Gvadelupa

Gvadelupa

Gvadelupa bayrog'i
📍
Poytaxt
Bas-Ter
👥
Aholi
378 561
🗺️
Maydoni
1 780 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
Gvadelupa bayrog'i
Gvadelupa bayrog'i

Gvadelupa haqida qisqacha

Gvadelupa — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Bas-Ter. Aholisi — 379 ming kishi (2013-yil). Maydoni — 1 780 km². Pul birligi — Yevro (EUR). Rasmiy tili — fransuz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Karib dengizidagi Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Gvadelupa oroli va unga yaqin bo‘lgan bir qator orollar (Mari-Galant, Dezirad, Le-Sent, Sen-Bartelmi, Ptit-Ter va Sen-Marten orolining shimoliy qismi)dan tashkil topgan. Gvadelupa oroli vulqonli kelib chiqishga ega. Tor bo‘yin orolning ikki qismini - Bas-Ter va Grand-Temi birlashtirib turadi. Iqlimi - tropik, passat. Togiar nam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Hasharotlarning noyob turlari, dengiz hayvonlari, qushlar mavjud.

📖 Tarixi

Gvadelupa 1493-yilda X. Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1635-yilda orol Fransiya mustamlakasiga aylandi. XVII-XVIII asrlar davomida Afrikadan banan va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun olib kelingan, qullar bu yerga istiqomat uchun joylashtirilgan. 1816-yilgacha Fransiya Angliyaga qarshi bu hudud egaligi uchun kurash olib bordi. 1848-yilda qullik bekor qilindi 1946-yilda orollar hududi «dengizorti departamenti» statusini oldi. 1973-yilda esa Fransiya regioni deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Hudud iqtisodiyotining asosini yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va turistlarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Rom, alkagolsiz ichimliklar, qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Kokos yong‘oqlari, shakarqamish, banan, ananas, baqlajon yetishtiriladi. Dengiz baliqlari va hayvonlari ovlanadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Italiya, Martinika.

Gvadelupa: ko'p so'raladigan savollar

Gvadelupaning poytaxti qaysi shahar?

Gvadelupaning poytaxti — Bas-Ter.

Gvadelupa qayerda joylashgan?

Gvadelupa — Shimoliy Amerikadagi davlat. Karib dengizidagi Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Gvadelupa oroli va unga yaqin bo‘lgan bir qator orollar (Mari-Galant, Dezirad, Le-Sent, Sen-Bartelmi, Ptit-Ter va Sen-Marten orolining shimoliy qismi)dan tashkil topgan.

Gvadelupada qancha aholi yashaydi?

Gvadelupa aholisi — 378 561 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 227,9 kishi.

Gvadelupaning rasmiy tili qaysi?

Gvadelupaning rasmiy tili — fransuz tili.

Gvadelupaning pul birligi qanday?

Gvadelupaning pul birligi — Yevro (EUR).

Gvadelupa qachon mustaqil bo'lgan?

Gvadelupa Fransiyaning dengizorti departamentida mustaqillikka erishgan.