerda daraxtlarning taxminan 600 turi mavjud. Hayvonot dunyosi boy: fil, begemot, o‘rmon antilopalari, leopard, gepardlar yashaydi. Ilonlar, qushlar ko‘p.

📖 Tarixi

XVI asrda Kot-d’Ivuar hududlari yevropaliklardan birinchi bo‘lib portugallar tomonidan kashf etilgan. 1893-yilda fransuzlar Fil Suyagi Qirg‘og‘i(mamlakatnnig avvalgi nomi)ni o‘zlarining mustamlakasi deb e’lon qildi. 1899-yil Fransuz g‘arbiy Afrikasi tarkibiga kirdi. Ufue-Buani rahbarligidagi xalq ozodlik harakati natijasida 1958-yilda Fransuz Hamdo‘stligi tarkibidagi avtonomiyaga, 1960-yilda to‘liq mustaqillikka erishdi. 1990-yil mamlakatdagi bir partiyalikdan ko‘p partiyali tizimga o‘tildi.

📈 Iqtisodiyoti

Kot-d’ Ivuar - agrar mamlakat. YIMning 35%, eksportning 70% dan ortiqrog‘i qishloq xo‘jahgiga to‘g‘ri keladi. Kakao yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Palma yog‘i, kauchuk eksporti bo‘yicha Afrikada birinchi o‘rinda turadi. Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari: to‘qimachilik, kimyo, qurilish sanoati. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Nigeriya, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 660 km, avtomobil yo‘llari - 46600 km, ichki suv yo‘Uari - 980 km, asosiy portlari - Abidjan, Gran-Basam.

Kot-D’Ivuar: ko'p so'raladigan savollar

Kot-D’Ivuarning poytaxti qaysi shahar?

Kot-D’Ivuarning poytaxti — Abidjan.

Kot-D’Ivuar qayerda joylashgan?

Kot-D’Ivuar — Afrikadagi davlat. g‘arbiy Afrikadagi davlat. G‘arbda Liberiya (716 km) va Gvineya (610 km), sharqda Gana (668 km), shimolda Burkina-Faso (584 km) va Mali (532 km) bilan chegaradosh. Janubda Gvineya qo‘ltig‘i bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi - 3110 km, sohil chizig‘i uzunligi - 515 km.

Kot-D’Ivuarda qancha aholi yashaydi?

Kot-D’Ivuar aholisi — 31 719 275 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 74,1 kishi.

Kot-D’Ivuarning rasmiy tili qaysi?

Kot-D’Ivuarning rasmiy tili — fransuz tili.

Kot-D’Ivuarning pul birligi qanday?

Kot-D’Ivuarning pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF).

Kot-D’Ivuar qachon mustaqil bo'lgan?

Kot-D’Ivuar 1960-yil 7-avgustda mustaqillikka erishgan.