Kabo Verde

Kabo Verde

Kabo Verde bayrog'i
📍
Poytaxt
Praya
👥
Aholi
491 233
🗺️
Maydoni
4 033 km²
💰
Valyuta
Kabo Verda eskudosi (CVE)
Kabo Verde bayrog'i
Kabo Verde bayrog'i

Kabo Verde haqida qisqacha

Kabo Verde — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Praya. Aholisi — 491 ming kishi (2014-yil). Maydoni — 4 033 km². Pul birligi — Kabo Verda eskudosi (CVE). Rasmiy tili — portugal, kreol tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrikaning g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan davlat. Santyagu, Fogu, Mayu, Santu-Antan, Boavishta va boshqa orollar asosan vulqonlardan hosil bo‘lgan. Qirg‘oqlari tik va qoyali, qulay tabiiy gavanlari kam. Relyefi asosan tog‘li. Eng baland cho‘qqisi - Fogu vulqoni 2829 m. Iqlimi - tropik, passatli. Daryolari kam, bot-bot qurg‘oqchilik bo‘lib turadi. O‘simliklar cho‘l va chalacho‘lga xos. Hayvonot turlari oz. Dengiz qushlari ko‘p.

📖 Tarixi

1456-yilda portugallar tomonidan kashf etilgan Yashil burun orollari 1494-yili Portugaliya mustamlakasiga aylangan. 1585-yilda uni Ispaniya egallab oldi, 1640-yilda esa yana Portugaliya qo‘l ostiga o‘tdi. 1951-yilda Portugal iyaning dengiz ortidagi viloyati maqomini olgan. Kabo-Verde 1975-yili mustaqillikka erishgan.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodning rivojlanmaganligi mamlakatda tabiiy resurslarning kamligi bilan bog‘liq. Savdo dengiz va havo transportiga xizmat ko‘rsatish YMMning 67% ini tashkil etadi. Iqtisodning asosiy tarmog‘i baliqchihk. Asosiy savdo hamkorlari: Portugaliya, Ispaniya, AQSh, Fransiya. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarming umumiy uzunligi - 2250 km. Asosiy porti - Mindelu.

Kabo Verde: ko'p so'raladigan savollar

Kabo Verdening poytaxti qaysi shahar?

Kabo Verdening poytaxti — Praya.

Kabo Verde qayerda joylashgan?

Kabo Verde — Afrikadagi davlat. Afrikaning g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan davlat. Santyagu, Fogu, Mayu, Santu-Antan, Boavishta va boshqa orollar asosan vulqonlardan hosil bo‘lgan. Qirg‘oqlari tik va qoyali, qulay tabiiy gavanlari kam. Relyefi asosan tog‘li. Eng baland cho‘qqisi - Fogu vulqoni 2829 m.

Kabo Verdeda qancha aholi yashaydi?

Kabo Verde aholisi — 491 233 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 128,6 kishi.

Kabo Verdening rasmiy tili qaysi?

Kabo Verdening rasmiy tili — portugal, kreol tillari.

Kabo Verdening pul birligi qanday?

Kabo Verdening pul birligi — Kabo Verda eskudosi (CVE).

Kabo Verde qachon mustaqil bo'lgan?

Kabo Verde 1975-yil 5-iyulda mustaqillikka erishgan.