Myanma

Myanma Ittifoqi

Myanma bayrog'i
📍
Poytaxt
Yangon
👥
Aholi
51 316 756
🗺️
Maydoni
676 578 km²
💰
Valyuta
Kyat (MMK)
Myanma bayrog'i
Myanma bayrog'i

Myanma haqida qisqacha

Myanma — Osiyodagi davlat. Poytaxti — Yangon. Aholisi — 51,3 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 676 578 km². Pul birligi — Kyat (MMK). Rasmiy tili — birma tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Osiyoning janubiy sharqida joylashgan davlat. Myanma - shimol va sharqda Xitoy (2185 km), sharqda Tailand (1800 km) va Laos (235 km), g‘arbda esa Hindiston (1463 km) va Bangladesh (193 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g‘arbda Bengal ko‘rfaziga, janubda Andaman dengiziga tutashib ketgan, Chegaraning uzunligi 5876 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 1930 km, hududining katta qismida tog‘lar va yassitog‘liklar joylashgan: g‘arbida Rakxayn va Pakxayn tog‘liklari, sharqida Bialukton tog‘liklari joylashgan. Mamlakatning va Janubi Sharqiy Osiyoning eng yuqori nuqtasi - Kxakoborazu (5881 m) tog‘idir. Mamlakatning markaziy va janubiy qismida Myanmaning asosiy daryosi Iravadi havzasida keng vodiy tekisligi joylashgan. Mamlakat foydali qazilmalaridan - neft, qo‘rg‘oshin, volfram, sink, mis, ko‘mir, tabiiy gaz, qimmatbaho toshlarga juda boy. Haydaladigan yerlar hududining 15% ini, o‘rmon va to‘qayzorlar 49% ini tashkil etadi. Iqlimi - asosan tropik mussonli, janubida esa subekvatorial. Myanmaning o‘simlik dunyosi juda qadimiy. Bu yerda rododendronlarning 700 dan (yer yuzida ularning mingdan oshiq turi mayjud), orxideyalarning 700 dan, kaliliyalarning 80 dan, palmalarning 70 dan, bambuklarning 70 dan, paporotniklarning 700 dan oshiq turi uchraydi. Myanmada yer yuzida istiqomat qiladigan jonivorlarning nisbatan qadimiylari - malayya tapiri, hind-malay tipratikanlari, langarqanotlilar saqlanib qolgan.

📖 Tarixi

Hozirgi Myanma hududida dastlabki davlat birlashmalari eramizning boshlarida vujudga kelgan (Mon, Piu). XI asr boshlarida Pagan qiroliigi o‘z atrofiga mamlakat markazidagi mayda qirolliklarni birlashtirdi. XIII asr oxirlarida Birma birlashgan qirolligiga mo‘g‘ullar bosqini boshlandi. 1824-yili Buyuk Britaniya Janubi Sharqiy Osiyoda Fransiya ekspansiyasini to‘xtatib qolish maqsadida Quyi Birmani bosib oldi, 1855-yili esa butun mamlakatni anneksiya qildi. II jahon urushi davrida 1942-yildan 1945-yilga qadar mamlakat yapon bosqinchilari qo‘l ostida bo‘ldi. Mamlakat ozod qilinganidan so‘ng Birma hududida istiqomat qilayotgan bir qator mayda millatlar muxtoriyat talab qilishdi. Natijada 1948-yilning 4-yanvarida mustaqil davlat deb e’lon qilingan Birma davlatlari federatsiyasi tuzildi. 1962-yil davlat to‘ntarishi natijasida mamlakatda hokimiyat tepasiga harbiylar kelishdi. Ular ushbu tartibdan norozi bo‘lgan birmaliklarning qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdilar. 1989-yili mamlakat Myanma Ittifoqi dcgan yangi nom oldi. 1990-yili mamlakatda dastlabki erkin saylovlar o‘tkazildi. Bu saylovlarda bosh muxolifatchi paitiya g‘alaba qozondi, biroq hokimiyatni boshqarayotgan haibiy tartib tarafdorlari davlat boshqaruvini fuqarolik hukumatiga topshirishdan bosh tortdi. Myanma 1992-yil Qo‘shilmaslik harakatiga a’zo bo‘ldi. 1992-yili yadro, 1993-yili kimyoviy qurolni tarqatmaslik va taqiqlash Shartnomalarini imzoladi. 1997-yildan ASEAN a’zosi. XXI asr boshida ham harbiy hukumat va muxolifatdagi kuchlar o‘rtasidagi muammo - “Myanma masalasi” o‘z yechimini topgani yo‘q.

📈 Iqtisodiyoti

Myanma iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lib, keyingi 10 yillikda inqirozni boshdan kechirmoqda. Hukumat keyingi 40 yil ichida joriy qilingan qat’iy davlat boshqaruvidan so‘ng tadbirkorlami qo‘llash va chet el investitsiyalarini kiritish yo‘li bilan iqtisodiyotni jonlantirishga harakat qilmoqda. Sanoatning asosiy tarmoqlari: tog‘-kon, neft qazib olish va o‘rmonchilik (YIMning 40% i, baliqchilik va o‘rmonchilikni qo‘shib hisoblaganda). Qishloq xo‘jaligida asosiy tarmoq - sholichilik, bundan tashqari bug‘doy, shakarqamish, makkajo‘xori, kauchuk va jut ham yetishtiriladi. 2006-yil YIM miqdori 78740 mln dollarni (aholi jon boshiga - 1662 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Hindiston, Yaponiya, Xitoy. Temiryo‘llarning umumiy uzunligi 3991 km, avtomobil yo‘llari - 27000 km (320 km betonlashtirilgan yo‘llar), ichki suv yo‘llari 12800 km. Asosiy porti - Yangon.

Myanma: ko'p so'raladigan savollar

Myanmaning poytaxti qaysi shahar?

Myanmaning poytaxti — Yangon.

Myanma qayerda joylashgan?

Myanma — Osiyodagi davlat. Osiyoning janubiy sharqida joylashgan davlat. Myanma - shimol va sharqda Xitoy (2185 km), sharqda Tailand (1800 km) va Laos (235 km), g‘arbda esa Hindiston (1463 km) va Bangladesh (193 km) bilan chegaradosh.

Myanmada qancha aholi yashaydi?

Myanma aholisi — 51 316 756 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 76 kishi.

Myanmaning rasmiy tili qaysi?

Myanmaning rasmiy tili — birma tili.

Myanmaning pul birligi qanday?

Myanmaning pul birligi — Kyat (MMK).

Myanma qachon mustaqil bo'lgan?

Myanma 1948-yil 4-yanvarda mustaqillikka erishgan.