Gretsiya

Gretsiya Respublikasi

Gretsiya bayrog'i
📍
Poytaxt
Afina
👥
Aholi
10 400 720
🗺️
Maydoni
131 957 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
Gretsiya bayrog'i
Gretsiya bayrog'i

Gretsiya haqida qisqacha

Gretsiya — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Afina. Aholisi — 10,4 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 131 957 km². Pul birligi — Yevro (EUR). Rasmiy tili — grek tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Gretsiya (Yunoniston) Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolining janubiy qismi va Egey, Ioniya hamda o‘rta Yer dengizi orollarida joylashgan davlat. U shimolda Bolgariya va Makedoniya, shimoli g‘arbda Albaniya, shimoli sharqda Turkiya bilan chegaradosh. Janubda o‘rta Yer dengizi, Sharqda Egey dengizi, g‘arbda Ioniya dengizi suvlari Gretsiya sohillarini yuvib turadi. Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos va bir nechta orollar Gretsiya hududining 1/5 qismini tashkil etadi. Hududining 2/3 qismi tog‘li hududlar hisoblanadi. Eng baland nuqtasi Olimp tog‘i, balandligi 2917 m. Asosiy daryolari: Alyakmon, Axelos, Strimon, Nestos. Asosiy qazilma boyliklari: neft, boksit, nikel. O‘rmonlar mamlakat hududining 10-11% ini tashkil etadi. Tog‘lar ignabargli daraxtlar bilan qoplangan.

📖 Tarixi

Bugungi Gretsiya yerlarida m. a. III ming yillikdayoq yuksak rivojlangan madaniyat va sivilizatsiya vujudga kelgan. М.a. XII asrda Gretsiyaga doriylar bostirib kirgan. Peloponess urushlaridan so‘ng (m.a. 431-404-yy.) Bolqon yarimorolida Makedoniyaning roli keskin oshdi. Makedoniya hukmdori Filipp II butun Gretsiya yerlarini o‘ziga bo‘ysundirdi. Uning o‘g‘li Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) Misr va Hindistongacha bo‘lgan yerlarni bosib olib, ulkan imperiyani vujudga keltirdi. М. a. II asrda Gretsiya Rim imperiyasi istibdodiga tushib qoldi. Qadimgi Rim imperiyasi inqirozidan so‘ng, Vizantiya butun Bolqon yarimorolini o‘z nazoratida saqlab qoldi. IX asrda Gretsiyani arablar istilo qilishdi, oradan ko‘p o‘tmay X asrda bolgarlar bosib olishdi. XV asrga kelib Vizantiya inqirozidan so‘ng 1460-yilda Gretsiya Usmonli turklar imperiyasining tarkibiy qismiga aylandi. 1830-yili turklar Gretsiya mustaqilligini tan oldi. 1924-yil Gretsiya Respublika deb e’lon qilindi, 1935-yili esa monarxiya qayta tiklandi. 1941-yil Germaniya Gretsiyani bosib oldi. 1945-yil urush tugaganidan so‘ng, Gretsiyada hukumat qo‘shinlari va kommunistlar o‘rtasida fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Urush 1949-yilgacha davom etdi. 1967-yil 21-aprelda mamlakatda harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. 1973-yil harbiylar monarxiyani bekor qilishdi. 1974-yil harbiylar hokimiyatdan chetlashtirildi. Shu yili o‘tkazilgan referendumda Gretsiya xalqi respublika uchun ovoz berdi. 1975-yil yangi Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi.
Gretsiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan.

📈 Iqtisodiyoti

Turizm Gretsiya iqtisodining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Gretsiya xalq xo‘jaligida sanoatning oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik va metallurgiya tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida asosan qand-lavlagi, tamaki, uzum va kartoshka yetishtiriladi. Mamlakat go‘sht va sut mahsulotlaridan tashqari barcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z-o‘zini ta’minlaydi. 2012-yil YIM miqdori 364,1 mlrd AQSh mln dollarni (aholi jon boshiga – 32,5 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya.

Gretsiya: ko'p so'raladigan savollar

Gretsiyaning poytaxti qaysi shahar?

Gretsiyaning poytaxti — Afina.

Gretsiya qayerda joylashgan?

Gretsiya — Yevropadagi davlat. Gretsiya (Yunoniston) Yevropaning janubi sharqida, Bolqon yarimorolining janubiy qismi va Egey, Ioniya hamda o‘rta Yer dengizi orollarida joylashgan davlat. U shimolda Bolgariya va Makedoniya, shimoli g‘arbda Albaniya, shimoli sharqda Turkiya bilan chegaradosh.

Gretsiyada qancha aholi yashaydi?

Gretsiya aholisi — 10 400 720 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 83,3 kishi.

Gretsiyaning rasmiy tili qaysi?

Gretsiyaning rasmiy tili — grek tili.

Gretsiyaning pul birligi qanday?

Gretsiyaning pul birligi — Yevro (EUR).

Gretsiya qachon mustaqil bo'lgan?

Gretsiya 1821-yil 25-mart e’lon qilingan, 1828-yilda tan olinganda mustaqillikka erishgan.