Kipr

Kipr Respublikasi

Kipr bayrog'i
📍
Poytaxt
Nikosiya
👥
Aholi
1 442 614
🗺️
Maydoni
9 251 km²
💰
Valyuta
Kipr funti (CYP)
Kipr bayrog'i
Kipr bayrog'i

Kipr haqida qisqacha

Kipr — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Nikosiya. Aholisi — 1,4 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 9 251 km². Pul birligi — Kipr funti (CYP). Rasmiy tili — yunon, turk tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Kipr - o‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi Kipr orolida joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 648 km. 1974-yil Turkiya okkupatsiyasi natijasida orolning shimoliy qismi 2 qismga: greklar zonasi va turklar zonasiga bo‘lindi, shuningdek, 2 ta harbiy baza joylash­gan Buyuk Britaniyaga tegishli katta bo‘lmagan zona ham bor. Orol bo‘ylab sharqdan g‘arbga tomon ikkita tog‘ tizmasi cho‘zilgan. Ular orasida tepaliklar bilan qoplangan tekislik yotadi. Mamlakatning eng baland tog‘i - Olimp (1952 m). Asosiy tabiiy resurslari mis, xrom, tuz, gips, marmar, asbest, yog‘och, oxra. Hududining 40% i haydaladigan yerlar, 18% o‘rmonlar va butazorlar, 10% i o‘tloq va maysazorlardan iborat. Iqlimi - subtropik. O‘rmonlarning vahshiylarcha yo‘qotilishi natijasida, o‘rmonlar faqatgina Troodos tog‘laridagina qolgan. Bu yerda kiparis, alepp qarag‘ayi, eman, kedr, kashtan, doimiy yashil buta, makves o‘sadi. Orol faunasining boy emasligi o‘rmonli massivlarning kamligi bilan bog‘liq. Hamma yerda tulki va quyonlarni uchratish mumkin. Kaltakesak va ilonlar, qushlardan moyqurt, to‘rg‘ay, qaldirg‘ochlar ko‘p. Kipr suv bilan o‘ralgani tufayli baliqqa boy.

📖 Tarixi

Kipr m.a. III ming yillik boshlaridayoq suriyaliklar va anatoliyaliklarga ma’lum edi. M.a. XVI asrda orol misrliklar tomonidan bosib olinganidan keyin m.a. 1450-yildan mamlakat tarixida ellinlar davri boshlandi. M.a. IX-VIII asrlarda Kipr mustaqil davlatga aylangan. Lekin m.a. 707-yildan boshlab ossuriyaliklar, misrliklar va forslar tomonidan navbatma-navbat zabt etilgan. Aleksandr Makedonskiy imperiyasi inqirozga uchragandan keyin Kiprda Ptolemeylar hukmronlik qildi. 58-yildan Kipr Rim provinsiyasiga, 395-yilda Vizantiya imperiyasi qismiga aylandi. Orol arablar tomonidan okkupatsiya qilingandan keyin 632-864- yillar davomida ular hukmronligi ostida bo‘ldi. So‘ng 1191-yilgacha yana Vizantiya imperiyasi hukmronligiga o‘tdi. 1192-1489-yillarda Kipr va Quddus qirolligi, bundan keyin 1571-yilgacha Venetsiya mustamlakasi, 1898-yildan Britaniya mustamlakasi. 1960-yili Kipr mustaqillikka erishdi, lekin hududiy yaxlitligini saqlab qola olmadi. 1974-yilda turk qo‘shinlarining okkupatsiyasi natijasida ikkiga bo‘linib ketdi.

📈 Iqtisodiyoti

Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari: (YIMning 14% i) tog‘-konchilik, yengil mashinasozlik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati, kimyoviy o‘g‘itlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish. Kiprda xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlangan (YIMning 53% i), turizm jadal suratda rivojlanmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi asosiy tarmoqlar: uzum va sitrus mevalarga ishlov berish. 2012-yil YIM miqdori 18,1 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 18,1 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Gretsiya, Germaniya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 10780 km. Portlari: Kireniya, Larnoka, Limasol, Pafos, Famagusta.

Kipr: ko'p so'raladigan savollar

Kiprning poytaxti qaysi shahar?

Kiprning poytaxti — Nikosiya.

Kipr qayerda joylashgan?

Kipr — Yevropadagi davlat. Kipr - o‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi Kipr orolida joylashgan davlat. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 648 km.

Kiprda qancha aholi yashaydi?

Kipr aholisi — 1 442 614 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 92,7 kishi.

Kiprning rasmiy tili qaysi?

Kiprning rasmiy tili — yunon, turk tillari.

Kiprning pul birligi qanday?

Kiprning pul birligi — Kipr funti (CYP).

Kipr qachon mustaqil bo'lgan?

Kipr 1960-yil 16-avgustda mustaqillikka erishgan.