Gibraltar

Gibraltar

Gibraltar bayrog'i
📍
Poytaxt
Gibraltar
👥
Aholi
38 000
🗺️
Maydoni
6,5 km²
💰
Valyuta
Gibraltar funti (GIP)
Gibraltar bayrog'i
Gibraltar bayrog'i

Gibraltar haqida qisqacha

Gibraltar — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Gibraltar. Aholisi — 38 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 6,5 km². Pul birligi — Gibraltar funti (GIP). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Gibraltar Pireney yarimorolining janubiy qismida joylashgan Buyuk Britaniyaga qarashli yerlar hisoblanadi. Quruqlik orqali shimolda faqat Ispaniya bilan chegaradosh. Sharqda o‘rta Yer dengizi, janub va g‘arbda Gibraltar bo‘g‘ozi va Atlantika okeani bilan tutash. Gibraltar hududlari hali ham Ispaniya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi nizoli yerlar hisoblanadi.

📖 Tarixi

Bugungi Gibraltar hududlari 711-yilda arablar tomonidan bosib olingan. 1462-yilda Gibraltarni ulardan ispanlar tortib olishadi. 1704-yilda Gibraltar Buyuk Britaniya tomonidan istilo qilinadi. 1713-yil Utrext shartnomasiga ko‘ra Gibraltar Buyuk Britaniya nazoratidagi yerlar deb e’lon qilinadi. I va II jahon urushi yillarida bu hududlar Britaniyaning harbiy dengiz bazasi sifatida xizmat qildi. 1967-yil BMTning talabi bilan o‘tkazilgan referendumlarda Gibraltar xalqi Ispaniya bilan qo‘shilishdan bosh tortdi.

📈 Iqtisodiyoti

Gibraltar asosan dengiz portlaridan iborat bo‘lib, uning iqtisodi Britaniya tomonidan beriladigan harbiy-iqtisodiy yordami bilan belgilanadi. 2006-yil YIM miqdori 825 mln dollarni (aholi jon boshiga - 29600 doll.) tashkil etgan.

Gibraltar: ko'p so'raladigan savollar

Gibraltarning poytaxti qaysi shahar?

Gibraltarning poytaxti — Gibraltar.

Gibraltar qayerda joylashgan?

Gibraltar — Yevropadagi davlat. Gibraltar Pireney yarimorolining janubiy qismida joylashgan Buyuk Britaniyaga qarashli yerlar hisoblanadi. Quruqlik orqali shimolda faqat Ispaniya bilan chegaradosh. Sharqda o‘rta Yer dengizi, janub va g‘arbda Gibraltar bo‘g‘ozi va Atlantika okeani bilan tutash.

Gibraltarda qancha aholi yashaydi?

Gibraltar aholisi — 38 000 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 4615,4 kishi.

Gibraltarning rasmiy tili qaysi?

Gibraltarning rasmiy tili — ingliz tili.

Gibraltarning pul birligi qanday?

Gibraltarning pul birligi — Gibraltar funti (GIP).

Gibraltar qachon mustaqil bo'lgan?

Gibraltar Buyuk Britaniyaga qaram davlatda mustaqillikka erishgan.