Fransiya Gvianasi

Fransiya Gvianasi

Fransiya Gvianasi bayrog'i
📍
Poytaxt
Kayenna
👥
Aholi
292 354
🗺️
Maydoni
83 534 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
Fransiya Gvianasi bayrog'i
Fransiya Gvianasi bayrog'i

Fransiya Gvianasi haqida qisqacha

Fransiya Gvianasi — Janubiy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Kayenna. Aholisi — 292 ming kishi (2013-yil). Maydoni — 83 534 km². Pul birligi — Yevro (EUR). Rasmiy tili — fransuz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Amerikaning shimoli sharqida, Atlantika sohilida joylashgan davlat. Surinam bilan g‘arbda, Braziliya bilan janubda va sharqda chegaradosh. Gviana markazida yassitog‘liklar mavjud, shimolda tekislik, janubda esa tog‘lar bilan o‘ralgan. Iqlimi - issiq, ekvatorial. Atlantikaga qarab ko‘plab daryolar oqadi. Hudud oltin, boksit zaxiralariga boy. Gviana hududining 96,7% i noyob turdagi o‘rmonzorlar bilan qoplangan.

📖 Tarixi

1499-yil ispanlar tomonidan kashf qilingan. 1604-yildan Fransiya mustamlakachiligiga asos solindi. Bu hududlar uchun Ispaniya bilan Niderlan­diya, Birlashgan Britaniya, Portugaliya urushlar olib borgan. 1817-yildan Fransiya mulkiga aylandi. XVIII asr oxiri - XX asr o‘rtalarigacha Gvianaga fransuz siyosiy mahbuslari qatag‘on qilinganlar. Gvianaga 1946-yil Fransiyaning dengizorti departamenti, 1975-yil - region maqomi berildi. Gvianada hanuzgacha mustaqillik uchun kurash davom etmoqda.

📈 Iqtisodiyoti

Gviana - iqtisodiy qoloq mamlakat. Oltin qazish, elektr quwati ishlab chiqish, yog‘ochni qayta ishlash sanoat korxonalari mavjud. Baliq ovlash - iqtisodning ilg‘or tarmog‘idir. Chorvachilik, boshoqli o‘simliklar, sabzavot, sholi, maniok, banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Gviana o‘zining Kuru (Kourou) kosmodromidan Ariane raketalarini Yevropa Kosmik Agentligi dasturlari asosida uchiradi. Yirik shaharlari: Kuru, Sen-Loran-dyu-Maroni. Portlari: Kayenna, Degra-de-Kann. Romambo xalqaro aeroporti mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Trinidad va Tobago, AQSh, Yaponiya.

Fransiya Gvianasi: ko'p so'raladigan savollar

Fransiya Gvianasining poytaxti qaysi shahar?

Fransiya Gvianasining poytaxti — Kayenna.

Fransiya Gvianasi qayerda joylashgan?

Fransiya Gvianasi — Janubiy Amerikadagi davlat. Janubiy Amerikaning shimoli sharqida, Atlantika sohilida joylashgan davlat. Surinam bilan g‘arbda, Braziliya bilan janubda va sharqda chegaradosh. Gviana markazida yassitog‘liklar mavjud, shimolda tekislik, janubda esa tog‘lar bilan o‘ralgan. Iqlimi - issiq, ekvatorial.

Fransiya Gvianasida qancha aholi yashaydi?

Fransiya Gvianasi aholisi — 292 354 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 3 kishi.

Fransiya Gvianasining rasmiy tili qaysi?

Fransiya Gvianasining rasmiy tili — fransuz tili.

Fransiya Gvianasining pul birligi qanday?

Fransiya Gvianasining pul birligi — Yevro (EUR).

Fransiya Gvianasi qachon mustaqil bo'lgan?

Fransiya Gvianasi Fransiyaning dengizorti departamentida mustaqillikka erishgan.