Yaponiya

Yaponiya davlati

Bayroq
Poytaxt

Tokio

Aholi

127 020 000

Maydoni

377 944 km²

Valyuta

Iyena (JPY)

Tarixi

M.a. 660-yilda imperator Dzimmu dastlabki davlatga asos soladi. Bir necha asrlar mobaynida Yaponiya Xitoy va Koreya madaniyati ta’siri ostida qolgan. Aynan shu davlatlardan VI asrda Yaponiyaga buddaviylik dini kirib keladi. 522-yilda Yamato sulolasi hokimiyatga keladi va Nara shahrini poytaxt deb e’lon qilib, Xitoy ma’muriy boshqaruv tizimini Yaponiyada joriy etishadi. 794-yildan Xeyan davri boshlanib, poytaxti Kiotoga ko‘chiriladi. IX asrda yapon yozuvi shakllanadi. XI asrdan rasman hukmdor bo‘lib, amalda hokimiyat syogun qo‘liga o‘tadi. Mamlakat poytaxti Kamakuraga ko‘chiriladi. Samuraylar mamlakatda dzen-buddizmning tarqalishiga o‘z hissalarini qo‘shishadi. 1274- va 1281-yillarda yaponlar mo‘g‘ullar hujumini qaytarishadi. O‘zaro urushlardan so‘ng 1615-yilda Tokugava syogunati boshlanadi. XVII asrda Yaponiyada yevropaliklar - avval portugallar, keyinroq gollandlar paydo bo‘ladi. Shunga qaramay Yaponiya XIX asrning o‘rtalarigacha chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan. 1867- yilda Tokugava sulolasining so‘nggi syoguni Esinobu hokimiyatni imperator Mukixotoga topshiradi. Poytaxt Edu (Tokio)ga ko‘chiriladi. Yaponiya kuchli davlatga aylangach, 1894-yilda Tayvanni, 1905-yilda Rossiyani Susima jangida mag‘lub etib Port-Artur va Janubiy Saxalinni egallab oladi. 1910-yilda Koreyani, ikkala jahon urushlari oralig‘ida Tinch okeanidagi qator orol- larni bosib oladi. 1931-yilda yapon qo‘shinlari Manchjuriyaga bostirib kiradi, 1937-yilda Xitoyning qolgan hududlariga bosqinchilik boshlanadi. Ikkinchi jahon urushiga Yaponiya 1941-yilning 7 dekabrida AQShning Pyorl-Xarbor harbiy bazasiga hujum qilish bilan kiradi. Urush davrida Yaponiya Angliya va Fransiyaning Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mustamlakalarini bosib oladi. Ittifoqchi qo‘shinlaming hujumi, Xirosima va Nagasakiga atom bombalarining tashlanishi natijasida Yaponiya 1945-yilning 2-sentabrida taslim bo‘lganini e’lon qiladi. O‘z mustamlakalarini yo‘qotganligi va urushdan og‘ir ahvolda chiqqanligiga qaramay, siyosiy hayotning demokratlashtirilishi va jadal texnologik taraqqiyot oqibatida Yaponiya iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hamda eng boy davlatlardan biriga aylandi.

Iqtisodiyoti

Iqtisodiy qudrati jihatidan jahonda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Iqtisodining asosiy tarmog‘i bo‘lgan sanoat, xomashyo va yonilg‘i importiga qaram. Yuksak texnologiyalarga asoslangan aloqa informatika vositalarini ishlab chiqarish, biotexnologiya tarmoqlari taraqqiy etmoqda. Yaponiya kema, avtomobil, traktor, metallga ishlov beruvchi uskunalar, turmush elektronikasi, robotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiya jahonda ishlab chiqariladigan rangli televizorlarning 60% ini, po‘latning 14,3% ini, sun’iy tolalaming 12,3% ini ishlab chiqaradi. Qishloq xo‘jaligining YIMdagi ulushi - 2,2%. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import qilinadi. Jahonda ovlanadigan baliqning 15% i yapon baliqchilik flotiga tegishhdir. Asosiy savdo sheriklari: Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari, AQSh, g‘arbiy Yevropa davlatlari, Xitoy. Temiryollarining umumiy uzunligi - 27327 km, avtomobil yo‘llari - 1111974 km (4400 km tezyurar yo‘llar, 46805 km - davlat yo‘llari, 128539 km - prefektura yo‘llari), ichki suv yo‘llari - 1770 km. Asosiy portlari:Muroran, Kitakuysyu, Kobe, Osaka, Tokio, Yokogama, Kavasaki, Kagosila, Nagoya, Nagasaki.

Qazilma boyliklari va Interaktiv Xarita