Gana

Gana Respublikasi

Gana bayrog'i
📍
Poytaxt
Akkra
👥
Aholi
33 742 380
🗺️
Maydoni
238 535 km²
💰
Valyuta
Gana sedisi (GHS)
Gana bayrog'i
Gana bayrog'i

Gana haqida qisqacha

Gana — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Akkra. Aholisi — 33,7 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 238 535 km². Pul birligi — Gana sedisi (GHS). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Gana g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Sharqda Togo, shimolda va shimoli g‘arbda Burkina-Faso, g‘arbda Kot-d’Ivuar davlatlari bilan chegaradosh. Janubda Gana Atlantika okeani bilan tutashgan. Gana hududining asosiy qismi tekisliklardan iborat. Mamlakatning sharqida dunyoning eng katta sun’iy ko‘llaridan biri hisoblangan Volta ko‘li joylashgan. Gana hududidagi yirik daryolar: Qora Volta, Oq Volta va Volta daryolaridir. Oltin, sanoat olmosi, boksit, marganets, yog‘och, baliq va kauchuk bu mamlakatning asosiy boyliklaridan hisoblanadi. Sohilbo‘yi o‘simlik dunyosi unchalik boy emas. Asosan past bo‘yli butazorlar va baobab daraxtlaridan iborat. Markaziy hududlardagi o‘rmonzorlarda qizil va qora daraxtning turli navlari va paxta daraxti o‘sadi. Gananing hayvonot dunyosi o‘ta xilma-xil. Savanna o‘rmonzorlarida iser, qoplon, antilopa, fil, turli maymunlami va suvli hududlarda timsoh va begemotlarni uchratish mumkin.

📖 Tarixi

Hozirgi Gana hududlarida yevropaliklar tomonidan kashf qilingungacha, Dogomba va Mamprusi qirolliklari mavjud bo‘lgan. 1471-yil portugallar Gana qirg‘oqlaridagi o‘zlarining birinchi qo‘nalg‘alariga asos solishgan. Ko‘p yillar davomida Gana Afrika qit’asidagi qul savdosining markazi bo‘lib kelgan. 1642-yilga kelib portugallar gollandlar tomonidan Ganadan butunlay siqib chiqarildi. 1871-yilgacha Gana Gollandiya mustamlakasi bo‘lib qoldi. 1871-yilda Angliya Ganani Gollandiyadan sotib olib, Oltin qirg‘oq deb nomladi. 1957-yilda Gana mustaqillikka erishdi. 1960-yili respublika deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Xo‘jalikning asosiy tarmog‘i qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi Gana umumiy milliy mahsulotining 50% ini yetishtiradi. Gana kakao eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Bundan tashqari, eksportga oltin, boksit, alyuminiy, yog‘och va baliq mahsulotlarini chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va Yaponiya.

Gana: ko'p so'raladigan savollar

Gananing poytaxti qaysi shahar?

Gananing poytaxti — Akkra.

Gana qayerda joylashgan?

Gana — Afrikadagi davlat. Gana g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Sharqda Togo, shimolda va shimoli g‘arbda Burkina-Faso, g‘arbda Kot-d’Ivuar davlatlari bilan chegaradosh. Janubda Gana Atlantika okeani bilan tutashgan. Gana hududining asosiy qismi tekisliklardan iborat.

Ganada qancha aholi yashaydi?

Gana aholisi — 33 742 380 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 113,4 kishi.

Gananing rasmiy tili qaysi?

Gananing rasmiy tili — ingliz tili.

Gananing pul birligi qanday?

Gananing pul birligi — Gana sedisi (GHS).

Gana qachon mustaqil bo'lgan?

Gana 1957-yil 6-martda mustaqillikka erishgan.