Latviya

Latviya Respublikasi

Latviya bayrog'i
📍
Poytaxt
Riga
👥
Aholi
1 829 000
🗺️
Maydoni
64 589 km²
💰
Valyuta
Latviya lati (LVL)
Latviya bayrog'i
Latviya bayrog'i

Latviya haqida qisqacha

Latviya — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Riga. Aholisi — 1,8 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 64 589 km². Pul birligi — Latviya lati (LVL). Rasmiy tili — latish tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Boltiq dengizi qirg‘og‘ida joylashgan. Janubda Litva (453 km) va Belarus (141 km), sharqda Rossiya (217 km), shimolda Estoniya (267 km) bilan chegaradosh. G‘arbiy chegaralari Baltika dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 1078 km. Hududining katta qismi pasttekisliklardan iborat. G‘arbida va sharqida tepaliklar mavjud. Asosiy daryosi - Daugava (g‘arbiy Dvina), ko‘p sonli ko‘llar mavjud. Tabiiy resurslardan kam miqdorda torf, ohak, yog‘och zaxiralari mavjud. Hududi 27% ekin ekiladigan maydonlardan, 39% o‘rmon va changalzorlardan iborat.

📖 Tarixi

X asrda mev qabilalari (latishlarning ajdodlari) Kiyev Rusidan o‘rnak olib pravoslav dinini qabul qilishdi, biroq XII asrdan bosh lab katolik diniga o‘tish boshlandi. Tevton ordeni 1242-yili Chud ko‘lida mag‘lubiyatga uchraganligiga qaramasdan, XIII asrning oxirlariga kelib hozirgi Latviya hududlarini egallashga muvaffaq bo‘ldi. XIII asr o‘rtalarida Latviyada protestantlik tarqaldi. Tevton ordeni tarqalganidan so‘ng Livaniya hududi Polsha va Shvetsiya tomonidan bo‘lib olindi. XVIII asrda Latviya Rossiya tomonidan anneksiya qilindi. Birinchi jahon urushi davrida mamlakatning anchagina qismi Germaniya tomonidan okkupatsiya qilindi. 1917-yili Latviyada sovet hokimiyati e’lon qilindi, biroq Brest-Litovsk shartnomasiga ko‘ra Sovet Rossiyasi Latviya hududlarini Germaniyaga berdi. 1918-yil 19-noyabrda Milliy Kengash Latviyani mustaqil Respublika deb e’lon qildi. 1934-yili Ulmanis tomonidan sodir etilgan davlat to‘ntarishi natijasida mamlakatdagi parlament tartibi diktatura bilan almashtirildi. 1940-yilning avgustida Latviya Sovet Ittifoqi tomonidan, 1941-yilda esa Germaniya tomonidan okkupatsiya qilindi. 1944-yili mamlakat yana SSSR tarkibiga kirdi. 1991-yilning avgustida Latviya Respublikasining mustaqilligi qayta tiklandi.

📈 Iqtisodiyoti

Oxirgi yillarda Latviya rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga asta-sekin o‘tmoqda. Iqtisodiyotni shakllantirishdan tashqari, hukumat kam miqdordagi tabiiy resurslarni va ishchi kuchlarini maksimal darajada safarbar qilgan holda chet el kapitalini ko‘plab jalb qilish chora-tadbirlarini ko‘rmoqda. Sanoatning mashinasozlik, kimyo, baliq mahsulotlari, yengil, farmatsevtika, qog‘oz-sellyuloza ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Qishloq xo‘jaligi ham mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi (YIM - 21,5%). 2012-yil YIM miqdori 58 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 17,2 ming AQSh doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari - Rossiya, Germaniya, Shvetsiya, Belarus. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 2400 km, avtomobil yo‘llarining uzunligi - 59500 km (33000 km - qattiq qoplamali), ichki suv yo‘llari - 300 km. Mamlakatning asosiy portlari: Riga, Liyepaya, Ventspils.

Latviya: ko'p so'raladigan savollar

Latviyaning poytaxti qaysi shahar?

Latviyaning poytaxti — Riga.

Latviya qayerda joylashgan?

Latviya — Yevropadagi davlat. Boltiq dengizi qirg‘og‘ida joylashgan. Janubda Litva (453 km) va Belarus (141 km), sharqda Rossiya (217 km), shimolda Estoniya (267 km) bilan chegaradosh. G‘arbiy chegaralari Baltika dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 1078 km.

Latviyada qancha aholi yashaydi?

Latviya aholisi — 1 829 000 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 30,8 kishi.

Latviyaning rasmiy tili qaysi?

Latviyaning rasmiy tili — latish tili.

Latviyaning pul birligi qanday?

Latviyaning pul birligi — Latviya lati (LVL).

Latviya qachon mustaqil bo'lgan?

Latviya 1991-yil 21-avgustda mustaqillikka erishgan.