Marokash

Marokash Qirolligi

Marokash bayrog'i
📍
Poytaxt
Rabot
👥
Aholi
36 828 330
🗺️
Maydoni
446 550 km²
💰
Valyuta
Marokash dirhami (MAD)
Marokash bayrog'i
Marokash bayrog'i

Marokash haqida qisqacha

Marokash — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Rabot. Aholisi — 36,8 mln kishi (2016-yil). Maydoni — 446 550 km². Pul birligi — Marokash dirhami (MAD). Rasmiy tili — arab tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Shimoli-g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubi-sharada va sharqda Jazoir bilan (1559 km), janubda g‘arbiy Sahroyi Kabir bilan (443 km) chegaradosh. Mamlakat g‘arbda Atlantika okeani bilan, shimolda o‘rtayer dengizi bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 2002 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 1835 km. Qirg‘oqbo‘yi tekisliklarining eni 1600 km gacha boradi. Janubi-g‘arbdan janubi-sharqqa qarab butun mamlakat orqali tog‘ tizmasi cho‘zilib ketgan bo‘lib, ularga Ar-Rif, o‘rta Atlas, mamlakatning eng yuqori tog‘i Tubkal (4165 m) joylashgan Yuqori Atlas va Antiatlas kiradi. Janubida va janubi-sharqida qumli va toshli cho‘l - Sahroi Kabir joylashgan. Daryolari - Muluya va Sebu davriy ravishda kuchli yomg‘irlar natijasida to‘lib oqadi. Asosiy tabiiy resurslari: fosforitlar, temir rudasi, qalay, rux, kobalt, mis, ko‘mir, neft, marganets, baliq, tuz. Shudgor qilinadigan yerlar umumiy yerlarning 18% ini, o‘tloq va yaylovlar esa 28% ini tashkil qiladi. Iqlimi - subtropik.

📖 Tarixi

М. a. XII asrdayoq hozirgi Marokash hududida dastlabki Finikiya koloniyalari paydo bo‘lgan edi. М. a. V asrda mamlakatning sohilbo‘yi qismlari Karfagen ta’siriga tushib qoldi. М. a. I asrdan V asrgacha Marokash hududi Qadimgi Rim hukmronligi ostida bo‘ldi. 429-yili mamlakat vandallar tomonidan bosib olindi, VI asrdan esa Vizantiya imperiyasining bir qismiga aylandi. Arablar Marokash hududiga VII asrda kirib kelishdi, 868-yili esa arablarning idrisiylar sulolasi mahalliy barbar qabilalarini o‘z hukmronligi ostiga birlashtirishdi. XI-XV asrlarda hokimiyatni barbarlarning almoraviylar sulolalari egallab turishdi. XV-XVI asrlarda Marokashning bir qismi Portugaliya va Ispaniya tomonidan bosib olindi. Saodatiylar sulolasi yevropaliklarga qarshi sulolaning yorqin vakillaridan biri Ahmad al-Mansur podsholigi davri (1578-1603)da ayniqsa, muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. XVII asrda hokimiyatga alaudiylar sulolasi kelgan bo‘lib, hozirgi kungacha taxtni egallab turishibdi. Alaudiylar sulolasining taniqli vakillaridan biri Ismoil mamlakatni birlashtirishga, mamlakat ichkarisidagi fitnalarga barham berishga va turklar hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. XIX asrda Marokash hududini egallab olish uchun Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlari raqobat qilishdi, 1912-yili esa mamlakatning katta qismi Fransiya protektoratiga aylandi, ozgina hudud Ispaniya boshqaruvi ostiga o‘tdi. XX asrning 20-yillarida mamlakatda boshlangan Ikkinchi Jahon urushi yillarida kuchaygan milliy ozodlik harakatlari 1956-yil 3-martda Marokashning mustaqil bo‘lishiga olib keldi. Marokash­ning Ispaniyaga tegishli qismi 1956-yil 7-aprelda mustaqillik oldi, biroq ispanlar qirg‘oq bo‘yidagi bir nechta shaharlar ustidan o‘z nazoratini saqlab qoldi. Mustaqillikka erishganidan so‘ng, Marokashda turli ichki qarama-qarshiliklar va davlat to‘ntarishiga urinishlar bo‘ldi. 1975-yili Marokash g‘arbiy Saxarani bosib oldi. Biroq hozirgi kunga qadar Marokash qo‘shinlari g‘arbiy Saxaradagi Polisario Fronti qo‘zg‘olonchilariga qarshi to‘xtovsiz kurash olib bormoqda.

📈 Iqtisodiyoti

Mamlakat iqtisodiyoti 90-yillarning boshida YI mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlarini sotishning yangilanishi, chetdan keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga narxlaming tushirilishi natijasida barqarorlasha boshladi. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari: fosforitlami qazib olish va qayta ishlash (fosforitlami ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi), oziq-ovqat, to‘qimachilik, teriga ishlov berish. Turizm ham faol rivojlanmoqda. Marokash oldida chet mamlakatlardan olingan katta miqdordagi tashqi qarzlaridan tashqari, yuqori darajada ishsizlik, mamlakatning tashqi iqtisodiy faktorlarga qaramligi kabi muhim muammolar turibdi. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Hindiston, Saudiya Arabistoni. Asosiy portlari: Kasablanka, Tanjer.

Marokash: ko'p so'raladigan savollar

Marokashning poytaxti qaysi shahar?

Marokashning poytaxti — Rabot.

Marokash qayerda joylashgan?

Marokash — Afrikadagi davlat. Shimoli-g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubi-sharada va sharqda Jazoir bilan (1559 km), janubda g‘arbiy Sahroyi Kabir bilan (443 km) chegaradosh. Mamlakat g‘arbda Atlantika okeani bilan, shimolda o‘rtayer dengizi bilan tutashib ketgan.

Marokashda qancha aholi yashaydi?

Marokash aholisi — 36 828 330 kishi (2016-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 75 kishi.

Marokashning rasmiy tili qaysi?

Marokashning rasmiy tili — arab tili.

Marokashning pul birligi qanday?

Marokashning pul birligi — Marokash dirhami (MAD).

Marokash qachon mustaqil bo'lgan?

Marokash 1956-yil 2-martda mustaqillikka erishgan.