Lyuksemburg

Buyuk Lyuksemburg Gersogligi

Lyuksemburg bayrog'i
📍
Poytaxt
Lyuksemburg
👥
Aholi
681 973
🗺️
Maydoni
2 586 km²
💰
Valyuta
Yevro (EUR)
Lyuksemburg bayrog'i
Lyuksemburg bayrog'i

Lyuksemburg haqida qisqacha

Lyuksemburg — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Lyuksemburg. Aholisi — 682 ming kishi (2014-yil). Maydoni — 2 586 km². Pul birligi — Yevro (EUR). Rasmiy tili — lyuksemburg, fransuz va nemis tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

g‘arbiy Yevropada joylashgan (Gollandiya va Belgiya bilan birga Benilyuks guruhiga kiradi). G‘arbi va shimoli Belgiya bilan (148 km). Janubi Fransiya bilan (73 km), sharqi Germaniya bilan (138 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 359 km. Shimolida Ardenn tog‘ tizmasi joylashgan bo‘lib, uning yuqori nuqtasi Burgplats tog‘idagi Lyuksemburg cho‘qqisi (balandligi 559 m)dir. Qolgan hududlar tepalikli tekisliklardan (Gutland) iborat. Asosiy daryosi - Mozel va uning irmog‘i - Zauer. Mamlakat boy temir rudasi konlariga ega. Iqlimi - mo‘tadil, kontinental.

📖 Tarixi

М. a. I asrda hozirgi Lyuksemburg hududiga keltlarning trever qabilasi kelib joylashgan bo‘lib, Lotaringiyadagi Buyuk Karl imperiyasining Belgiya provinsiyasi tarkibiga kirgan edi. Lyuksemburg gersogligiga 1354-yili asos solingan. Gersoglik dastlab Burgundlar, keyin Gabsburglar mulki bo‘ldi, keyinroq Niderlandiya, Fransiyaning tarkibiga kirdi. 1815-yil Vena kongressining qaroriga ko‘ra Germaniyaga berilgan Lyuksemburg Buyuk gersoglikka aylandi va Gollandiya qiroli Giyon I ga sovg‘a qilindi. 1839-yili gersoglikning hozirgi chegaralari o‘rnatildi, 1867-yilda esa London konferensiyasi Lyuksemburgning suverenitetini belgiladi va betaraf davlat deb e’lon qilindi. Shunga qaramasdan Lyuksemburg hududi nemis qo‘shinlari tomonidan Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida okkupatsiya qilindi. 1946-yili Lyuksemburg Buyuk gersogligi Gollandiya va Belgiya bilan bojxona ittifoqiga kirdi (Benilyuks).

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodiyoti inflyatsiyaning pastligi va ishsizlikning amalda yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, oyna va aluminiy ishlab chiqarish. Oxirgi o‘n yillikda bank sektori faol rivojlanmoqda. Qishloq xo‘jaligi oilaviy fermerlar ishlab chiqarishiga asoslangan bo‘lib, ular yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Lyuksemburg savdo va moliya masalalarida iqtisodiy ittifoq tuzgan, shuningdek, Niderlandiya bilan iqtisodiy aloqalarda uzviy bog‘langan. 2012-yil YIM miqdori 2,1 mlrd dollarni (aholi jon boshiga – 41,3 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSh. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 271 km (243 km elektrlashtirilgan, avtomobil yo‘llari - 5108 km (5000 km - qattiq qoplamali). Daryo porti - Mertert.

Lyuksemburg: ko'p so'raladigan savollar

Lyuksemburgning poytaxti qaysi shahar?

Lyuksemburgning poytaxti — Lyuksemburg.

Lyuksemburg qayerda joylashgan?

Lyuksemburg — Yevropadagi davlat. g‘arbiy Yevropada joylashgan (Gollandiya va Belgiya bilan birga Benilyuks guruhiga kiradi). G‘arbi va shimoli Belgiya bilan (148 km). Janubi Fransiya bilan (73 km), sharqi Germaniya bilan (138 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 359 km.

Lyuksemburgda qancha aholi yashaydi?

Lyuksemburg aholisi — 681 973 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 212,6 kishi.

Lyuksemburgning rasmiy tili qaysi?

Lyuksemburgning rasmiy tili — lyuksemburg, fransuz va nemis tillari.

Lyuksemburgning pul birligi qanday?

Lyuksemburgning pul birligi — Yevro (EUR).

Lyuksemburg qachon mustaqil bo'lgan?

Lyuksemburg 1835-yil e’lon qilingan, 1867-yil 11-mayda tan olinganda mustaqillikka erishgan.