Kolumbiya

Kolumbiya Respublikasi

Kolumbiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Santa-Fe-de-Bogota
👥
Aholi
53 057 212
🗺️
Maydoni
1 141 748 km²
💰
Valyuta
Kolumbiya pesosi (COP)
Kolumbiya bayrog'i
Kolumbiya bayrog'i

Kolumbiya haqida qisqacha

Kolumbiya — Janubiy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Santa-Fe-de-Bogota. Aholisi — 53,1 mln kishi (2016-yil). Maydoni — 1 141 748 km². Pul birligi — Kolumbiya pesosi (COP). Rasmiy tili — ispan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Janubda Peru (2900 km) va Ekvador (590 km), sharqda Venesuela (250 km) va Braziliya (1643 km), shimolda Panama (225 km) bilan chegaradosh. Kolumbiya g‘arbda Tinch okeani (sohil chizig‘i uzunligi - 1448 km), shirtolda Karib dengizi (1960 km) bilan tutash. Chegarasinmg umumiy uzunligi - 7418 km, sohil bo‘ylab clegara uzunligi - 3208 km. Mamlakat hududini ikki qismga: g‘arbiy qism - tog‘li va sharqiy qism - tekisliklarga bo‘lish mumkin. G‘arbiy qismda uchta tog‘ tizmasi: g‘arbiy Kordilyera, Markaziy Kordilyera va Sharqiy Kordilyera joylashgan. Shimolda Serra-Nevada-de-Santa Marta (eng baland nuqtasi - 5800 m) joylashgan. Asosiy daryolari - Magdana, Kauga, Meta, Guavyare. Kolumbiya foydali qazilma zaxiralariga boy: neft, tabiiy gaz, temir rudasi, ko‘mir, nikel, mis, oltin, zumrad. Iqlimi - sohil bo‘ylarida va sohilga yaqin hududlarda yillik o‘rtacha harorat 24-27°C. Birmuncha baland rayonlarda iqlim sovuqroq. Yil davomida ikkita yomg‘irli mavsum almashinadi. Sohil bo‘ylarida asosiy o‘simlik mongola. Kolumbiyaning hayvonot dunyosi boy. Bu yerda maymun, otselot, jayron. chumolixo‘r. sudralib yuruvchilar, baliqlar, qushlar va hasharotlarning ko‘plab turlari uchraydi.

📖 Tarixi

Hozirgi Kolumbiya hududlari 1502-yil Kolumb tomonidan kashf etilgan. 1510-yilga keiib ispanlar mamlakatni mustamlakaga aylantirdilar. Yangi Grenada deb atalgan Ispaniya mustamlakasi Venesuela va Ekvador hududlarini ham qo‘shib, 1717-yilda vitse-qirollikka aylantirildi. 1810-yildan mustaqillik uchun kurash boshlandi va 1819-yilda mustaqillikka erishdi. 1830-yilda Venesuela va Ekvador, 1903-yili Panama Buyuk Kolumbiyadan ajralib chiqdi. 1948-yilda konservatorlar va liberallar o‘rtasidagi turlicha siyosiy qarashlar ikki partiya tarafdorlari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib keldi. 1953-yilda davlat to‘ntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura o‘rnatildi. 1957-yilda hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan fuqarolik hukumati bir qator ichki siyosiy va iqtisodiy muammolarga duch keldi. XX asrning 2-yarmida narkomafiya kuchlarining faollashuvi kuzatiladi. 1993-yili Medelyin kartelining «narkobaron»i 43 yashar Pablo Eskobaraning o‘ldirilishi ham vaziyatni o‘zgartirmaydi. Harbiy to‘ntarishlar tez-tez sodir bo‘lib turadigan qo‘shni davlatlarga nisbatan Kolumbiyada demokratik an’analar ancha mustahkam.

📈 Iqtisodiyoti

Keyingi o‘n yilliklarda iqtisodning rivoji oqsagan, lekin o‘sish sur’ati boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan yuqori. Kolumbiyaning asosiy eksport mahsuloti - qahva. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlarr. to‘qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, kimyo sanoati. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 15% i) g‘alla mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik rivojlangan. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 33,86 km. Avtomobil yo‘llari - 107300 km. Ichki suv yo‘llar - 14300 km. Asosiy portlari: Barankilva, Buenaventura, Kartaxena, San-Adres, Santa-Marta, Tumako. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, YI mamlakatlari, Yaponiya, Braziliya, Venesuela.

Kolumbiya: ko'p so'raladigan savollar

Kolumbiyaning poytaxti qaysi shahar?

Kolumbiyaning poytaxti — Santa-Fe-de-Bogota.

Kolumbiya qayerda joylashgan?

Kolumbiya — Janubiy Amerikadagi davlat. Janubiy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Janubda Peru (2900 km) va Ekvador (590 km), sharqda Venesuela (250 km) va Braziliya (1643 km), shimolda Panama (225 km) bilan chegaradosh.

Kolumbiyada qancha aholi yashaydi?

Kolumbiya aholisi — 53 057 212 kishi (2016-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 42 kishi.

Kolumbiyaning rasmiy tili qaysi?

Kolumbiyaning rasmiy tili — ispan tili.

Kolumbiyaning pul birligi qanday?

Kolumbiyaning pul birligi — Kolumbiya pesosi (COP).

Kolumbiya qachon mustaqil bo'lgan?

Kolumbiya 1810-yil 20-iyulda mustaqillikka erishgan.