Mali

Mali Respublikasi

Mali bayrog'i
📍
Poytaxt
Bomako
👥
Aholi
22 395 489
🗺️
Maydoni
1 240 192 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)
Mali bayrog'i
Mali bayrog'i

Mali haqida qisqacha

Mali — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Bomako. Aholisi — 22,4 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 1 240 192 km². Pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF). Rasmiy tili — fransuz.

🧭 Geografik joylashuvi

g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. G‘arbda Mavritaniya (2237 km) va Senegal bilan (419 km), shimoli-sharqda Jazoir bilan (1376 km), sharqda Niger bilan (821 km), janubda Burkina-Faso (1000 km), Gvineya (858 km) va Kot-d’ Ivuar bilan (532 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 7243 km. Mamlakatning katta qismini dengiz sathidan o‘rtacha 500-600 m balandlikda bo‘lgan tekisliklar egallagan. Shimoliy qismida toshli cho‘l Saxara joylashgan. Janubi-g‘arbida, janubi va sharqida Bambua, Monding, shuningdek, eng yuqori balandligi 1155 m bo‘lgan Xambori tog‘liklari joylashgan. Asosiy daryosi - Niger. Mamlakat foydali qazilmalardan oltin, fosfatlar, uran, temir rudasi, boksitlar, marganets, litiy va qo‘rg‘oshinga juda boy. Iqlimi - tropik kontinental, issiq va quruq, chekka janubi esa subekvatorial.

📖 Tarixi

XI asrda vujudga kelgan Mali qirolligini XIII asrda 1 ming yillik boshlarida paydo bo‘lgan va imperator Muso (1312-1337) davrida o‘zining gullab-yashnagan davrini boshidan kechirgan, Gana qirolligi tushkunlikka uchratdi va Songai imperiyasi ta’siriga tushib qoldi. 1591-yili mamlakat Marokash bosqini natijasida bir necha mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. XIX asr oxirida hozirgi Mali hududlari Fransiya mustamlakasiga aylantirildi va 1920-yili fransuz Sudani tarkibiga kirdi. 1958-yili Sudan Respublikasi tuzildi va unga 1959-yili Senegal bilan Mali Federatsiyasi birlashdi. 1960-yili ularning mustaqilligi e’lon qilindi. Federatsiya tarqalganidan so‘ng, 1960-yil sentabrida sobiq Fransuz Sudani mustaqil Mali davlati bo‘ldi. 1968-yili davlat to‘ntarishi oqibatida hokimiyat tepasiga harbiylar kelishdi, 1969-yili Traore prezidentlikni egalladi, u 1991-yil o‘z vazifasidan olib tashlandi. 1992-yil mamlakatda erkin prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda Konari davlat boshlig‘i etib saylandi.

📈 Iqtisodiyoti

Mali dunyoning qashshoq davlatlaridan biri. Ishlab chiqarish qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qazib olish korxonalari bilan (oltin, fosforitlar) cheklangan. Qishloq xo‘jaligi YIMning 50% ini beradi. Asosiy ekinlari - proso, sorgo, makkajo‘xori, sholi, maniok, ananaslar, mango, papaya, sitrus ekinlari, shakarqamish, tamaki, yong‘oq, paxta. Fermer xo‘jaliklari asosan Niger daryosi bo‘ylarida joylashgan. Mali - g‘arbiy Afrikaning eng yirik chorvador mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Mali: ko'p so'raladigan savollar

Malining poytaxti qaysi shahar?

Malining poytaxti — Bomako.

Mali qayerda joylashgan?

Mali — Afrikadagi davlat. g‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. G‘arbda Mavritaniya (2237 km) va Senegal bilan (419 km), shimoli-sharqda Jazoir bilan (1376 km), sharqda Niger bilan (821 km), janubda Burkina-Faso (1000 km), Gvineya (858 km) va Kot-d’ Ivuar bilan (532 km) chegaradosh.

Malida qancha aholi yashaydi?

Mali aholisi — 22 395 489 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 13,1 kishi.

Malining rasmiy tili qaysi?

Malining rasmiy tili — fransuz.

Malining pul birligi qanday?

Malining pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF).

Mali qachon mustaqil bo'lgan?

Mali 1960-yil 22-sentabrda mustaqillikka erishgan.