Gayana

Gayana

Gayana bayrog'i
📍
Poytaxt
Jorjtaun
👥
Aholi
772 975
🗺️
Maydoni
214 970 km²
💰
Valyuta
Gayana dollari (GYD)
Gayana bayrog'i
Gayana bayrog'i

Gayana haqida qisqacha

Gayana — Janubiy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Jorjtaun. Aholisi — 773 ming kishi (2013-yil). Maydoni — 214 970 km². Pul birligi — Gayana dollari (GYD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Janubiy Amerikaning shimoliy qismida joylashgan davlat bo‘lib, janubda va g‘arbda Braziliya, shimoliy g‘arbda Venesuela va sharqda Surinam davlatlari bilan chegaradosh. Shimolda Gayana Atlantika okeani bilan tutashgan. Markaziy va janubiy hududlarini Gvian yassitog‘liklari egallagan. Eng baland cho‘qqisi Rorayma (2772 m). Mamlakat zamini boksit, oltin, olmos kabi tabiiy boyliklarga boy. Iqlimi - subekvatorial. O‘simlik dunyosi o‘ta xilma-xil. Gayana hududida dunyoning boshqa joylarida kam uchraydigan qizil daraxt va temir daraxti o‘sadi. Hayvonot dunyosi bo‘yicha Gayana dunyoning eng boy davlatidan biri desa bo‘ladi. Uning hududida dunyoning boshqa hududlarida o‘ta noyob hisoblangan 100 dan oshiq jonzot turlari mavjud. Timsoh va maymunlaming eng noyob turlarini Gayanada uchratish mumkin.

📖 Tarixi

Tub aholisi hindular hisoblangan Gayana XVII asrga kelib Gollandiya istibdodiga tushib qoldi. 1914-yilda Buyuk Britaniya mulkiga aylandi. 1931-yildan butunlay Britaniya mustamlakasiga aylantirildi. II jahon urushidan keyin mustamlakalarda yuzaga kelgan o‘zgarishlar tufayli, 1953-yilda Buyuk Britaniya Gayanaga o‘z-o‘zini boshqarish huquqini berdi. 1966-yilda esa uning mustaqilligini tan oldi.

📈 Iqtisodiyoti

Gayana aholisi ishlab chiqarishdan tushadigan daromadi bo‘yicha dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biri. Elektroenergetika sohasining sust rivojlanganligi va elektr quvvatining yetishmasligi xalq xo‘jaligining rivojlanishiga juda katta to‘siq boimoqda. Sanoatning asosiy sohasi - tog‘-kon sanoati hisoblanadi. Gayana agrar davlat bo‘lganligi sababli, mamlakat xalq xo‘jaligi hayotida qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligida asosan shakarqamish va sholi yetishtiriladi, bundan tashqari banan, qahva va sitrus mevalari yetishtirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya.

Gayana: ko'p so'raladigan savollar

Gayananing poytaxti qaysi shahar?

Gayananing poytaxti — Jorjtaun.

Gayana qayerda joylashgan?

Gayana — Janubiy Amerikadagi davlat. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida joylashgan davlat bo‘lib, janubda va g‘arbda Braziliya, shimoliy g‘arbda Venesuela va sharqda Surinam davlatlari bilan chegaradosh. Shimolda Gayana Atlantika okeani bilan tutashgan.

Gayanada qancha aholi yashaydi?

Gayana aholisi — 772 975 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 3,5 kishi.

Gayananing rasmiy tili qaysi?

Gayananing rasmiy tili — ingliz tili.

Gayananing pul birligi qanday?

Gayananing pul birligi — Gayana dollari (GYD).

Gayana qachon mustaqil bo'lgan?

Gayana 1966-yil 26-mayda mustaqillikka erishgan.