Nigeriya

Nigeriya Federativ Respublikasi

Nigeriya bayrog'i
📍
Poytaxt
Abuja
👥
Aholi
223 800 000
🗺️
Maydoni
923 768 km²
💰
Valyuta
Nayra (NGN)
Nigeriya bayrog'i
Nigeriya bayrog'i

Nigeriya haqida qisqacha

Nigeriya — Afrikadagi davlat. Poytaxti — Abuja. Aholisi — 223,8 mln kishi (2015-yil). Maydoni — 923 768 km². Pul birligi — Nayra (NGN). Rasmiy tili — ingliz tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Afrika qit’asining markaziy qismida joylashgan. Sharqda Kamerun (1690 km) va Chad (87 km), shimolda Niger (1497 km), g‘arbda Benin (773 km) bilan chegaradosh (4047 km). Janubda Nigeriya Gvineya ko‘rfazi bilan tutashib ketgan. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi 853 km, janubda qirg‘oqbo‘yi tekisligi joyiashgati bo‘lib, uning kengligi Niger daryosi deltasida 100 km gacha boradi. Mamlakat markazida yuza qism ko‘tarilib boradi va balandligi 1735 m bo‘lgan Jos yassitog‘ligiga o‘tadi. Yassitog‘likdan shimolga qarab yuza pasayib boradi. Shimoli g‘arbda Sokota tekisligi, shimoli sharqda esa Bornu tekisligi joylashgan. Sharqda Nigeriyaning eng yuqori nuqtasi Fogel cho‘qqisi (2420 m) joylashgan Adamov tog‘lari bor. Nigeriya hududida Chad ko‘lining bir qismi joylashgan. Mamlakatning asosiy daryosi - Niger. Mamlakat foydali qazilmalarga juda boy. Ular orasida neft, tabiiy gaz, temir rudasi, ko‘mir, qo‘rg‘oshin, rux ko‘plab uchraydi. Ishlov beriladigan yerlar mamlakat hududining 31% ini, o‘tloq va yaylovlar 23% ini tashkil qiladi. Iqlimi - ekvatorial mussonli.

📖 Tarixi

XVII asrda hozirgi Nigeriya hududiga dastlabki yevropaliklar kelganida mamlakatda 2 ta sivilizatsiya - shimolda Xausa Bomu, Sonoto kabi musulmon davlatlari hamda janubda Ioruba va Benin qirolliklari bor edi. XVIII asrda mamlakatni inglizlar tomonidan mustamlakalashtirish boshlangandan so‘ng Nigeriya hududida 2 ta Britan protektorati - Janubiy va Shimoliy Nigeriya paydo bo‘ldi. Ular 1919-yil birlashtirildi. 1954-yili protektorat 4 davlat federatsiyasiga aylantirildi, 1960-yili esa Nigeriya mustaqil respublika deb e’lon qilindi. 1967-yili mamlakat sharqida Biafra respublikasi e’lon qilindi. Biroq 1973-yili u hukumat qo‘shinlaridan mag‘lub bo‘ldi. Mamlakatda 1966-yili o‘rnatilgan harbiy tartib 1979-yili fuqarolik hukumati bilan almashtirildi. Biroq 1983-yili mamlakatda navbatdagi davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. 1999-yili 29-mayda Nigeriya fuqarolik hukumati boshqaruviga o‘tdi.

📈 Iqtisodiyoti

Siyosiy barqarorlik tufayli mamlakat iqtisjodiyoti turg‘unlikni o‘z boshidan kechirmoqda. Sanoatining nisbatan taraqqiy etgan sohalari: neftni qayta ishlash (neft muhim eksport tovarlaridan biri hisoblanadi), metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat ishlab chiqarish. Neftdan tashqari kakao, palma mahsulotlari va kauchuk ham eksport qilinadi. Boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari: yong‘oq, paxta, shakarqamish. 2012-yil YIM miqdori 262,5 mlrd dollarni (aholi jon boshiga - 1800 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari - YI davlatlari, AQSH, Yaponiya. Temiryo‘llarning umumiy uzunligi 3567 km, avtomobil yo‘llari 107990 km (shundan 30019 km asfaltlangan), ichki suv yo‘llari 8575 km, Mamlakatning asosiy portlari Lagos, Port-Xarkort.

Nigeriya: ko'p so'raladigan savollar

Nigeriyaning poytaxti qaysi shahar?

Nigeriyaning poytaxti — Abuja.

Nigeriya qayerda joylashgan?

Nigeriya — Afrikadagi davlat. Afrika qit’asining markaziy qismida joylashgan. Sharqda Kamerun (1690 km) va Chad (87 km), shimolda Niger (1497 km), g‘arbda Benin (773 km) bilan chegaradosh (4047 km). Janubda Nigeriya Gvineya ko‘rfazi bilan tutashib ketgan.

Nigeriyada qancha aholi yashaydi?

Nigeriya aholisi — 223 800 000 kishi (2015-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 198,7 kishi.

Nigeriyaning rasmiy tili qaysi?

Nigeriyaning rasmiy tili — ingliz tili.

Nigeriyaning pul birligi qanday?

Nigeriyaning pul birligi — Nayra (NGN).

Nigeriya qachon mustaqil bo'lgan?

Nigeriya 1960-yil 1-oktabrda mustaqillikka erishgan.