Mavritaniya

Mavritaniya Islom Respublikasi

Mavritaniya bayrog'i
📍
Poytaxt
Nuakshot
👥
Aholi
4 927 532
🗺️
Maydoni
1 030 700 km²
💰
Valyuta
Ugiya (MRO)
Mavritaniya bayrog'i
Mavritaniya bayrog'i

Mavritaniya haqida qisqacha

Mavritaniya — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Nuakshot. Aholisi — 4,9 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 1 030 700 km². Pul birligi — Ugiya (MRO). Rasmiy tili — arab va frnasuz tillari.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asining shimoli-g‘arbida joylashgan. Sharqda Mali (2237 km), janubda Mali va Senegal (813 km), shimolda Jazoir (463 km) va g‘arbiy Sahroyi Kabir bilan (1561 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 5074 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 754 km. Mamlakat hududi asosan pasttekisliklar va uncha baland boimagan yassitog‘likdan iborat, shuningdek, Sahroyi Kabirning qumli va toshli cho‘llari bilan tutashib ketgan. Asosiy tabiiy resurslari: temir rudasi, mis, fosforitlar, gips. Iqlimi - tropik, cho‘lli.

📖 Tarixi

VIII-XI asrlarda Mavritaniyaning janubiy qismi g‘arbiy Afrikadagi Gana, Tekrur va boshqa davlatlari tarkibida boigan, mamlakat shimoli esa barbar qabilalari nazoratida edi. XI-XII asrlarda Mavritaniya Almoravidlar davlati tarkibiga kirdi, XIV-XV asrlarda esa arablar hukmronligi ostiga o‘tdi. 1855- yili mamlakat Fransiya tomonidan okkupatsiya qilindi. 1904-yili Fransiya Mavritaniyani o‘z protektorati deb, 1920-yili esa o‘z mustamlakasi deb e’lon qildi. 1960-yili mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakat bir qator davlat to‘ntarishlarini (1917, 1980, 1984) va 1989-yil Mavritaniya va Senegal jamoalari o‘rtasidagi etnik qarama-qarshiliklarni o‘z boshidan kechirdi.

📈 Iqtisodiyoti

Mavritaniya temir rudasining katta zaxiralariga ega. Bu mamlakat eksportining yarmini tashkil qiladi. Tog‘-kon sanoatidan tashqari neftni qayta ishlash va to‘qimachilik tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari - xurmo, sorgo, yeryong‘oq, makkajo‘xori, tamaki, shuningdek, chorvachilik yaxshi taraqqiy etgan. Baliq mamlakatning muhim eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi, biroq boshqa davlatlar tomonidan Mavritaniya qirg‘oqlarida baliq zaxiralarining doimiy o‘zlashtirilishi mamlakatning bu daromad manbayiga putur yetkazmoqda. Muhim savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, Yaponiya, Jazoir, Xitoy, AQSh. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 670 km, avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi - 7525 km (1685 km - asfaltlangan). Portlari: Nuakshot, Nuadibu.

Mavritaniya: ko'p so'raladigan savollar

Mavritaniyaning poytaxti qaysi shahar?

Mavritaniyaning poytaxti — Nuakshot.

Mavritaniya qayerda joylashgan?

Mavritaniya — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asining shimoli-g‘arbida joylashgan. Sharqda Mali (2237 km), janubda Mali va Senegal (813 km), shimolda Jazoir (463 km) va g‘arbiy Sahroyi Kabir bilan (1561 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi - 5074 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 754 km.

Mavritaniyada qancha aholi yashaydi?

Mavritaniya aholisi — 4 927 532 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 3,4 kishi.

Mavritaniyaning rasmiy tili qaysi?

Mavritaniyaning rasmiy tili — arab va frnasuz tillari.

Mavritaniyaning pul birligi qanday?

Mavritaniyaning pul birligi — Ugiya (MRO).

Mavritaniya qachon mustaqil bo'lgan?

Mavritaniya 1960-yil 28-noyabrda mustaqillikka erishgan.