Nikaragua

Nikaragua Respublikasi

Nikaragua bayrog'i
📍
Poytaxt
Managua
👥
Aholi
6 803 886
🗺️
Maydoni
130 375 km²
💰
Valyuta
Oltin kordoba (NIO)
Nikaragua bayrog'i
Nikaragua bayrog'i

Nikaragua haqida qisqacha

Nikaragua — Shimoliy Amerikadagi davlat. Poytaxti — Managua. Aholisi — 6,8 mln kishi (2013-yil). Maydoni — 130 375 km². Pul birligi — Oltin kordoba (NIO). Rasmiy tili — ispan tili.

🧭 Geografik joylashuvi

Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Shimolda Gonduras (922 km), janubda Kosta-Rika (309 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g‘arbda Tinch okeaniga, sharqda Karib dengiziga tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 1231 km. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa - 910 km. Nikaragua qirg‘oqlari bo‘ylab tekisliklar joylashgan. Mamlakat ichkarisidagi hududlarning katta qismini balandligi 2438 m gacha bo‘lgan tog‘lar va tog‘oldi hududlari egallagan. Tog‘li hududlardan g‘arbdagi tektonik chuqurliklarda yirik ko‘llari Nikaragua (80029 m.kv) va Managua joylashgan. Mamlakat g‘arbida so‘ngan va harakatdagi vulqonlar zanjiri cho‘zilib ketgan. Asosiy tabiiy resurslari: oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, sink, volfram, yog‘och, baliq. Mamlakat hududining deyarli yarmini o‘tloq va yaylovlar, 35% ini esa o‘rmon va to‘qayzorlar egallagan. Iqlimi - shimoli sharqida tropik passat, janubi g‘arbida esa subekvatorial issiq. Nikaraguaning sharqiy qismi, qirg‘oq bo‘ylari qalin tropik doimiy yashil o‘rmonlar bilan qoplangan. Ular orasida daraxtlarning qimmatbaho turlari - qizil daraxtlar (maxagonlar), chirimaydigan nispero, sapodil va boshqalar bor. Tog‘laming yuqori qismida sosna va dub o‘rmonlari bor. Mamlakat g‘arbida savannalar va kserofit to‘qayzorlari bor. Nikaraguada juda boy hayvonot dunyosi saqlanib qolgan: bu yerda maymun, kiyik, yovvoyi cho‘chqa, tapir, qora ayiq, yaguar, katta iguanalar bor. Juda ko‘plab to‘tilar, tukan va fazanlar bor. Nikaragua daryolarida ko‘plab baliqlar, toshbaqa, timsohlar bor, limontin uchraydi.

📖 Tarixi

Kolumb tomonidan 1502-yili kashf qilingan hozirgi Nikaragua hududlari Ispaniya mustamlakasiga aylantirildi va 1560-yili Gvatemala superintendantligi tarkibiga kiritildi. 1821-yili mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng Nikaragua Markaziy Amerika qo‘shma provinsiyalari tarkibiga kirdi. 1838-yili to‘liq mustaqil bo‘lgunga qadar Nikaragua bir qator ichki mojarolarni, shuningdek, chet mamlakatlarning - Buyuk Britaniyaning 1848-yili va AQShning 1912-1933-yillarda intervensiyasini boshidan kechirdi. 1936-yildan boshlab mamlakatni Saomosa oilasi boshqardi. 1979-yili u Sandinistlar milliy ozodlik fronti tomonidan ag‘darib tashlandi. Sandinistlar hukumatining iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatsizliklari 1990-yilgi prezident saylovlarida muxolifatchilarning g‘alaba qozonishlariga va Violetta Chamorroning hokimiyat tepasiga kelishiga sabab bo‘ldi.

📈 Iqtisodiyoti

Iqtisodiyotining militarlashuvi, Amerika savdo-iqtisodiy embargosi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda sandinistlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar qishloq xo‘jaligida va sanoatda ishlab chiqarishning qisqarishiga olib kelgan. Bu esa aholi turmush darajasining pasayishiga, shuningdek, tashqi qarzlarining o‘sishiga sabab bo‘ldi. Ishlab chiqarish sanoatning qishloq xo‘jaligi xomashyolarini qayta ishlash, kimyo va to‘qimachilik kabi tarmoqlari bilan cheklangan. Qishloq xo‘jaligi qahva, shakarqamish, paxta (asosan eksport uchun) yetishtirishga ixtisoslashtirilmoqda. Keyingi yillar davomida hukumat gipperinflyatsiyaga qarshi choralar ko‘rmoqda, milliy valyuta qadrini ko‘tarishga harakat qilyapti, shuningdek, mamlakat strukturasida qayta qurish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash amalga oshirilmoqda, xususiy-moliyaviy sektor shakllantirilmoqda. Asosiy savdo hamkorlari - YI mamlakatlari va Lotin Amerikasi. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi - 376 km. Avtomobil yo‘llarining uzunligi - 15286 km (1598 km qattiq qoplamali yo‘llar), ichki suv yo‘llari esa 2220 km. Mamlakatning asosiy portlari - Korinto, Blufilds.

Nikaragua: ko'p so'raladigan savollar

Nikaraguaning poytaxti qaysi shahar?

Nikaraguaning poytaxti — Managua.

Nikaragua qayerda joylashgan?

Nikaragua — Shimoliy Amerikadagi davlat. Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Shimolda Gonduras (922 km), janubda Kosta-Rika (309 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g‘arbda Tinch okeaniga, sharqda Karib dengiziga tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi - 1231 km. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa - 910 km.

Nikaraguada qancha aholi yashaydi?

Nikaragua aholisi — 6 803 886 kishi (2013-yil ma'lumoti). Aholi zichligi — 1 km² ga 47,1 kishi.

Nikaraguaning rasmiy tili qaysi?

Nikaraguaning rasmiy tili — ispan tili.

Nikaraguaning pul birligi qanday?

Nikaraguaning pul birligi — Oltin kordoba (NIO).

Nikaragua qachon mustaqil bo'lgan?

Nikaragua 1821-yil 3-noyabrda mustaqillikka erishgan.