Qozog’iston

Qozog’iston Respublikasi

Qozog’iston bayrog'i
📍
Poytaxt
Ostana
👥
Aholi
20 426 568
🗺️
Maydoni
2 724 900 km²
💰
Valyuta
Tenge (KZT)
Qozog’iston bayrog'i
Qozog’iston bayrog'i

Qozog’iston haqida qisqacha

Qozog’iston — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Ostana. Aholisi — 20,4 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 2 724 900 km². Pul birligi — Tenge (KZT). Rasmiy tili — qozoq tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda Rossiya (6846 km), janubda O‘zbekiston (2203 km), Qirg‘iziston (1051 km) va Turkmaniston (379 km), sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Qozog‘istonning g‘arbiy qismi Kaspiy dengizi, janubda Orol dengizi bilan tutash. Umumiy chegara uzunligi - 12012 km. Mamlakat hududi sharqda Oltoydan g‘arbda Volganing quyi qismigacha, shimolda g‘arbiy Sibir tekisligidan janubda Tyan-Shan togiarigacha cho‘zilgan. G‘arbda Kaspiybo‘yi pasttekisligi va Mang‘ishloq yarimoroli joylashgan. Shimoli g‘arbda Ural va Mug‘ojar tizma tog‘larining janubiy tarmoqlari yotibdi. Mug‘ojardan shimoli sharqda To‘rg‘ay yassitog‘ligi, janubda Turon pasttekisligi va Qizilqum cho‘li joylashgan. Sharqda va janubi sharqda Oltoyning janubiy tizmalari qad ko‘targan. Janubda Betpak-Dala va Muyunqum cho‘llari bor. Asosiy daryolari - Irtish, Ural, Chu, Sirdaryo. Qozog‘iston hududida Balxash ko‘li va qisman Orol va Kaspiy dengizi joylashgan. Yerosti boyliklari ko‘plab foydali qazilmalarga boy: uran, rux, oltin, mis, molibden, neft, fosforit, boksit, temir, marganes, qo‘rg‘oshin.

📖 Tarixi

Hozirgi Qozog‘iston hududida turkiy qabilalar VI-VIII asrlarda Turk xoqonligi, IX-XII asrlarda Qoroxoniylar podsholigi hukmronligida yashaganlar. XIII asrda mo‘g‘ullar bosqinidan keyin Qozog‘iston Mo‘g‘ul imperiyasi tarkibiga kiritiladi. XIX asrda mamlakatni mustamlakaga aylantirish uchun harakat faollashadi, hozirgi Olma-Ota, Astana qal’alari barpo etiladi. 1886-yil Qozog‘istonning butun hududi Rossiyaning Turkiston provinsiyasiyaga kiritiladi. 1917-yil noyabrda Ali Xon Bukey Qozog‘istonni mustaqil davlat deb e’lon qiladi va milliy davlatga asos soladi. Lekin 1919-yilda Qizil Armiya mamlakatni bosib olib, 1920-yilda Sovet avtonom respublikasi, 1936-yildan boshlab Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qilinadi. 1991-yil SSSR tarqalganidan keyin Qozog‘iston mustaqil davlatga aylanadi.

📈 Iqtisodiyoti

SSSR tarqalib ketganidan keyin Qozog‘istonda ishlab chiqarishning inqirozga yuz tutishi kuzatiladi. Lekin xomashyo zaxiralariga boyligi va ishlab chiqarish bazasiga ega ekanligi Qozog‘iston iqtisodiyotining boshqa MDH davlatlariga nisbatan yaxshiroq ahvolda bo‘lishiga yordam berdi. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlari: rangli va qora metallurgiya, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, neftni qayta ishlash sanoati. Qozog‘iston ko‘p miqdorda jun, paxta, kartoshka, g‘alla yetishtiradi. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Xitoy. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 14460 km, avtomobil yo‘llari - 189000 km.

Qozog’iston: ko'p so'raladigan savollar

Qozog’istonning poytaxti qaysi shahar?

Qozog’istonning poytaxti — Ostana.

Qozog’iston qayerda joylashgan?

Qozog’iston — Osiyodagi davlat. Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda Rossiya (6846 km), janubda O‘zbekiston (2203 km), Qirg‘iziston (1051 km) va Turkmaniston (379 km), sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Qozog‘istonning g‘arbiy qismi Kaspiy dengizi, janubda Orol dengizi bilan tutash.

Qozog’istonda qancha aholi yashaydi?

Qozog’iston aholisi — 20 426 568 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 6,4 kishi.

Qozog’istonning rasmiy tili qaysi?

Qozog’istonning rasmiy tili — qozoq tili.

Qozog’istonning pul birligi qanday?

Qozog’istonning pul birligi — Tenge (KZT).

Qozog’iston qachon mustaqil bo'lgan?

Qozog’iston 1991-yil 16-dekabrda mustaqillikka erishgan.