Fiji

Fiji Respublikasi

Fiji bayrog'i
📍
Poytaxt
Suva
👥
Aholi
900 869
🗺️
Maydoni
18 274 km²
💰
Valyuta
Fiji dollari (FJD)
Fiji bayrog'i
Fiji bayrog'i

Fiji haqida qisqacha

Fiji — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Poytaxti — Suva. Aholisi — 901 ming kishi (2013-yil). Maydoni — 18 274 km². Pul birligi — Fiji dollari (FJD). Rasmiy tili — ingliz, fiji, hind tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Tinch okeanining janubiy qismida Fiji orollarida (jami 844 ta orol) joylashgan davlat. Eng virik orollari - Viti-Levu va Vanua-Levu. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 1129 km. Orollaming relyefi vulqonlar natijasida paydo bo‘lgan tog‘ tizmalari mavjud yassitog‘liklardan iborat. Asosiy tabiiy boyliklari: baliq, oltin, mis. Hududning 8% ini haydaladigan yerlar, 65% ini o‘rmon va to‘qaylar tashkil etadi. Iqlimi - tropik, okean iqlimi. Tog‘ yonbag‘irlari tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Tekis hududlarda yaylov o‘simliklari o‘sadi. Fijining hayvonot olami kambag‘al. Ko‘p tarqalgan sutemizuvchilar - ko‘rshapalak va uchar tulki. Orollarga olib kelingan hayvonlardan mangustlar keng tarqalgan.

📖 Tarixi

Orollarning bir qismi 1634-yilda Tasman tomonidan, qolgan qismi 1774-yilda Kuk tomonidan kashf etilgan. 1874-yilda Fidji Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanadi, lekin ma’lum ma’noda o‘zini o‘zi boshqarish huquqini saqlab qoladi. Britaniya hamdo‘stligi a’zosi Fidji mustaqillikka 1970-yilda erishadi. 1987-yilda podpolkovnik Rabuk boshchiligidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng, Fidjida respublika tuzumi o‘rnatiladi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodining asosiy tarmog‘i - qishloq xo‘jaligi (Y1M - 23%). Asosiy eksport mahsulotlari - shakar va kopra (kokos mag‘zi). Ishlab chiqarish asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va baliqni qayta ishlash bilan bog‘Liq. Asosiy valuta manbayi turizm hisoblanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, YI davlatlari.

Fiji: ko'p so'raladigan savollar

Fijining poytaxti qaysi shahar?

Fijining poytaxti — Suva.

Fiji qayerda joylashgan?

Fiji — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Tinch okeanining janubiy qismida Fiji orollarida (jami 844 ta orol) joylashgan davlat. Eng virik orollari - Viti-Levu va Vanua-Levu. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 1129 km. Orollaming relyefi vulqonlar natijasida paydo bo‘lgan tog‘ tizmalari mavjud yassitog‘liklardan iborat.

Fijida qancha aholi yashaydi?

Fiji aholisi — 900 869 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 47 kishi.

Fijining rasmiy tili qaysi?

Fijining rasmiy tili — ingliz, fiji, hind tillari.

Fijining pul birligi qanday?

Fijining pul birligi — Fiji dollari (FJD).

Fiji qachon mustaqil bo'lgan?

Fiji 1970-yil 10-oktabrda mustaqillikka erishgan.