Kayman orollari

Kayman orollari

Kayman orollari bayrog'i
📍
Poytaxt
Jorjtaun
👥
Aholi
84 738
🗺️
Maydoni
264 km²
💰
Valyuta
Kayman orollari dollari (KYD)
Kayman orollari bayrog'i
Kayman orollari bayrog'i

Kayman orollari haqida qisqacha

Kayman orollari — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Jorjtaun. Aholisi — 85 ming kishi (2012-yil). Maydoni — 264 km². Pul birligi — Kayman orollari dollari (KYD). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Katta Kayman, Kichik Kayman, Kayman-Brok orollari Yamayka orolining shimoli g‘arbida Karib dengizida, Markaziy va Janubiy Amerika o‘rtasida joylashgan. Iqlimi - tropik passatli. Qimmatbaho daraxtlardan iborat o‘rmonzorlar mavjud. Faunasi asosan dengiz hayvonlaridan iborat (akula, toshbaqa, omar va h.k).

📖 Tarixi

1503-yili X.Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1670-yilda Ispaniya orollarni Angliyaga topshirdi. Kayman orollariga Yamaykadan aholi ko‘chib kela boshlagan. 1863-1962-yillarda orollar rasman Yamayka tarkibida bo‘lgan. Amaldagi konstitutsiya 1972-yilda qabul qilingan.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyot asosini turizm tashkil etadi. Moliya va bank sektorlaridan orollar ma’muriyati 40% daromad oladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash kabi korxonalar ham mavjud. Baliqchilik rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Kosta-Rika. Yirik porti - Jorjtaun. Ikkita xalqaro aeroport - Ouen-Roberte va Jerard-Smit mavjud.

Kayman orollari: ko'p so'raladigan savollar

Kayman orollarining poytaxti qaysi shahar?

Kayman orollarining poytaxti — Jorjtaun.

Kayman orollari qayerda joylashgan?

Kayman orollari — Shimoliy Amerikadagi davlat. Katta Kayman, Kichik Kayman, Kayman-Brok orollari Yamayka orolining shimoli g‘arbida Karib dengizida, Markaziy va Janubiy Amerika o‘rtasida joylashgan. Iqlimi - tropik passatli. Qimmatbaho daraxtlardan iborat o‘rmonzorlar mavjud.

Kayman orollarida qancha aholi yashaydi?

Kayman orollari aholisi — 84 738 kishi (2012-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 113,6 kishi.

Kayman orollarining rasmiy tili qaysi?

Kayman orollarining rasmiy tili — ingliz tili.

Kayman orollarining pul birligi qanday?

Kayman orollarining pul birligi — Kayman orollari dollari (KYD).

Kayman orollari qachon mustaqil bo'lgan?

Kayman orollari Buyuk Britaniyaga qaram hududda mustaqillikka erishgan.