Guam

Guam hududi

Guam bayrog'i
📍
Poytaxt
Xagatna
👥
Aholi
153 836
🗺️
Maydoni
541,3 km²
💰
Valyuta
AQSh dollari (USD)
Guam bayrog'i
Guam bayrog'i

Guam haqida qisqacha

Guam — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Poytaxti — Xagatna. Aholisi — 154 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 541,3 km². Pul birligi — AQSh dollari (USD). Rasmiy tili — ingliz, chamorro tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Guam xuddi shu nom bilan ataladigan Tinch okeanning g‘arbiy qismidagi Marian orollarining eng yirik orolida joylashgan. Orol balandligi 405 metrgacha yetadigan va okeanga yaqinlashgan sari pasayib boradigan marjon qatlamlaridan tashkil topgan yassitog‘likdan iborat. Yassitog‘liklarning relyefi hamma joyda ham tekislikdan iborat bo‘lmay, ba’zi joylarida botiqlar ham bor. Iqlimi - tropik. Orolning florasini asosan pandanus, non daraxtlari hamda mangr daraxtlari tashkil etadi. Sohil bo‘ylarida 20-50 km masofagacha kokos palmalari va turli butalar o‘sadi. Guamning hayvonot dunyosi boy emas. Orolning faunasini sayroqi qushlar tashkil etadi. Sut emizuvchilar yo‘q. Sohilbo‘yidagi suvlarda turli baliqlar ko‘p.

📖 Tarixi

Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Guamni F. Magellan 1521-yilda o‘zining birinchi yer aylana sayohati davrida kashf etadi. 1563-yildan orol Ispaniya mustamlakasi. 1568-yilda Guamda dastlabki missioner iezuitlar o‘rnashadi. Yevropaliklar tomonidan olib kelingan kasalliklar hamda qattiq ekspluatatsiya natijasida mahalliy aholi yuz mingdan (1521-yil) 5 minggacha (1741-yil) qisqaradi. 1898-yilgi Ispan-Amerika urushida orolni AQSh egallab oladi. II jahon urushi davrida Guam Yaponiya tomonidan bosib olinadi (1941). 1944-yilning iyul, avgustida o‘tkazilgan harbiy operatsiya natijasida orol yana AQSh tasarrufiga o‘tadi. AQSh Kongressi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan Guam orolining asosiy qonuniga ko‘ra orolga o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi beriladi. Uning aholisiga AQSh fuqaroligi berilib, ular milliy saylovlarda qatnasha olishmaydi. Hozirgi kunda Guam AQShning Tinch okeandagi strategik harbiy bazasidir. Orolda Apra- Xarbor harbiy dengiz va Andersen aviatsiya bazalari joylashgan.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodining asosini turizm tashkil etadi. Orol iqtisodidagi muhim o‘rinni AQShning harbiy obyektlaridan keladigan daromadlar egallaydi. Orol aholisi mashg‘ul bo‘lgan qishloq xo‘jaligi aholining ehtiyojlarini qoplamaydi. Sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlanmoqda. Aholi olib kelinadigan xomashyoda ishlaydigan oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari hamda turmush elektronikasini yig‘ish korxonalarida band. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eksport: kiyim-kechak, ichimliklar va tamaki mahsulotlari, elektronika. Import: oziq-ovqat, yoqilg‘i (importning 50% atrofida). Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Yaponiya, Tayvan.

Guam: ko'p so'raladigan savollar

Guamning poytaxti qaysi shahar?

Guamning poytaxti — Xagatna.

Guam qayerda joylashgan?

Guam — Avstraliya va Okeaniyadagi davlat. Guam xuddi shu nom bilan ataladigan Tinch okeanning g‘arbiy qismidagi Marian orollarining eng yirik orolida joylashgan. Orol balandligi 405 metrgacha yetadigan va okeanga yaqinlashgan sari pasayib boradigan marjon qatlamlaridan tashkil topgan yassitog‘likdan iborat.

Guamda qancha aholi yashaydi?

Guam aholisi — 153 836 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 369,5 kishi.

Guamning rasmiy tili qaysi?

Guamning rasmiy tili — ingliz, chamorro tillari.

Guamning pul birligi qanday?

Guamning pul birligi — AQSh dollari (USD).

Guam qachon mustaqil bo'lgan?

Guam AQShga qaram davlatda mustaqillikka erishgan.