Dominika

Dominika Hamdo‘stligi

Dominika bayrog'i
📍
Poytaxt
Rozo
👥
Aholi
67 408
🗺️
Maydoni
750 km²
💰
Valyuta
Sharqiy Karib dollari (XCD)
Dominika bayrog'i
Dominika bayrog'i

Dominika haqida qisqacha

Dominika — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Rozo. Aholisi — 67 ming kishi (2014-yil). Maydoni — 750 km². Pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Karib havzasida, Kichik Antil orollarining Dominika orolida joylashgan orol davlat. Maydoni tog‘liklardan iborat. Eng baland nuqtasi D’yabloten vulqoni (1447 m). Iqlimi - tropik. Tog‘ yonbag‘irlari tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi asosan qushlardan iborat.

📖 Tarixi

Dominika 1493-yil Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan. Shu vaqtdan u Ispaniya mulkiga aylandi, so‘ngra Fransiya mustamlakasi bo‘ldi. 1763-yili Buyuk Britaniya nazoratiga o‘tdi. 1967-yilda Britaniya Hamdo‘stligi a’zosi bo‘ldi. 1978-yili Dominika o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat xalq xo‘jaligining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Sanoat asosan mayda korxonalardan iborat. Qishloq xo‘jaligi banan, mango, kokos yong‘og‘i va sitrus mevalarni yetishtirib beradi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh va Karib havzasi davlatlari.

Dominika: ko'p so'raladigan savollar

Dominikaning poytaxti qaysi shahar?

Dominikaning poytaxti — Rozo.

Dominika qayerda joylashgan?

Dominika — Shimoliy Amerikadagi davlat. Karib havzasida, Kichik Antil orollarining Dominika orolida joylashgan orol davlat. Maydoni tog‘liklardan iborat. Eng baland nuqtasi D’yabloten vulqoni (1447 m). Iqlimi - tropik. Tog‘ yonbag‘irlari tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi asosan qushlardan iborat.

Dominikada qancha aholi yashaydi?

Dominika aholisi — 67 408 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 96,4 kishi.

Dominikaning rasmiy tili qaysi?

Dominikaning rasmiy tili — ingliz tili.

Dominikaning pul birligi qanday?

Dominikaning pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD).

Dominika qachon mustaqil bo'lgan?

Dominika 1978-yil 3-noyabrda mustaqillikka erishgan.