Jazoir

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

Jazoir bayrog'i
📍
Poytaxt
Jazoir
👥
Aholi
47 400 000
🗺️
Maydoni
2 381 741 km²
💰
Valyuta
Jazoir dinori (DZD)
Jazoir bayrog'i
Jazoir bayrog'i

Jazoir haqida qisqacha

Jazoir — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Jazoir. Aholisi — 47,4 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 2 381 741 km². Pul birligi — Jazoir dinori (DZD). Rasmiy tili — arab tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Shimoliy Afrikadagi davlat. G‘arbda Marokash (1559 km) va g‘arbiy Saxara (42 km), janubda - Niger (956 km), Mali (1376 km), Mavritaniya (463 km), sharqda Liviya (1982 km) va Tunis (965 km) bilan chegaradosh. Shimolda o‘rta Yer dengizi joylashgan. Eng yuqori nuqtasi - Taxat tog‘i (2918 m). Daryolari juda kam. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, fosfatlar, temir rudasi, uran, qo‘rg‘oshin, rux. Haydaladigan yerlari hududning 3%, o‘tloq va yaylovlar - 13%, o‘rmon va butazorlar - 2% ini tashkil qiladi. Iqlimi - subtropik, tropik. Mamlakat hududi asosan cho‘llardan iborat bo‘lganligi sababli, o‘simlik turlari unchalik ko‘p emas. Atlas va Axaggar tog‘larida po‘kak eman o‘sadi. Hayvonlardan shoqol, giyena, antilopa, quyonlar uchraydi.

📖 Tarixi

М.a. XII asrda Jazoirning hozirgi hududining o‘rtayer dengizi qirg‘oqlarida istiqomat qilgan finikiyaliklar keyinchalik Karfagen ta’siri ostiga tushib qoladi. М. a. III asrda barbar qabilasining sardori Masinissa Karfagen va Rim o‘rtasidagi urushdan foydalanib dastlabki Jazoir davlati - Numidiya qirolligini tuzadi. М. a. I asrdan milodiy V asrgacha Jazoir Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. 429-yilda bu yerni vandallar bosib olgandan so‘ng barbarlar bir qator mustaqil mayda davlatlarga asos solishadi. VII asrda Jazoirni arablar bosib olib, barbarlar islomni qabul qilishadi va Shimoliy Afrika xalifalik tarkibiga kiradi. XIII asrda xristian va musulmon barbar qabilalari o‘rtasidagi kurash natijasida mamiakat uchga bo‘linadi. XVI asrda bir qator Jazoir portlarini ispanlar egallashadi. Jazoirlik xristianlar Ispaniya protektoratiga o‘tishgan bo‘lsa, musulmonlar Usmoniylar imperiyasiga murojaat etishadi va ispanlarni mamlakatdan quvib chiqarishadi. XVII asr davomida jazoirliklar o‘rtayer dengizida qaroqchilik qilishadi. 1816-уil ingliz-golland, 1824-yil ingliz floti jazoirlik dengiz qaroqchilari bilan jang qilishadi. 1830-yil 5-iyulda Jazoimi fransuzlar bosib olishadi va 1834-yilda turklar ta’siriga butunlay barham berishadi. 1954-1962-yillardagi ozodlik urushlari natijasida 1962-yil 1-iyul kuni Jazoir mustaqil davlatga aylanadi. 1992-yildagi saylovlarda islom fundamentalistlari g‘alaba qozonishganda saylov natijalari hukumat tomonidan bekor qilinadi. Bunga javoban Islom qutqarish fronti Jazoir hududida yashovchi chet el fuqarolariga qarshi terrorchilik harakatlarini uyushtirishadi. 1992-yilgi siyosiy inqiroz natijasida davlatni boshqarish uchun kollegial organ - Davlat oliy kengashi tuziladi. 1994-yilda prezident etib saylangan general L.Zerual davlat boshqaruv tizimini tiklab fuqarolar urushi boshlanishini oldini oldi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodning asosiy tarmoqlari - neft va gaz qazib olish (tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha jahonda 5-o‘rinda). 1973-1974-yillarda neft narxining keskin oshishi iqtisodining yuksalishiga va sanoatlashtirish dasturini moliyalashga imkon yaratdi. Neft va gaz narxining tushishi, iqtisodni markazlashtirilgan boshqaruv tizimining kamchiliklari mamlakatni 1988-yilda ijtimoiy va iqtisodiy inqirozga uchratdi. 1993-yil sentabrida hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat islohotlarni jadallashtirish va iqtisodni qayta qurishni o‘zining asosiy vazifasi deb bildi. Neft va tabiiy gazni qazib olishdan tashqari sanoatning yengil, tog‘-kon, neft kimyosi, oziq-ovqat sohalari keng rivojlangan. Mehnatga layoqatli aholining 22% i qishloq xo‘jaligida band. Arpa, bug‘doy, uzum, sitrus mevalari, sabzavotlar va zaytun yetishtiriladi. Eksportga chiqariladigan asosiy mahsuloti - neft va tabiiy gaz (jami eksport mahsulotlarining 97% ini tashkil qiladi). Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Italiya, Germaniya va AQSh. Temir yo‘llarining uzunligi - 4733 km; avtomobil yo‘llari - 80000 km. Asosiy dengiz portlari: Jazoir, Annaba, Arzev, Bijaya, Mostaganem, Oran, Skikda.

Jazoir: ko'p so'raladigan savollar

Jazoirning poytaxti qaysi shahar?

Jazoirning poytaxti — Jazoir.

Jazoir qayerda joylashgan?

Jazoir — Afrikadagi davlat. Shimoliy Afrikadagi davlat. G‘arbda Marokash (1559 km) va g‘arbiy Saxara (42 km), janubda - Niger (956 km), Mali (1376 km), Mavritaniya (463 km), sharqda Liviya (1982 km) va Tunis (965 km) bilan chegaradosh. Shimolda o‘rta Yer dengizi joylashgan.

Jazoirda qancha aholi yashaydi?

Jazoir aholisi — 47 400 000 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 16,6 kishi.

Jazoirning rasmiy tili qaysi?

Jazoirning rasmiy tili — arab tili.

Jazoirning pul birligi qanday?

Jazoirning pul birligi — Jazoir dinori (DZD).

Jazoir qachon mustaqil bo'lgan?

Jazoir 1962-yil 5-iyulda mustaqillikka erishgan.