Gvatemala

Gvatemala Respublikasi

Gvatemala bayrog'i
📍
Poytaxt
Gvatemala
👥
Aholi
18 079 810
🗺️
Maydoni
108 889 km²
💰
Valyuta
Ketsal (GTQ)
Gvatemala bayrog'i
Gvatemala bayrog'i

Gvatemala haqida qisqacha

Gvatemala — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Gvatemala. Aholisi — 18,1 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 108 889 km². Pul birligi — Ketsal (GTQ). Rasmiy tili — ispan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Gvatemala Markaziy Amerika davlati. Shimol va g‘arbda Meksika, sharqda Beliz, janubi sharqda Salvador va Gonduras davlatlari bilan chegaradosh. Janubda Gvatemala Tinch okean bilan tutashgan. Mamlakat shimoli yassi tog‘lardan, markaziy viloyatlari esa tog‘li hududlardan iborat. Eng yirik tog‘ tizmasi - Serra-Madreda bir qancha harakatdagi vulqonlar mavjud. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Taxumulko vulqoni (4220 m). Eng yirik daryosi - Motagua. Gvatemalada qo‘rg‘oshin, nikel, volfram, kumush va neftning unchalik katta bo‘lmagan zaxiralari mavjud. Iqlimi - tropik. Mamlakat hududining yarmi doimo yashil o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘simlik dunyosi o‘ta xilma-xil bo‘lib, dunyoning boshqa joylarida uchramay- digan o‘simliklar Gvatemala o‘rmonlarida mavjud. Hayvonot dunyosi bo‘yicha Gvatemala Markaziy Amerikaning eng boy davlatlaridan biridir. Uning o‘rmonlarida tropik hayvonot dunyosining barcha turlarini uchratish mumkin. Qushlarning 2000 dan oshiq tun mavjud.

📖 Tarixi

Bugungi Gvatemala hududida eramizning II asrida mayyalar imperiyasi tashkil topgan. Imperiyaning gullab-yashnash davri VII-IX asrlarga to‘g‘ri keladi. 1513-yil ispanlar Gvatemala hududlarini kashf qilishdi va bu yerlarda o‘zlarining talonchilik urushlarini olib borishdi. 1821-yil Gvatemala o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, 1847-yilgacha Meksika homiyligi ostida bo‘ldi. 1985-yilda birinchi marta erkin demokratik saylovlar o‘tkazildi va hokimiyat fuqaro hukumati qo‘liga o‘tdi.

📈 Iqtisodiyoti

Gvatemala qoloq agrar mamlakat hisoblanadi. Umumiy milliy mahsulotning 30% ini qishloq xo‘jaligi yetishtirib beradi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: qahva, paxta, shakarqamish va banan. Importga asosan shakar chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Meksika, Yaponiya.

Gvatemala: ko'p so'raladigan savollar

Gvatemalaning poytaxti qaysi shahar?

Gvatemalaning poytaxti — Gvatemala.

Gvatemala qayerda joylashgan?

Gvatemala — Shimoliy Amerikadagi davlat. Gvatemala Markaziy Amerika davlati. Shimol va g‘arbda Meksika, sharqda Beliz, janubi sharqda Salvador va Gonduras davlatlari bilan chegaradosh. Janubda Gvatemala Tinch okean bilan tutashgan. Mamlakat shimoli yassi tog‘lardan, markaziy viloyatlari esa tog‘li hududlardan iborat.

Gvatemalada qancha aholi yashaydi?

Gvatemala aholisi — 18 079 810 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 145,2 kishi.

Gvatemalaning rasmiy tili qaysi?

Gvatemalaning rasmiy tili — ispan tili.

Gvatemalaning pul birligi qanday?

Gvatemalaning pul birligi — Ketsal (GTQ).

Gvatemala qachon mustaqil bo'lgan?

Gvatemala 1821-yil 15-sentabrda mustaqillikka erishgan.