Sent-Kits va Nevis

Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

Sent-Kits va Nevis bayrog'i
📍
Poytaxt
Baster
👥
Aholi
51 320
🗺️
Maydoni
261 km²
💰
Valyuta
Sharqiy Karib dollari (XCD)
Sent-Kits va Nevis bayrog'i
Sent-Kits va Nevis bayrog'i

Sent-Kits va Nevis haqida qisqacha

Sent-Kits va Nevis — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Baster. Aholisi — 51 ming kishi (2014-yil). Maydoni — 261 km². Pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Karib havzasidagi ikki orolda (Sent-Kitts va Nevis) joylashgan davlat. Shamolli orollar guruhiga kiradi. Qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi - 135 km. Ichki qoyali qismga ega orollar vulqon oqibatida paydo bo‘lgan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi - Mizeri tog‘i (1155 m) Sent-Kitts orolida joylashgan. Iqlimi - tropik, mo‘tadil issiq. Orollaming o‘rmon bilan qoplangan tog‘lari juda ko‘rkam.

📖 Tarixi

1493-yili Kolumb kashf etgan bu orollar Ispaniya mustamlakasiga aylandi. XVII asming boshlarida esa Buyuk Britaniya qoi ostiga o‘tdi. XVII-XVIII asrlarda orollar Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida talash bo‘ldi, biroq 1783-yili Parij shartnomasi Buyuk Britaniyaning Sent-Kitts va Nevisga bo‘lgan huquqini tasdiqladi. Britaniya hamdo‘stligi doirasida 1967-yili muxtoriyatni qo‘lga kiritgan orollar 1983-yilning sentabrida mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodiyoti an’anaviy tarzda shakarqamish yetishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq (shakar - asosiy eksport mahsuloti). Boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari: sholi, yams, banan. So‘nggi yillarda turizm tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, KARIKOM mamlakatlari, Buyuk Britaniya. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 300 km. Asosiy portlari: Baster (Sent-Kitts), Charlstaun (Nevis).

Sent-Kits va Nevis: ko'p so'raladigan savollar

Sent-Kits va Nevisning poytaxti qaysi shahar?

Sent-Kits va Nevisning poytaxti — Baster.

Sent-Kits va Nevis qayerda joylashgan?

Sent-Kits va Nevis — Shimoliy Amerikadagi davlat. Karib havzasidagi ikki orolda (Sent-Kitts va Nevis) joylashgan davlat. Shamolli orollar guruhiga kiradi. Qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi - 135 km. Ichki qoyali qismga ega orollar vulqon oqibatida paydo bo‘lgan.

Sent-Kits va Nevisda qancha aholi yashaydi?

Sent-Kits va Nevis aholisi — 51 320 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 197,3 kishi.

Sent-Kits va Nevisning rasmiy tili qaysi?

Sent-Kits va Nevisning rasmiy tili — ingliz tili.

Sent-Kits va Nevisning pul birligi qanday?

Sent-Kits va Nevisning pul birligi — Sharqiy Karib dollari (XCD).

Sent-Kits va Nevis qachon mustaqil bo'lgan?

Sent-Kits va Nevis 1983-yil 19-sentabrda mustaqillikka erishgan.