Niger

Niger Respublikasi

Niger bayrog'i
📍
Poytaxt
Niamey
👥
Aholi
26 312 034
🗺️
Maydoni
1 267 000 km²
💰
Valyuta
KFA franki (BCEAO) (XOF)
Niger bayrog'i
Niger bayrog'i

Niger haqida qisqacha

Niger — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Niamey. Aholisi — 26,3 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 1 267 000 km². Pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF). Rasmiy tili — fransuz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrikaning g‘arbida joylashgan davlat. Janubda Nigeriya (1497 km) va Benin (266 km), sharqda Chad (1175 km), shimolda Jazoir (956 km) va Liviya (354 km), g‘arbda Mali (821 km) va Burkina-Faso (628 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 5697 km. Nigerning katta qismi dunyodagi eng yirik cho‘l - Sahroi Kabir hududida joylashgan. Relyefi 200-500 m gacha bo‘lgan yassitog‘likdan iborat. Mamlakatning markaziy qismida tog‘li massivlari bo‘lgan Air yassitog‘ligi joylashgan. Bu yerda Nigerning eng yuqori nuqtasi Indukaln-Tages (222 m) joylashgan. Mamlakatning sharqiy qismini qumli cho‘l - Tenera egallagan. Asosiy daryosi - Niger. Mamlakat hududida uran, temir rudasi, qo‘rg‘oshin va fosfat konlari mavjud. Iqlimi - tropik. Nigerning o‘simlik dunyosi va hayvonot dunyosi juda kambag‘al.

📖 Tarixi

Hozirgi Nigerning sharqiy qismi X asrdan XIX asrgacha Bornu qirolligining markazi boigan. Janubida esa X asrdan boshlab Xaus imperiyasi o‘z hududlarini kengaytirgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mamlakatga 1795-yili shotlandlar kelishdi. XIX asr oxirida Niger Fransiya tomonidan bosib olindi va 1922-yili fransuz g‘arbiy Afrikasi tarkibiga qo‘shildi. 1946-yili unga Fransiyaning dengizorti hududi maqomi berildi. Niger 1963-yili 3-avgustda mustaqil respublika deb e’lon qilindi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i qishloq xo‘jaligi bo‘lib, u YIMning 40% ini ta’minlaydi. Aholining 90% i qishloq xo‘jaligida band. Muhim qishloq xo‘jaligi ekinlari paxta, sorgo, mil, nebe, sholi, yong‘oq hisoblanadi. Sanoatning asosiy sohasi tog‘-kon sanoatidir (uran qazib olish). Muhim savdo hamkorlari - Fransiya, Nigeriya, Italiya, Germaniya. Avtomobil yo‘llarining uzunligi 39970 km (shundan 371 km qattiq qoplamali yo‘llar), ichki suv yo‘llari - 300 km.

Niger: ko'p so'raladigan savollar

Nigerning poytaxti qaysi shahar?

Nigerning poytaxti — Niamey.

Niger qayerda joylashgan?

Niger — Afrikadagi davlat. Afrikaning g‘arbida joylashgan davlat. Janubda Nigeriya (1497 km) va Benin (266 km), sharqda Chad (1175 km), shimolda Jazoir (956 km) va Liviya (354 km), g‘arbda Mali (821 km) va Burkina-Faso (628 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 5697 km.

Nigerda qancha aholi yashaydi?

Niger aholisi — 26 312 034 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 15,2 kishi.

Nigerning rasmiy tili qaysi?

Nigerning rasmiy tili — fransuz tili.

Nigerning pul birligi qanday?

Nigerning pul birligi — KFA franki (BCEAO) (XOF).

Niger qachon mustaqil bo'lgan?

Niger 1960-yil 3-avgustda mustaqillikka erishgan.