G‘arbiy Sahara

G‘arbiy Sahroi Kabir

G‘arbiy Sahara bayrog'i
📍
Poytaxt
Al-Ayun
👥
Aholi
600 904
🗺️
Maydoni
266 000 km²
💰
Valyuta
Marokash dirhami (MAD)
G‘arbiy Sahara bayrog'i
G‘arbiy Sahara bayrog'i

G‘arbiy Sahara haqida qisqacha

G‘arbiy Sahara — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Al-Ayun. Aholisi — 601 ming kishi (2015-yil). Maydoni — 266 000 km². Pul birligi — Marokash dirhami (MAD). Rasmiy tili — arab tili.

🧭 Geografik joylashuvi

g‘arbiy Afrikada joylashgan. Janubda va janubi sharqda Mavritani (1561 km), sharqda Jazoir (42 km), shimolda Marokash (443 km) bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi - 2046 km. Mamlakat hududining asosiy qismi suv manbalari kam bo‘lgan qumliklardan iborat. Asosiy foydali qazilmalari: temir rudasi, fosfarit.

📖 Tarixi

Hozirgi g‘arbiy Sahroi Kabir hududi XIX asr oxirlarigacha Ispaniya qirolligi qo‘l ostiga o‘tgunga qadar shimoli g‘arbiy Afrikadagi turli davlatlar tarkibida bo‘lgan. 1975-yilda Ispaniya, Mavritaniya va Marokash o‘rtasida Ispaniyaning g‘arbiy Sahroi Kabir hududlarini Mavritaniya va Marokashga berishga roziligi to‘g‘risida bitim imzolandi. 1976-yil Jazoir mamlakatning Mavritaniya va Marokash o‘rtasida bo‘lib olinishiga qarshi chiqadi. POLISARIO ozodlik Frontini va 1976-yil 28-fevralda e’lon qilingan Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi (SADR)ni qo‘llab-quvvatladi. 1979-yilda Mavritaniya g‘arbiy Sahroi Kabiming janubiy qismlaridan voz kechganidan keyin mamlakatning butun hududi Marokash nazorati ostiga o‘tdi. 1991-yil BMT rahbarligida POLISARIO Fronti va Marokash qo‘shinlari o‘rtasida harbiy harakatlarning to‘xtatilishi haqidagi bitimning imzolanishiga erishildi.

📈 Iqtisodiyoti

Aholi daromadining asosiy manbayi-baliq ovlash va fosforitlar qazib olish. Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar Marokash hukumati tomonidan nazorat qilinadi. Marokash g‘arbiy Sahroi Kabirga da’vogar va uning boshqaruvida rahbarlik qiladi. Shuning uchun ham asosiy savdo hamkorlari Marokash savdo hamkorlarining umumiy ro‘yxatiga kiradi. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 6200 km. Asosiy portlari - El-Ayun, Ad-Dakla.

G‘arbiy Sahara: ko'p so'raladigan savollar

G‘arbiy Saharaning poytaxti qaysi shahar?

G‘arbiy Saharaning poytaxti — Al-Ayun.

G‘arbiy Sahara qayerda joylashgan?

G‘arbiy Sahara — Afrikadagi davlat. g‘arbiy Afrikada joylashgan. Janubda va janubi sharqda Mavritani (1561 km), sharqda Jazoir (42 km), shimolda Marokash (443 km) bilan chegaradosh. Umumiy chegara uzunligi - 2046 km. Mamlakat hududining asosiy qismi suv manbalari kam bo‘lgan qumliklardan iborat.

G‘arbiy Saharada qancha aholi yashaydi?

G‘arbiy Sahara aholisi — 600 904 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 2,3 kishi.

G‘arbiy Saharaning rasmiy tili qaysi?

G‘arbiy Saharaning rasmiy tili — arab tili.

G‘arbiy Saharaning pul birligi qanday?

G‘arbiy Saharaning pul birligi — Marokash dirhami (MAD).

G‘arbiy Sahara qachon mustaqil bo'lgan?

G‘arbiy Sahara 1976-yil 27-noyabrda mustaqillikka erishgan.