Janubiy Koreya

Koreya Respublikasi

Janubiy Koreya bayrog'i
📍
Poytaxt
Seul
👥
Aholi
51 159 889
🗺️
Maydoni
100 210 km²
💰
Valyuta
Janubiy Koreya voni (KRW)
Janubiy Koreya bayrog'i
Janubiy Koreya bayrog'i

Janubiy Koreya haqida qisqacha

Janubiy Koreya — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Seul. Aholisi — 51,2 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 100 210 km². Pul birligi — Janubiy Koreya voni (KRW). Rasmiy tili — koreys tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Sharqiy Osiyoda, Koreya yarimorolining janubidagi davlat. Shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh (chegaraning uzunligi 238 km). Janubiy Koreya g‘arbda Sariq dengiz, Sharqda Yapon dengizi bilan tutashib ketgan. Janubi sharqda mamlakatni Yaponiyadan Koreys bo‘g‘ozi ajratib turadi. Sohilining uzunligi - 2413 km. Mamlakat relyefi asosan qir va tog‘lardan iborat. Asosiy tog‘ tizmasi sharqiy sohilga parallel joylashgan Sharqiy Koreya tog‘laridir. Mamlakatning eng baland nuqtasi Chejuda orolida joylashgan Xala-san tog‘i hisoblanadi. Janubiy va g‘arbiy sohillar tekisliklardan iborat. Asosiy daryolari - Nextongan va Xangan. Asosiy qazilma boyliklari: volfram, temir, marganes, mis, oltin, kumush. Haydaladigan yerlar hududning 21% ini egallaydi. Iqlimi - mo‘tadil musson. Eman, bambuk, archa, qarag‘ay, terak, qayrag‘och, oqqarag‘ay o‘sadi. Hayvonot olamida yo‘lbars, qoplon, silovsin, ayiqni uchratish mumkin.

📖 Tarixi

M. a. II-I asrlarda hozirgi Koreya hududi Xitoy mustamlakasi bo‘lgan. M. a. 37-yilda Koreya yarimorolining shimoliy qismida Kogur davlati vujudga keladi. Janubiy qismi esa Pekchi va Silla qirolliklariga bo‘linadi. X asrning oxirida koreys davlati Koryo sulolasi hokimiyati ostida birlashtiriladi. 1321-yilda Koreyani mo‘g‘ullar bosib olishadi. Li sulolasi hukmronligi davrida (1392-1910) mamlakatga yaponlar (XVI asr) va manchjurlar (XVIII asr) bostirib kirishadi, XIX asrda esa Koreya Xitoy, Yaponiya, Rossiya o‘rtasidagi mojaroli hududga aylanadi. 1910-yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Koreya, yaponlarga qarshi kurashni 1938-yilda boshlaydi va 1943-yilda mustaqillikka erishadi. Lekin 38-parallel bo‘ylab mamlakat ikki qismga - sovet va amerika qo‘shinlarining okkupatsion hududlariga aylanadi. 1948-yilda Koreya ikki davlatga - shimolda KXDR, janubda Koreya Respublikasiga bo‘linadi. 1950-1953-yillarda ikki koreys davlati o‘rtasida urush harakatlari sodir bo‘ladi. Janubiy Koreya 1965-1972-yillarda Vyetnam bilan bo‘lgan harbiy voqealarga aralashadi. 1980-yilda general Chon Du Xvan mamlakatda o‘z diktaturasini o‘rnatadi. 1988-yilda diktatura tugatilib, birinchi demokratik saylovlarda Ro De U prezidentlikka saylanadi. Prezidentlikdan ketgandan so‘ng Ro De U va uning maslakdoshlari korrupsiya va moliyaviy tovlamachilikda ayblanadilar. XXI asr boshlarida Koreya Respublikasida iqtisodiy inqiroz vujudga keldi.

📈 Iqtisodiyoti

Janubiy Koreyaning so‘nggi o‘n yillikdagi iqtisodiy o‘sishi jahondagi yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Sanoati elektrotexnika, to‘qimachilik, oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Asosiy qishloq xo‘jaligi (YIMning 11% ini) mahsulotlari - sholi, arpa, batat, soya. O‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik ham rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 6763 km, avtomobil yo‘llari - 63200 km, ichki suv yo‘llari - 1609 km. Asosiy portlari: Pusan, Mokpxo.

Janubiy Koreya: ko'p so'raladigan savollar

Janubiy Koreyaning poytaxti qaysi shahar?

Janubiy Koreyaning poytaxti — Seul.

Janubiy Koreya qayerda joylashgan?

Janubiy Koreya — Osiyodagi davlat. Sharqiy Osiyoda, Koreya yarimorolining janubidagi davlat. Shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh (chegaraning uzunligi 238 km). Janubiy Koreya g‘arbda Sariq dengiz, Sharqda Yapon dengizi bilan tutashib ketgan.

Janubiy Koreyada qancha aholi yashaydi?

Janubiy Koreya aholisi — 51 159 889 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 503,2 kishi.

Janubiy Koreyaning rasmiy tili qaysi?

Janubiy Koreyaning rasmiy tili — koreys tili.

Janubiy Koreyaning pul birligi qanday?

Janubiy Koreyaning pul birligi — Janubiy Koreya voni (KRW).

Janubiy Koreya qachon mustaqil bo'lgan?

Janubiy Koreya 1948-yil 15-avgustda mustaqillikka erishgan.