Madagaskar

Madagaskar Respublikasi

Madagaskar bayrog'i
📍
Poytaxt
Antananarivu
👥
Aholi
31 727 042
🗺️
Maydoni
587 041 km²
💰
Valyuta
Malagasiya ariarisi (MGA)
Madagaskar bayrog'i
Madagaskar bayrog'i

Madagaskar haqida qisqacha

Madagaskar — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Antananarivu. Aholisi — 31,7 mln kishi (2013-yil). Maydoni — 587 041 km². Pul birligi — Malagasiya ariarisi (MGA). Rasmiy tili — malagasi va fransuz tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi Madagaskar orolida joylashgan davlat. Madagaskar oroli Afrikaning sharqiy qirg‘oqlaridan Mozambik bo‘g‘ozi bilan ajralgan bo‘lib, kattaligi jihatidan dunyoda 4-o‘rinda turadigan oroldir. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 4828 km. Orolning butun sharqiy qismida shimoldan janubga qarab vulqon yassitog‘ligi cho‘zilib ketgan bo‘lib, uning eng yuqori qismi shimolda joylashgan Saratona massividir. Unda mamlakatning yuqori nuqtasi Moromonotro tog‘i (2876 m) bor. Sharqiy sohil bo‘ylab ingichka qirg‘oqbo‘yi tekisligi o‘tgan. Orolning g‘arbida katta quyi pasttekisliklar mavjud. Mamlakatning asosiy daryolari - Manguki, Bemorivu, Betsibuka. Eng katta ko‘li - Alaotra. Orolda nikel, kobalt, grafit konlari bor. Boshqa tabiiy resurslardan baliq va dengiz mahsulotlari ko‘p olinadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy yerlarning 4% ini, o‘tloq va yaylovlar - 58% ini, o‘rmon va changalzorlar 26% ini tashkil qiladi. Iqlimi - tropik.

📖 Tarixi

XII asrda kelib chiqishi indoneziyalik va afrikalik bo‘lgan xalqlar kelib joylashishdi va arablarning dastlabki shahar koloniyalari paydo bo‘ldi. XIV-XV asrlarda esa orolning markaziy qismida Imerin davlati vujudga keldi. Orolni yevropaliklardan birinchi bo‘lib 1500-yili portugal sayyohi Diyego Dias ochdi. XVII asrda orol hududi ko‘plab mayda knyazliklarga bo‘linib ketgan edi. XVIII asrda ular yagona Merina qirolligiga birlashishdi. Madagaskar 1885-yili Fransiya protektorati, 1896-yili esa mustamlakasiga aylandi. 1958-yili o‘z-o‘zini boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan Madagaskar 1960-yili mustaqil davlat bo‘ldi. 1972-yili mamlakatda harbiy to‘ntarish o‘tkazildi, 1975-yili esa prezident Ritsiroka mamlakatni Madagaskar Demokratik Respublikasi deb e’lon qildi. 1991-yili mamlakatda hukmron avtoritar tartiblarga qarshi chiqishlar bo‘ldi, biroq ular shafqatsiz bostirildi. 1993-yili prezident saylovlarida muxolifatchi kuchlar lideri Zofi g‘alaba qozondi.

📈 Iqtisodiyoti

Madagaskar - dunyoning kambag‘al davlatlaridan biri bo‘lib, iqtisodiyotida asosiy sektor - agrar (baliqchilik va o‘rmonchilik qo‘shilganda) sektor hisoblanadi. Bu tarmoq YIMning 40% ini va eksportdan tushadigan valyuta tushumining 70% ini beradi. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari qahva va shirinliklar. Sanoat (YIMning 20% i) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va to‘qimachilik bilan cheklangan. Sanoatni rivojlantirish davlat tomonidan ta’minlanadi. Chet el investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, ularning ehtiyot qismlariga qattiq nazorat o‘matilgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Germaniya, AQSh. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 1020 km, avtomobil yo‘llaming uzunligi - 40000 km (4694 km - qattiq qoplamali yo‘llar). Asosiy portlari: Anseranana, Maxadzonga, Tuamasina, Tuliara.

Madagaskar: ko'p so'raladigan savollar

Madagaskarning poytaxti qaysi shahar?

Madagaskarning poytaxti — Antananarivu.

Madagaskar qayerda joylashgan?

Madagaskar — Afrikadagi davlat. Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismidagi Madagaskar orolida joylashgan davlat. Madagaskar oroli Afrikaning sharqiy qirg‘oqlaridan Mozambik bo‘g‘ozi bilan ajralgan bo‘lib, kattaligi jihatidan dunyoda 4-o‘rinda turadigan oroldir. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 4828 km.

Madagaskarda qancha aholi yashaydi?

Madagaskar aholisi — 31 727 042 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 37,2 kishi.

Madagaskarning rasmiy tili qaysi?

Madagaskarning rasmiy tili — malagasi va fransuz tillari.

Madagaskarning pul birligi qanday?

Madagaskarning pul birligi — Malagasiya ariarisi (MGA).

Madagaskar qachon mustaqil bo'lgan?

Madagaskar 1960-yil 28-iyunda mustaqillikka erishgan.