Eritreya

Eritreya davlati

Eritreya bayrog'i
📍
Poytaxt
Asmera
👥
Aholi
3 607 000
🗺️
Maydoni
117 600 km²
💰
Valyuta
Nakfa (ERN)
Eritreya bayrog'i
Eritreya bayrog'i

Eritreya haqida qisqacha

Eritreya — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Asmera. Aholisi — 3,6 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 117 600 km². Pul birligi — Nakfa (ERN). Rasmiy tili — tigrinya, arab, ingliz tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Sharqiy Afrikadagi davlat. G‘arbda va janubda Efiopiya (chegaraning uzunligi - 912 km), shimolda va shimoli g‘arbda Sudan (605 km), janubi sharqda Jibuti (113 km) bilan chegaradosh. Sharqda mamlakat Qizil dengiz bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 1630 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 1151 km. Eritreya tog‘li mamlakatdir. Uning hududi Efiopiya tog‘ligining bir qismi hisoblanadi. G‘arbda tog‘lik sekin-asta pasayib Sudan tekisligiga aylanadi. Sharqda esa sohilbo‘yi tekisligi joylashgan. Eritreyada oltin, mis, temir, nikel, xrom, titan, neft konlari bor. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 3% ini, yaylov va o‘tloqlar 40% ini tashkil etadi. Iqlimi - quruq va issiq. O‘simlik dunyosini cho‘l o‘simliklari tashkil etadi. Hayvonot olami timsoh, tuyaqush, burgut, marabu, kalxat va turli dengiz baliqlaridan iborat.

📖 Tarixi

Eritreya eramizgacha vujudga kelgan efiop qirolligi - Aksum tarkibiga kirgan. 1890-yildan Italiya mustamlakasi. 1941-yildan BMT mandatiga ko‘ra Buyuk Britaniya tomonidan boshqarilgan. 1952-yilda Eritreya federatsiya a’zosi sifatida efiop imperiyasi tarkibiga kirgan. 1962-yilda, Efiopiya Eritreyani provinsiya deb e’lon qilgandan so‘ng, mamlakatda mustaqillik uchun harakat boshlanib, bu harakat 1975-yilda keng miqyosga ko‘tariladi. Eritreyalik qo‘zg‘olonchilar hukumat qo‘shinlaridan ustun kelgach, 1993-yilda Eritreya referendum natijalariga ko‘ra mustaqil bo‘ldi.

📈 Iqtisodiyoti

Eritreya jahonning iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy etgan davlatlaridan biridir. Iqtisodining asosiy tarmog‘i aholining 60% i band bo‘lgan qishloq xo‘jaligidir (YIMning 50% i, eksportning 70% i). Sanoatining rivojlangan tarmoqlari: neftni qayta ishlash, yog‘ochni qayta ishlash, to‘qimachilik, teri-poyabzal, tikuvchilik, oziq-ovqat. Portlari: Aseb, Massaua.

Eritreya: ko'p so'raladigan savollar

Eritreyaning poytaxti qaysi shahar?

Eritreyaning poytaxti — Asmera.

Eritreya qayerda joylashgan?

Eritreya — Afrikadagi davlat. Sharqiy Afrikadagi davlat. G‘arbda va janubda Efiopiya (chegaraning uzunligi - 912 km), shimolda va shimoli g‘arbda Sudan (605 km), janubi sharqda Jibuti (113 km) bilan chegaradosh. Sharqda mamlakat Qizil dengiz bilan tutashgan.

Eritreyada qancha aholi yashaydi?

Eritreya aholisi — 3 607 000 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 57,3 kishi.

Eritreyaning rasmiy tili qaysi?

Eritreyaning rasmiy tili — tigrinya, arab, ingliz tillari.

Eritreyaning pul birligi qanday?

Eritreyaning pul birligi — Nakfa (ERN).

Eritreya qachon mustaqil bo'lgan?

Eritreya 1993-yil 24-mayda mustaqillikka erishgan.