Isroil

Isroil davlati

Isroil bayrog'i
📍
Poytaxt
Ierusalim, Tel-Aviv
👥
Aholi
10 134 800
🗺️
Maydoni
20 770 km²
💰
Valyuta
Shekel (ILS)
Isroil bayrog'i
Isroil bayrog'i

Isroil haqida qisqacha

Isroil — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Ierusalim, Tel-Aviv. Aholisi — 10,1 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 20 770 km². Pul birligi — Shekel (ILS). Rasmiy tili — ivrit, arab tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Isroil davlati Janubi-g‘arbiy Osiyoda joylashgan. Sharqda Iordaniya, shimolda Livan, shimoli sharqda Suriya, janubi g‘arbda Misr, sharqda va janubi g‘arbda Falastin bilan chegaradosh. Bu davlatni bir necha qismga shartli ravishda ajratish mumkin. Galiley yassitog‘ligi, Meron tog‘i (1208 m), Esdraelon vodiysi, Samariy va Yahudiy tepaliklari (yassitog‘), Negev cho‘li va qirg‘oq tekisliklari. Mamlakatning asosiy daryosi - Iordan. Foydali qazilmalaridan mis, fosfor, oltingugurt, marganes, kam miqdordagi neft va gaz zaxirasi ham bor. Ekin ekiladigan yer mamlakat maydonining 17%, yaylov maydoni esa 40% ni tashkil etadi.

📖 Tarixi

1948-yil 18-mayda yahudiylar tomonidan hozirgi Isroil davlati tashkil etildi. Ushbu davlat jahonning ko‘pgina davlatlari tomonidan darhol tan olindi, lekin bu davlatning tashkil topishi qo‘shni davlatlarda norozilikni keltirib chiqardi. Oqibatda 1947-1948-yillardagi birinchi arab-isroil ziddiyati yuzaga keldi. Urushda Isroil yangi hududlarni qo‘lga kiritib, g‘olib chiqdi. 1956-yilda Suvaysh kanalining davlat tasarrufiga o‘tkazilishi va Misrning arab davlatlari bilan shartnoma tuzishi natijasida Isroil Misrga qarshi urush boshladi va bu urush Isroil qo‘shinlarining Sinay yarimorolidan chiqib ketishi bilan yakunlandi. 1967-yilning iyunida Isroil Misr, Suriya va Iordaniyaga qarshi urush boshlab, Sinay yarimoroli, g‘azo sektori, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi yerlar, Quddusning arablar yashaydigan qismi, Jo‘lan tepaliklarini qo‘lga kiritdi. 1973-yil oktabrda Misr va Suriya Isroilga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Isroil Sinay yarimorolidan ajraldi. 1979-yil martda Kemp-Devid bitimi (1978-yil sentabr, AQSh) asosida Misr va Isroil o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi. 1982-yilning iyunida Isroil Livanga bostirib kirdi va Bayrutni bombardimon qildi. 1982-yil Rabin boshchiligidagi leyboristlar hukumat tepasiga kelgach tinchlikni yo‘lga qo‘yish jarayoni boshlandi. 1993-yilda Isroil hukumati va Falastin Ozodlik tashkiloti o‘rtasida Falastin avtonomiyasini nazarda tutgan tinchlik shartnomasi imzolandi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodni boshqarishda davlat asosiy rol o‘ynaydi. Tabiiy resurslarining chegaralanganligiga qaramasdan, keyingi o‘n yilliklarda Isroilda qishloq xo‘jaligi va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Sanoat tarmoqlaridan olmoslarni qirralash, to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, harbiy va transport jihozlarini ishlab chiqarish, yuqori texnologiyali elektronika kabilar mavjud. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yalpi ichki mahsulotning 3% ini tashkil etadi. Sitrus mevalar, sabzavotlar, paxta, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Eksportning asosiy qismini olmos tashkil etadi. Shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, yuqori texnologiyali jihozlar eksport qilinadi. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi 600 km. Avtomobil yo‘llari - 4750 km. Asosiy portlari - Eylat, Xayfa. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, YI mamlakatlari, Yaponiya.

Isroil: ko'p so'raladigan savollar

Isroilning poytaxti qaysi shahar?

Isroilning poytaxti — Ierusalim, Tel-Aviv.

Isroil qayerda joylashgan?

Isroil — Osiyodagi davlat. Isroil davlati Janubi-g‘arbiy Osiyoda joylashgan. Sharqda Iordaniya, shimolda Livan, shimoli sharqda Suriya, janubi g‘arbda Misr, sharqda va janubi g‘arbda Falastin bilan chegaradosh. Bu davlatni bir necha qismga shartli ravishda ajratish mumkin.

Isroilda qancha aholi yashaydi?

Isroil aholisi — 10 134 800 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 399,4 kishi.

Isroilning rasmiy tili qaysi?

Isroilning rasmiy tili — ivrit, arab tillari.

Isroilning pul birligi qanday?

Isroilning pul birligi — Shekel (ILS).

Isroil qachon mustaqil bo'lgan?

Isroil 1948-yil 14-mayda mustaqillikka erishgan.