Mavrikiy

Mavrikiy Respublikasi

Mavrikiy bayrog'i
📍
Poytaxt
Port-Lui
👥
Aholi
1 243 741
🗺️
Maydoni
2 040 km²
💰
Valyuta
Mavrikiy rupiyasi (MUR)
Mavrikiy bayrog'i
Mavrikiy bayrog'i

Mavrikiy haqida qisqacha

Mavrikiy — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Port-Lui. Aholisi — 1,2 mln kishi (2014-yil). Maydoni — 2 040 km². Pul birligi — Mavrikiy rupiyasi (MUR). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Mavrikiy Hind okeanining g‘arbiy qismidagi orollarda joylashgan. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 177 km. Vulqonlar otilishi natijasida vujudga kelgan tepaliklar bu orollarda ko‘p bo‘lib, dengiz sathidan 826 m balandlikda joylashgan. Yuqori nuqtasi - Pitondela-Ptit-Rivere-Nuar. Qirg‘oqlari korall riflari bilan qoplangan. Tabiiy resurslari deyarli yo‘q. Ishlov beriladigan yerlar - 54%, o‘rmon va changalzorlar 31% ni tashkil qiladi.

📖 Tarixi

Mavrikiy 1505-yili portugallar tomonidan ochilgan edi, biroq XVII asrdan gollandlar boshqaruvi ostiga o‘tdi. 1715-yili bu orol fransuz mustamlakasiga aylandi va Il-de-Frans deb ataldi. 1810-yilda esa Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi. 1868-yilda mustaqillik olgan Mavrikiy 1992-yili Respublika deb e’lon qilin­di.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining nisbatan muhim tarmoqlari - shakar ishlab chiqarish, to‘qimachilik va turizm hisoblanadi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligining boshqa sohalari (tamaki, makkajo‘xori, kartoshka, sholi, maniok, banan yetishtirish) rivojlanganligiga qaramasdan shakarqamish asosiy ekin hisoblanadi va eksportdan keladigan foydaning 40% ini tashkil qiladi. Asosiy savdo hamkorlari - YI mamlakatlari, AQSh va JAR. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llari - 1800 km. Asosiy porti - Port-Lui.

Mavrikiy: ko'p so'raladigan savollar

Mavrikiyning poytaxti qaysi shahar?

Mavrikiyning poytaxti — Port-Lui.

Mavrikiy qayerda joylashgan?

Mavrikiy — Afrikadagi davlat. Mavrikiy Hind okeanining g‘arbiy qismidagi orollarda joylashgan. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 177 km. Vulqonlar otilishi natijasida vujudga kelgan tepaliklar bu orollarda ko‘p bo‘lib, dengiz sathidan 826 m balandlikda joylashgan. Yuqori nuqtasi - Pitondela-Ptit-Rivere-Nuar.

Mavrikiyda qancha aholi yashaydi?

Mavrikiy aholisi — 1 243 741 kishi (2014-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 618,2 kishi.

Mavrikiyning rasmiy tili qaysi?

Mavrikiyning rasmiy tili — ingliz tili.

Mavrikiyning pul birligi qanday?

Mavrikiyning pul birligi — Mavrikiy rupiyasi (MUR).

Mavrikiy qachon mustaqil bo'lgan?

Mavrikiy 1968-yil 12-martda mustaqillikka erishgan.