Quvayt

Quvayt davlati

Quvayt bayrog'i
📍
Poytaxt
Al-Quvayt
👥
Aholi
4 881 254
🗺️
Maydoni
17 820 km²
💰
Valyuta
Quvayt dinori (KWD)
Quvayt bayrog'i
Quvayt bayrog'i

Quvayt haqida qisqacha

Quvayt — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Al-Quvayt. Aholisi — 4,9 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 17 820 km². Pul birligi — Quvayt dinori (KWD). Rasmiy tili — arab tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Osiyo qit’asining janubi g‘arbiy qismidagi davlat. Janubda Saudiya Arabistoni (222 km), shimolda va shimoli g‘arbda Iroq (242 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 499 km. Hududining katta qismi cho‘lli pasttekisliklardan iborat. Asosiy tabiiy resurslari: neft, tabiiy gaz. Iqlimi - yilning katta qismida issiq havo hukmronlik qiladi.

📖 Tarixi

VII asrdan Quvayt arab xalifaligi tarkibiga, XVI asrdan boshlab Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. 1756-yilda avtonomiya maqomini olgan Quvayt amirligi 1899-yil Britaniya protektoratiga aylandi. 1961-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritadi. 1990-yil mamlakat Iroq tomonidan bosib olinadi va Iroqning 19-provinsiyasi deb e’lon qilinadi. 1991-yil yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan ittifoqchilar qo‘shinlari Quvaytni ozod qilish harakatini boshlaydi va bu harakat fevralda muvaffaqiyatli yakunlanadi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodining asosini neft qazib olish va neftni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSh, Italiya, Yaponiya. Temiryo‘llari yo‘q. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 4270 km. Muhim portlari: Mina-Saud, Mina-Abdulloh, Mina-al-Ahmadi.

Quvayt: ko'p so'raladigan savollar

Quvaytning poytaxti qaysi shahar?

Quvaytning poytaxti — Al-Quvayt.

Quvayt qayerda joylashgan?

Quvayt — Osiyodagi davlat. Osiyo qit’asining janubi g‘arbiy qismidagi davlat. Janubda Saudiya Arabistoni (222 km), shimolda va shimoli g‘arbda Iroq (242 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 499 km. Hududining katta qismi cho‘lli pasttekisliklardan iborat.

Quvaytda qancha aholi yashaydi?

Quvayt aholisi — 4 881 254 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 226,7 kishi.

Quvaytning rasmiy tili qaysi?

Quvaytning rasmiy tili — arab tili.

Quvaytning pul birligi qanday?

Quvaytning pul birligi — Quvayt dinori (KWD).

Quvayt qachon mustaqil bo'lgan?

Quvayt 1961-yil 19-iyunda mustaqillikka erishgan.