Mozambik

Mozambik Qirolligi

Mozambik bayrog'i
📍
Poytaxt
Maputu
👥
Aholi
34 090 466
🗺️
Maydoni
801 590 km²
💰
Valyuta
Metikali (MZN)
Mozambik bayrog'i
Mozambik bayrog'i

Mozambik haqida qisqacha

Mozambik — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Maputu. Aholisi — 34,1 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 801 590 km². Pul birligi — Metikali (MZN). Rasmiy tili — portugal tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asining janubi sharqida joylashgan davlat. G‘arbda Malavi (1569 km), Zimbabve (1231 km) va Zambiya (419 km), janubda JAR (491 km) va Svazilend (105 km), shimolda Tanzaniya (756 km) biIan chegaradosh. Sharqda mamlakat hududi Mozambik ko‘rfaziga tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 4571 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa - 2470 km. Mamlakat shimolida balandligi 2419 m.gacha bo‘lgan sharqiy Afrika yassitog‘ligi joylashgan. G‘arbda mamlakatning yuqori nuqtasi (2436 m) bo‘lgan Metebele tog‘i bor. Sharqda qirg‘oqbo‘yi quyi pasttekisliklari joylashgan. Mamlakatning markaziy qismini tepaliklar egallagan. Asosiy daryolari - Zambezi va Limpopo. Mamlakatning eng yirik Nyasa ko‘lining bir qismi Malavi hududida joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: ko‘mir, titan, temir rudasi, boksitlar, mis. Iqlimi - shimolda subekvatorial mussonli, janubda tropik passatli.

📖 Tarixi

o‘rta asrlarda hozirgi Mozambik qirg‘oqlarida arab savdogarlari o‘z koloniyalariga asos solganlar. 1498-yili Mozambik qirg‘oqlariga Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya keldi va portugallar mahalliy qabila boshliqlari bilan Portugaliya mamlakatning faqat sohilbo‘yi hududlarini nazorat qilishi haqida kelishib olishdi. Mozambikning markaziy qismining portugallar tomonidan tadqiq qilinishi Serpa Pintu yo‘lboshchiligida XIX asming oxirida boshlandi, 1951-yili esa Mozambik Portugaliyaning dengizorti provinsiyasiga aylandi. 1962-yilda tashkil topgan FRELIMO (Mozambikni ozod qilish fronti) qurolli tashkiloti portugallarga qarshi kurash olib bordi. 1975-yil 25-iyunda Portugaliya Mozambik mustaqilligini tan oldi. Mamlakatda 16 yil davom etgan fuqarolar urushi 1992-yili hukumat va Mozambik Milliy qarshilik harakati o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan yakunlandi.

📈 Iqtisodiyoti

Mozambik qishloq xo‘jaligida va gidroenergetikada iqtisodiy potensialga ega bo‘lishiga qaramasdan Afrikaning eng qashshoq davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sanoatning nisbatan taraqqiy etgan sohalari - neftni qayta ishlash, kimyo, to‘qimachilik, tamaki, oziq-ovqat ishlab chiqarish. Qishloq xo‘jaligi YIMning 50% ini, eksportning 90% ini ta’minlaydi. Asosiy ekinlari: paxta, shakarqamish, choy, maniok, makkajo‘xori, sholidan iborat, keilyu yong‘oqlari va krevetkalar eksportining asosini tashkil qiladi. Keyingi yillarda hukumat tomonidan chet el investitsiyalari kirib kelishining qo‘llab-quvvatlanishi, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Ispaniya, JAR, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 3288 km, avtomobil yo‘llari - 26498 km, ichki suv yo‘llari - 3750 km. Mamlakatning asosiy portlari: Beyra, Maputu, Nakala.

Mozambik: ko'p so'raladigan savollar

Mozambikning poytaxti qaysi shahar?

Mozambikning poytaxti — Maputu.

Mozambik qayerda joylashgan?

Mozambik — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asining janubi sharqida joylashgan davlat. G‘arbda Malavi (1569 km), Zimbabve (1231 km) va Zambiya (419 km), janubda JAR (491 km) va Svazilend (105 km), shimolda Tanzaniya (756 km) biIan chegaradosh. Sharqda mamlakat hududi Mozambik ko‘rfaziga tutashib ketgan.

Mozambikda qancha aholi yashaydi?

Mozambik aholisi — 34 090 466 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 32,1 kishi.

Mozambikning rasmiy tili qaysi?

Mozambikning rasmiy tili — portugal tili.

Mozambikning pul birligi qanday?

Mozambikning pul birligi — Metikali (MZN).

Mozambik qachon mustaqil bo'lgan?

Mozambik 1975-yil 25-iyunda mustaqillikka erishgan.