Gambiya

Gambiya Respublikasi

Gambiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Banjul
👥
Aholi
2 422 712
🗺️
Maydoni
10 689 km²
💰
Valyuta
Dalasi (GMD)
Gambiya bayrog'i
Gambiya bayrog'i

Gambiya haqida qisqacha

Gambiya — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Banjul. Aholisi — 2,4 mln kishi (2013-yil). Maydoni — 10 689 km². Pul birligi — Dalasi (GMD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Gambiya g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubda, shimolda va sharqda faqat Senegal bilan chegaradosh. G‘arbda Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakat maydoni asosan tekisliklardan iborat. Eng yirik daryosi - Gambiya.

📖 Tarixi

Bugungi Gambiya hududlari XIII-XV asrlarda Mali imperiyasi tarkibiga kirgan. XV asr oxiri va XVI asrda Songay imperiyasi bu yerlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. XV asrda ilk bor portugallar Gambiya sohillariga kelib joylashgan. XVIII asrga kelib portugallarni inglizlar Gambiyadan siqib chiqarishdi. Versal shartnomasiga ko‘ra Gambiya 1888-yilda Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi. Gambiya 1965-yil 18-fevralda mustaqillikka erishdi. 1981-yil 12-dekabrda Gambiya va Senegal o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bu ikki davlat Senegambiya erkin konfederatsiyasiga birlashdi. Lekin 1989-yil bu kelishuv bekor qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Tabiiy resurslaming yetishmasligi va dehqonchilikning rivojlanishi uchun tabiiy sharoitning o‘ta noqulayligi Gambiyani dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biriga aylantirgan. Mamlakat sanoati o‘ta zaif rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi YMMning 30% ini yetishtirib beradi. Eksportga chiqaradigan mahsulotlarining 75% ini turli yong‘oqlar va yong‘oq mahsulotlari tashkil etadi.

Gambiya: ko'p so'raladigan savollar

Gambiyaning poytaxti qaysi shahar?

Gambiyaning poytaxti — Banjul.

Gambiya qayerda joylashgan?

Gambiya — Afrikadagi davlat. Gambiya g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubda, shimolda va sharqda faqat Senegal bilan chegaradosh. G‘arbda Atlantika okeani bilan tutashgan. Mamlakat maydoni asosan tekisliklardan iborat. Eng yirik daryosi - Gambiya.

Gambiyada qancha aholi yashaydi?

Gambiya aholisi — 2 422 712 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 176,1 kishi.

Gambiyaning rasmiy tili qaysi?

Gambiyaning rasmiy tili — ingliz tili.

Gambiyaning pul birligi qanday?

Gambiyaning pul birligi — Dalasi (GMD).

Gambiya qachon mustaqil bo'lgan?

Gambiya 1965-yil 18-fevralda mustaqillikka erishgan.