Moldaviya

Moldova Respublikasi

Moldaviya bayrog'i
📍
Poytaxt
Kishinyov
👥
Aholi
2 749 076
🗺️
Maydoni
33 846 km²
💰
Valyuta
Moldova leyi (MDL)
Moldaviya bayrog'i
Moldaviya bayrog'i

Moldaviya haqida qisqacha

Moldaviya — Yevropadagi davlat. Poytaxti — Kishinyov. Aholisi — 2,7 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 33 846 km². Pul birligi — Moldova leyi (MDL). Rasmiy tili — moldav tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Sharqiy Yevropa tekisligining janubi g‘arbida joylashgan davlat. Janubda, sharqda va shimolda Ukraina (939 km), g‘arbda Ruminiya bilan (450 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 1389 km. Mamlakat hududini tepalikli tekisliklar, daryo vodiylari va jarliklar egallaydi. Eng baland qismi (429 m) mamlakat markazida joylashgan Kodri tepalaridir. Asosiy daryolari - Dnestr, Prut. Asosiy foydali qazilmalari - fosforitlar, soz tuproq, ohaktosh. Mamlakat hududining yarmi haydaladigan yerlar hisoblanadi. Iqlimi - yumshoq, mo‘tadil, kontinental. Hududining 10% qismi o‘rmonlar bilan qoplangan. Mamlakat faunasi 400 turdan oshiq umurtqali, 4500 turdan oshiq umurtqasiz hayvonlardan iborat.

📖 Tarixi

XII asrdan XIV asrgacha Moldova - skif, gott, gunn va slavyan davlatlarining tarkibida bo‘lib keldi. XIV asrga kelib voloxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqalar natijasida Moldova xalqi shakllandi, 1359-yili esa Bogdan I mustaqil Moldaviya knyazligini tuzdi. Bu knyazlik shu davrda ham madaniy, ham iqtisodiy jihatdan yuksaldi. XV asrda Stefan Buyukning qahramonlarcha ko‘rsatgan qarshiligiga qaramasdan Moldova knyazligi turklar tomonidan bo‘ysundirildi va Usmoniylar imperiyasining bir qismiga aylandi. 1774- yili Moldova Avstriya hukmronligi ostiga, 1806-yili esa Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shildi. 1859-yili Moldava Valaxiya bilan birlashdi va Rumin knyazligini tashkil etdi. Bu knyazlikni moldavan knyazi Aleksandru Kuza idora qilgan. 1924-yil tuzilgan Moldova muxtor respublikasi va 1940-yil Ruminiyaning anneksiya qilingan Bessarabiya hududlarida 1940-yil 2-avgustda Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi. Moldaviya 1941-yili rumin va nemis qo‘shinlari tomonidan bosib olindi, ozod qilinganidan so‘ng 1944-yili Sovet Ittifoqi tarkibiga qaytdi. 1947-yilgi Parij shartnomasiga ko‘ra Ruminiya Moldaviya hududlariga bo‘lgan da’vosidan tamomila voz kechdi. Moldaviya 1991-yil mustaqillikka erishdi, biroq mamlakatning sharqiy qismi, jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmagan Pridnestrovye Respublikasi mamlakatning yangi hukumatini tan olishdan bosh tortib kelmoqda.
Moldova O‘zbekiston Respublikasi bilan 1994-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatgan.

📈 Iqtisodiyoti

Sanoatning peshqadam tarmog‘i - oziq-ovqat ishlab chiqarish, shuningdek, og‘ir va yengil sanoat ham rivoj­langan. Ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi YIMning 40% (vino va tamaki eng muhim eksport mahsulotlari hisoblanadi)ini tashkil qiladi. 2012-yil YIM miqdori 11,1 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 2,9 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Ruminiya, Germaniya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 1150 km, avtomobil yo‘llari - 20000 km (13900 km - qattiq qoplamali yo‘llar).

Moldaviya: ko'p so'raladigan savollar

Moldaviyaning poytaxti qaysi shahar?

Moldaviyaning poytaxti — Kishinyov.

Moldaviya qayerda joylashgan?

Moldaviya — Yevropadagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining janubi g‘arbida joylashgan davlat. Janubda, sharqda va shimolda Ukraina (939 km), g‘arbda Ruminiya bilan (450 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 1389 km. Mamlakat hududini tepalikli tekisliklar, daryo vodiylari va jarliklar egallaydi.

Moldaviyada qancha aholi yashaydi?

Moldaviya aholisi — 2 749 076 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 105,1 kishi.

Moldaviyaning rasmiy tili qaysi?

Moldaviyaning rasmiy tili — moldav tili.

Moldaviyaning pul birligi qanday?

Moldaviyaning pul birligi — Moldova leyi (MDL).

Moldaviya qachon mustaqil bo'lgan?

Moldaviya 1991-yil 27-avgustda mustaqillikka erishgan.